So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

"Legioner muxlis". Birinchi son Yangiliklar

"Legioner muxlis". Birinchi son

Teglar :  Legioner muxlis
Saytimizda "Legioner muxlis" rukni ishga tushgani haqida elon qilingan edi.

Dunyoning turli chekkalarida istiqomat qilayotgan ko'plab futbol muxlislarimiz tomonidan "Legioner muxlis"da ishtirok etish istagini bildirishdi. Quyida dastlabki "legioner muxlis"larimiz bilan tanishing.



Ilhomjon Meliqo'ziev – Xitoy, CHanchun.
Assalomu alaykum, qadrli "championat.asia"! Sen men uchun O'zbekistondagi eng sevimli saytlarimdan birisan. Har soatda sen yo'qlamasam chidab turolmayman. Sening har bir loyihang, har bir yangiliging men uchun qadrlidir. Hozirda men muxlislik qiladigan uchta sevimli jamoam bor – O'zbekiston terma jamoasi, “Qo'qon-1912”, “CHanchun Yatay”. Anzur uchun muxlislik qilaman bu erda. U ajoyib futbolchi. Har doim etakchi klubda ham termada ham. Hayotda haqiqiy inson. Kelgusi ishlaringga omad tilab Xitoyning CHanchun shahridan Ilhomjon Meliqo'ziev.




Bekzod Aminjonov – Ukraina, Dnepropetrovsk.
2014 yilgi Evropa ligasi finalchisi “Dnepr” klubi muxlisiman. Afsuski xozir ushbu klub Ukraina premer-ligasidan tushib ketish arafasida... O'zim bu erda tibbiyot sohasida tahsil olayapman. CA ning chin va haqiqiy o'quvchilari Davr FK, Erkin Odilov, Tahlil Tankid, Kanimex, Muxiddin Xoliqov, Zohid,  Eldorado, Mexanik-14... barchaga salom. Kimlardir esimdan chiqqan bo'lsa uzr. SA dagi qaysi yuzer ekanimni men uchun yaqinlar juda yaxshi bilishadi. (Quyidagi rasmlar “Dnepr”ning “SHaxtyor”ga qarshi o'yinidan suratlar. “Dnepr” 4:1 hisobida g'olib bo'lgandi)



Farruh Naraliev – Turkiya, Istanbul.
Turkiyaning Istanbul shahrida yashayman. Saytning barcha o'quvchilariga salom!



Jasur Isroilov – Polsha
Men Isroilov Jasur Namangan davlat universitetining amaliy matematika kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishlayman. Hozirgi kunda ilmiy ishimni takomillashtirish bo'yicha Polsha davlatiga grant yutib olib, shu erda tahsil olayapman. (Surat Germaniyaning Dortmund shahridagi dunyoga mashhur "Signal Iduna Park" stadionida olingan)



Zoirxo'ja Mirzaxodjaev – Rossiya, Moskva.
Ayni paytda Moskvada ishlayman ismim Zoirxo'ja Mirzaxodjaev. O'zim Toshkentda tug'ilganman. Futbolga juda qiziqaman.



Nurmatov Furqatjon – Rossiya, Irkutsk.
Men Nurmatov Furqatjon Fozilovich. 1985 yil Farg'ona viloyati Dang'ara tumani Kapa saroy kishlog'ida tug'ilganman. Hozirda Irkutsk shahrida ishlayman. “Real Madrid” va “Qo'qon 1912” muxlisiman. Ular haqidagi malumotlarni championat.asia saytida kuzatib boraman. Loyihada katnashsam xursand bo'lardim. Oldindan rahmat.



Tojiboev Mavlonbek – Rossiya, Sankt-Peterburg.
Sankt-Peterburgdan yanayam aniqrog'i, “Ploshad lenin” (Lenin maydoni) metro bekatidan hammaga salom. Sevimli jamoam “Andijon”ga omad tilayman kelasi yil oliy ligaga qaytib biz muxlislarni xursand qilishini chin dildan juda juda xohlab qolaman. “Bobur yurti Andijon, biz senga beramiz jon! Voooy doood 18-sektor 13-qator 12-joyimi judayam sog'indim lekin.
“Anjan” chempion!
Tojiboev Mavlonbek



Alisher Narziev – Turkiya, Anqara.
Barcha o'zbekistonliklarga Turkiyaning Anqara shahridan salom. Men Alisher Narziev 1993 yil Qarshida tug'ilganman.
Evropada “Rela Madrid”, O'zbekistonda “Nasaf” muxlisiman. Sizlarga katta rahmat! Hamma xabarlarni shu erda o'qiyman. Boks bo'yicha Osiyo chempionatini Olamsport.com saytida kuzatib bordim. Turklarga ko'rsatdim videolarni. Mustaqil bo'lganlaringa endi 26 yil bo'ldi lekin boksda shunday yuqori natijalarga erishayapsizlar deb xayron qolishdi.

 

Majidov Azamat  - Rossiya, Sankt-Peterburg.
Sankt-Peterburgda mehnat qilib yashab yuribmiz. Samarqandning “Dinamo”, Rossiyaning “Zenit”, Ӯzbekiston va Rossiya terma jamoalariga muxlislik qilaman. 2000 yil amakim meni birinchi bor stadionga futbol tomosha qilishga olib borganlar. O'shanda “Dinamo” “Dӯstlik” klubini 6:3 hisobiga yutgan. O'sha kundan futbolga qiziqishim boshlangan. Men Samarqand viloyati Tayloq tumanidan. Samarqand davlat universitetini 2008 yilda tugatganman. Meni bilgan barchaga salom yӯllayman. Xudo xohlasa Ӯzbekiston Rossiyada bӯlib ӯtadigan Jahon chempionatiga chiqadi!

2016 yil. Sankt-Peterburg. Jahon chempionati kubogi bilan.
Majidov Azamat



Bahodir – Qozog'iston, SHimkent.
Barcha-barchaga Qozog'istonning SHimkent shahri Turbat qishlog'idan salom. Tug'ilganimdan beri “Paxtakor” klubi muxlisman.
Bahodir



Kamil - Qozog'iston
Qozog'istondan barcha qadrdonlarga salom! Quyida ikkita rasm yubordim. Birinchisi Jerar Gou bilan. U so'nggi yillarda Qozog'iston premer-ligasida to'purar bo'lib kelmoqda. Ikkinchi rasmda rossiyalik mashhur futbolchi Andrey Arshavin bilan. Uchrashuv chog'ida Arshavinga ruschada "Barselona"ga g'alaba to'pini urganini va "Liverpul" klubiga 4ta gol urganini aytgandim menga qarab kulib "uxty" desa bo'ladimi. Saytda 4 yildan beri faolman. Nikim KONIMEX. Ismim Kamil.




Agar birinchi sondan o'rin olmagan bo'lsangiz keyingi sonlarda albatta sizning ham rasmingiz chop etiladi. "Legioner muxlis" o'z faoliyatini davom ettiraveradi va boshqa muxlislarimizdan ham rasmlar kutib qolamiz.

"Legioner muxlis" ruknida ishtirok etish shartlar quyidagilar:

1. Xorijda istiqomat qilish

2. O'sha shaharda selfi tushish (imkon bo'lsa stadionda) va o'zi haqida malumotni telegramda https://t.me/CA_admin ga yuborish kerak.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика