“Leganes” “Barselona” vingerini sotib oldi

Aziz Tukhtamuradov
14 avg 2018, 00:31
Ispaniyaning “Leganes” jamoasi o'z tarkibini “Barselona” yarim himoyachisi evaziga kuchaytirib oldi.

Hujumkor yarim himoyachi Xose Arnais faoliyatini “Leganes” safida davom ettiradi. “Barselona” vingerining transferi “pepineros”larga 5 million evroga tushdi. 

Shuningdek, “Leganes” yana qo'shimcha 500 000 evro bonus summasini ham to'lab beradi. Ispaniyalik 23 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. “Barselona” keyinchalik o'z futbolchisini yana qaytarib sotib olish huqukiga ham ega. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif