Leau "Real" va "CHelsi"ga rad javobini berdi. Futbolchi "Milan" bilan yangi shartnoma bo'yicha og'zaki kelishib olgan
26 apr 2023 21:04
Yangiliklar
Leau "Real" va "CHelsi"ga rad javobini berdi. Futbolchi "Milan" bilan yangi shartnoma bo'yicha og'zaki kelishib olgan
Hujumchiga Evropa grandlarining qiziqishi davom etmoqda.
"Milan" hujumchisi Rafael Leau "Real Madrid" va "CHelsi" klublaridan tushgan taklifni rad etgan – u "Milan"da qolishni istaydi. "Milan" va hujumchi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
"Milan" va Leau yangi shartnoma borasida og'zaki kelishib olishgan. Leauning klubda qolishiga sabab bo'lgan eng muhim faktorlardan biri bu "Milan"ning CHempionlar ligasidagi ishtiroki bo'lishi mumkin. Muzokaralar o'zining yangi bosqichiga ECHL yarim finalidan so'ng kiradi. Futbolchining o'zi klubda qolish borasida qaror qabul qilib bo'lgan.
Fikrlar