Leau "Milan"da qolmoqchi ekanligini tasdiqladi
28 fev 2022 10:13
Yangiliklar
Leau "Milan"da qolmoqchi ekanligini tasdiqladi
"Milan" hujumchisi Rafael Leau klubda qolmoqchiligi va yangi shartnoma imzolamoqchiligini tasdiqladi.
"SHu erda qolishni va ushbu klub tarixiga kirishni xohlayman", - deydi Leau.
Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichidalar. Yangi bitim 2026 yilga qadar tuziladi va unga ko'ra Leau 4,5 mln evro+bonuslar ko'rinishida maosh oladi.
22 yoshli portugaliyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Leau joriy mavsum "Milan" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar