Lazizbek Mirzaev: "Lokomotiv"da qancha vaqt o'ynasam ham barcha musobaqalarda jamoa bilan g'olib chiqmoqchiman" Yangiliklar

Lazizbek Mirzaev: "Lokomotiv"da qancha vaqt o'ynasam ham barcha musobaqalarda jamoa bilan g'olib chiqmoqchiman"

"Lokomotiv" so'nggi yilarda yosh futbolchilarga katta etibor qaratayotngani sir emas.


2006 yilda tug'ilgan futbolchi "Lokomotiv" bilan professional shartnomasini imzoladi


"Odil Ahmedov futbol akademiyasi"dan "temiryo'lchilar" safiga kelib qo'shilgan yosh iqtidor sohibi ayni paytda asosiy jamoa bilan Antaliya shahrida yig'inda qatnashmoqda. Futbolchi saytimizga fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Lokomotiv"gacha ham o'z ishimizni qilib, to'p tepib keldik. Qaysidir manoda o'zimni ko'rsata oldim, yakunda shu jamoaga qabul qilishdi. Endi asosiy tarkibga kirishga harakat qilaman va qancha vaqt o'ynasam ham jamoa bilan o'zimiz ishtirok etadigan turnirlarda g'olib bo'lishga harakat qilaman.  Jamoadagilar yaxshi qabul qilishdi. Bu erda yangi yoki eski kelgan, degan narsalar yo'q. 

Terma jamoa boshqa daraja. U erda ham imkoniyat berilsa bor kuchim bilan o'ynayman",- deydi Lazizbek Mirzaev. 

"Toshkentlik Modrich" bilan tanishamiz

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика