Lautaro Martinesning Interdagi kelajagi malum
22 apr 10:51
Yangiliklar
Lautaro Martinesning Interdagi kelajagi malum
Inter hujumchisi Lautaro Martines yaqin orada milanliklar bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Bu haqida «La Gazzetta dello Sport» malum qildi.
Yangi kelishuv besh yilga mo'ljallangan bo'lib, 26 yoshli futbolchi yiliga 9 million evro ishlab oladi.
Lautaro «Inter» safida 2018 yildan beri harakat qilib keladi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 26 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar