Lautaro Martines bugungi xet-trikini kimlarga bag'ishlaganini aytdi
03 jan 2021 19:50
Yangiliklar


Lautaro Martines bugungi xet-trikini kimlarga bag'ishlaganini aytdi
Italiya chempionati 15-turida “Inter” o'z maydonida “Krotone”ni qabul qilib, Lautaro Martinesning xet-triki evaziga yirik g'alabaga (6:2) erishdi.
Uchrashuvdan so'ng Martines o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bizga juda yaxshi jamoa qarshilik ko'rsatdi. Maydonda juda ko'p harakat qildik, ular esa to'p bilan yaxshi o'ynadi. Bo'sh qolgan nuqtalardan foydalandik va mazkur g'alabadan juda ham xursandmiz.
Xet-trik? Bu uchun xursandman. Doimo jamoa uchun astoydil harakat qilaman. Uchta golimni oilamga, aniqrog'i yaqinda dunyoga keladigan qizimga va albatta, rafiqam Avgustinaga bag'ishlayman. Biroq, men uchun asosiysi gollar emas, balki klubning g'alabasidir. CHempion bo'lish uchun kurashishda davom etamiz”, deydi forvard.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar