Lautaro Martines: "Jahon chempionatida o'zim xohlagandek o'ynay olmadim"
19 dek 2022 11:57
Yangiliklar
Lautaro Martines: "Jahon chempionatida o'zim xohlagandek o'ynay olmadim"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines JCH-2022 finalida Franciya termasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (penaltilar bo'yicha – 3:3, 4:2) his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu ajoyib. Biz mamlakatimiz tarixida qoldik. Nima qilganimizni hali to'liq anglab etmadik, lekin tez orada tushunib etsak kerak.
SHaxsan men bir oz xafaman, chunki Jahon chempionatida o'zim xohlagandek o'ynay olmadim. Lekin xursandman, chunki biz bir jamoamiz va bunga birga erishdik.
Juda baxtliman, mamlakatni aytmasa, jamoadoshlarimdan, oilamdan minnatdorman. Ular bizni kutishsin. Keling, barchasini birgalikda nishonlaylik", – dedi Martines.
Argentina terma jamoasi o'z tarixida uchinchi bor futbol bo'yicha Jahon chempionatida g'olib chiqdi.
Fikrlar