

Bu haqda Argentina klubi prezidenti Viktor Blanko ma'lum qildi. U shuningdek, futbolchini Dortmundning “Borussiya”si ham o'z safiga chorlaganini aytib, nemislar taklif jo'natishda kech qolishganini ta'kidladi.
“Borussiya” juda kech taklif jo'natdi. Agar Lautaroning o'zi keyinchalik qarorini o'zgartirmasa, uning keyingi klubi “Inter” bo'ladi”, deya klub prezidentining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluka di Marcio.



