Lautaro: “Ikardi bilan bog'liq vaziyat hech kim uchun foydali emas”
20 mar 2019 21:50
Yangiliklar


Lautaro: “Ikardi bilan bog'liq vaziyat hech kim uchun foydali emas”
“Inter” hujumchisi Lautaro Martines klub rahbariyati va jamoaning sobiq sardori Mauro Ikardi o'rtasidagi ziddiyat yakuniga etishiga umid qilmoqda.
Ikardidan sardorlik bog'ichi olib qo'yilgach, futbolchi hali biror marta maydonga tushgani yo'q. Ilgariroq futbolchi jarohat olganligi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo italiyalik jurnalistlarning fikricha, Ikardi aynan rahbariyat bilan kelisha olmayotganligi sabab maydonga tushirilmayapti.
“Bu yaxshi holat emas. Bu Ikardi uchun ham, biz uchun ham salbiy holat. Afsuski, bu vaziyatda biz hech narsa qila olmaymiz. Ikardi bilan bog'liq insonlar aqlli qaror qabul qilishlari lozim.
Biz oddiy futbolchimiz. Vazifamiz ishlash va mehnat qilish. Klub shani uchun harakat qilamiz. Bu kabi muammoli vaziyatlarda Ikardi atrofidagi insonlar ziddiyatni bartaraf etishlari lozim bo'ladi”, deydi Lautaro.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar