Lassana Diarra Xitoy klubi bilan muzokara o'tkazmoqda
12 fev 2017 17:12
Yangiliklar
Lassana Diarra Xitoy klubi bilan muzokara o'tkazmoqda
"Marsel" yarim himoyachisi Lassana Diarra faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, 31 yoshli franciyalik futbolchi "SHandun Lunen" bilan muzokara o'tkazmoqda. Ayni damda muzokaralar muvaffaqiyatli davom etyapti. Futbolchi "Marsel" bilan shartnomani bekor qilish uchun klub rahbariyati bilan ham muloqot qilyapti.
Oldinroq Diarra "Marsel" bosh murabbiyi Rudi Garsiyaga klub safida o'ynashga tayyor emasligini aytgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Franciya chempionatining 11 ta uchrashuvida ishtirok etdi.
Fikrlar