Lars Lagerbek: ““Barselona”ning PSJ ustidan g'alabasi – bu Suares nomli teatrning g'alabasi”
10 mar 2017 00:14
Yangiliklar


Lars Lagerbek: ““Barselona”ning PSJ ustidan g'alabasi – bu Suares nomli teatrning g'alabasi”
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lars Lagerbek CHempionlar ligasi chorak finalida “Barselona”ning PSJ ustidan qozonilgan g'alabasi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.
“Essiz, futbol. Barchasi simulyaciyalar orqali hal etildi.
Juda afsusdaman. Bu Suares nomli teatrning sahna ko'rinishlaridan biri. Nima uchun futbolga bosh hakam yordamchilari kerak-ki, agar ular maydonda bo'layotgan vaziyatni ilg'ay olishmasa?!” - dedi Lagerbek SHveciyaning Viasat Sport telekanali efiridagi chiqishida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar