Laporta: "Ronaldu? Bizda Levandovski bor"
30 iyu 2022 22:35
Yangiliklar


Laporta: "Ronaldu? Bizda Levandovski bor"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Krishtianu Ronalduning agentlari portugaliyalik futbolchining transferi borasida Kataloniya klubi bilan muloqotga kirishgani haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
Laportaning so'zlariga ko'ra, uning klubi o'z oldiga bitta maqsadni qo'ygan – Robert Levandovskini qo'lga kiritish.
"Ronaldu haqida hech o'ylab ko'rganmidik? Bizda Levandovski bor. U bizning asosiy maqsadimiz edi va men boshqa izoh bermaslikni maqul ko'raman. Ronaldu – professional va u hali ham yaxshi formada. Ishonchim komilki, unda variantlar ko'p, lekin u hamon men hurmat qiladigan "Manchester Yunayted" klubi futbolchisi", – dedi Laporta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar