Laporta Messi bilan yangi shartnoma haqida gapirdi
23 iyu 2021 09:29
Yangiliklar
Laporta Messi bilan yangi shartnoma haqida gapirdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Lionel Messining shartnomasi bilan bog'liq yuzaga kelgan vaziyat haqida gapirdi.
"U klubda qolmoqchi ekanligini aytdi, bu erda xech qanday shubha yo'q. Biz muzokaralarda navbatdagi bosqichga o'tdik. Barcha bitta natijani istamoqda. Bu biz amalga oshiradigan orzu. Umid qilamanki, shartnoma yaqin orada imzolanadi.
Biz malum qoidalarga amal qilishimiz lozim, bu tushunarli. Ammo ishonamanki, biz maoshlar "vedemosti"ni qisqartira olamiz yoki La Ligani qoniqtiradigan formulani topamiz.
La Ligada bunga ijobiy qarashadi. Liga prezidenti Depaydek futbolchilarni chempionatda ko'rish istagidan bo'lgan insonlardan biri. Moliyaviy feyr-pley borasida muammo bor, ammo ishonamizki, biz buni hal qila olamiz", - dedi Laporta.
Fikrlar