Laporta: "Barselona" men bilan bozordagi eng qiziqarli futbolchilarni xarid qila oladi"
20 fev 2021 09:31
Yangiliklar


Laporta: "Barselona" men bilan bozordagi eng qiziqarli futbolchilarni xarid qila oladi"
"Barselona" futbol klubi prezidentligiga nomzod Joan Laportaning aytishicha, agar uning nomzodi maqul topilsa, jamoa yulduz futbolchilarni o'z tarkibiga qo'shib oladi.
"Xoland? Mbappe? SHuni aytishim mumkinki, "Barselona" mening prezidentligimda transfer bozoridagi eng qiziqarli futbolchilarni o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Biz hozirgi vaziyatni yaxshilay olamiz.
Messi shuning uchun ham qolganini yoddan chiqarmaslik lozim. Biz unga sport tomonlama boshqalar bilan raqobat qila oladigan taklif bilan chiqishimiz kerak", - dedi Laporta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar