So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Franciya chempionati. "Lans" mag'lubiyatga uchradi, Abduqodir Husanov 72 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

Franciya chempionati. "Lans" mag'lubiyatga uchradi, Abduqodir Husanov 72 daqiqa o'ynadi

"Lans" hamda "Mec" o'rtasida o'tkaziladigan Liga 1ning 5-tur o'yini boshlandi.

Lens

Ligue 1 . 5-tur

17/09/2023, 01:00

1
:
0
Tugadi

Metz

Joel Asoro - 37'

Stadion: Stade Bollaert-Delelis, 37988 tomoshabin

Bosh hakam: Stephanie Frappart

45'
90'
63'  Ruben Aguilar (Przemyslaw Frankowski)
63'  Deiver Machado (Faitout Maouassa)
63'  Angelo Fulgini (Wesley Said)
64'  Elye Wahi
72'  Abdukodir Khusanov (Andy Diouf)
73'  Elye Wahi (Morgan Guilavogui)
33'  Joel Asoro
37'  Joel Asoro
62'  Joel Asoro (Kevin Van Den Kerkhof)
62'  Oscar Estupinan (Simon Elisor)
64'  Fali Cande
73'  Lamine Camara (Habib Maiga)
73'  Cheikh Sabaly (Danley Jean Jacques)

Lans – Metc 0:1 (0:1, 0:0)

"Bollart-Delelis"

Gol: 0:1 – 37 Asoro.

Lans – Samba, Agilyar (Frankovski, 63), Gradi, Danzo, ABDUQODIR Husanov (Diuf, 72), Machado (Mauassa, 63), Tomasson, Fyuljeni (Said, 63), Abdul-Samed, Sotoka, Vai (Gilavogi, 73).

Metc – Ukidja, Kuao, Erey, Kande, Yudol, Kamara (Maiga, 73), Ndoram, Sabali (Jan-Jak, 73), Ndyukidi, Estupinyan (Elizor, 62), Asoro (van den Kerkxof, 62).

Ogohlantirishlar: Asoro (33), Kande (64), Vai (64).


90. Uchrashuv yakunlandi!

90+3. Ukidja yana jamoasini goldan qutqarib qoldi! Bu gal Sotokaning zarbasi bartaraf etildi.

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.

85. Zarba! Ues Saidning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi.

79. Zarbaaa! Fetu Mauassaning kuchli zarbasidan eeyin Ukidja navbatdagi seyvini namoyish qildi!

72. Abduqodir Husanov zaxiraga olindi, o'rniga Andi Diuf maydonga tushirildi.

66. Vai raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo hakam buni ofsayd deya baholadi.

63. "Lans"da ham, adashmasam, uchta o'zgarish bo'ldi, murabbiy Husanovga ishonch bildirishda davom etadi.

62. Mehmonlarda o'zgarish: gol urgan o'yinchi maydonni tark etdi.

57. Mezbonlarning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi.

52. Abdul Samedning uzoq masofadan tepgan to'piga biroz aniqlik etishmadi.

50. "Lans" futbolchilari hujumda fol ishlatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Husanovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Hamyurtimiz ikkinchi qavatda yutib chiqdi, ammo raqibning biryo'la uch futbolchisi bilan to'qnashib ketdi.

44. Vaxi! Okija ijrosida seyv!

42. Sotokaning olisdan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi.

37. GOL! Asoro qanotdan oshirilgan to'pni raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi.

33. Husanov chap qanotdan oldinga borayotgandi, raqib futbolchisi Asoro uni qo'pollik bilan to'xtatdi va ogohlantirildi.

31. Mezbonlarning hujumi xavfli tus oldi, ammo yakuniga etishida oqsadi.

26. Fujinining jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

23. Husanov boshlagan hujum golga aylanishi mumkin edi, ammo hujumchi epchilroq harakat qila olmasdan, raqibga fol ishlatib qo'ydi.

20. Husanov raqibning qanotdan oshirgan hujumini barataraf etdi.

To'p nazorati (%): 78-22

17. Vaxining zarbasini "Mec" posboni qaytardi. Burchak zarbasi.

15. Husanovdan yana bir zarba! Biroz kuchsiz chiqdi. Himoyachimiz hozircha eng ko'p zarba yo'llagan futbolchi bo'lib turibdi. 

14. Fuljini hakamga pas bergani uchun o'yin to'xtatildi.

10. Xavli vaziyat! Fuljinining zarbasi raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

8. Qoyil, Husanov! Raqibdan to'pni olib qo'yish bilan birga, uni gavdasi bilan uchirib yubordi.

7. Husanov qoida buzmagan hoda raqibni to'xtatib qoldi.

Aytgancha, bugungi uchrashuvni ayol hakam boshqarmoqda.

6. Xavfli vaziyat! Qanotdan oshirilgan to'pni "Mec" himoyachisi baratarf etdi, burchak zarbasi.

4. Hamyurtimiz raqibga to'pni bermadi va to'pni maydon tashqarisiga kuzatib qo'ydi. 

3. Husanovdan zarba! Okija o'z o'rnida.

1. Uchrashuv boshlandi. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda, markazning chaprog'ida harakat qiladi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика