"Lans" bosh murabbiyi: "Husanov 19 emas, 25 yoshli futbolchidek o'ynayapti"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2023, 23:27
"Lans" bosh murabbiyi Frank Ez Abduqodir Husanovning jamoadagi debyuti va uning mashg'ulotlardagi harakati haqida fikr bildirdi.

"Transfergacha uni yaxshi o'rgnib chiqdik. U huddi 19 emas, 25 yoshli futbolchidek o'ynashi meni hayron qoldirdi. "Volfsburg"ga qarshi bahsda u 10 daqiqa o'ynadi va u katta futbolchilardek harakat qildi. U bizni o'zining texnikasi va jismoniy holati bilan hayron qoldirdi".

Shu bilan birga "Lans" futbolchisi Morgan Gilyavogi ham Husanovga baho berdi:

"Mashg'ulotlarda bazan qarama-qarshi, bazan bir jamoada bo'lib qoldik. U yosh bo'lishiga qaramay juda yaxshi futbolchi. Husanov sovuqqon va texnikasi kuchli. Istiqbolli futbolchi".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: rclens.fr