“Lanatlanganlar ro'yxati”. “Real”ni tark etish ehtimoli bor 11 futbolchi nomi ma'lum

Eldor Akmurzayev
22 apr 2020, 20:30
Bu haqda ispan nashri xabar bergan.

O'tgan yoz “Real” transferlarga yaxshigina mablag' sarfladi, ammo bu o'zini oqlamadi. Endi esa madridliklar jamoani tubdan o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” 11 o'yinchi bilan xayrlashmoqchi. Nashr esa ularni “Lanatlanganlar ro'yxati” deb atadi.

Ketishi kutilayotganlarning eng yuqorisida Garet Beyl turibdi. Shuningdek, Xames Rodriges, Mariano Dias, Braxim Dias, Alvaro Odriosola, Luka Modrich, Marselo, Lukas Vaskesning nomlari ham tilga olingan. Ro'yxatdagi so'nggi uch nomzod esa yaqinda klub a'zosiga aylangan – Luka Yovich, Eder Militao va Alfons Areoladir.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es