Lamin Yamal "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi
20 fev 2025 18:24
Yangiliklar
Lamin Yamal "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi
"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal kelajakda "Real"ga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.
"Kun kelib "Real"ga o'tish? Hech qanaqasiga. Buning butkul imkoni yo'q. Umuman yo'q. "Real" Madrid — yo'q".
Eslatib o'tamiz, Yamal — "Barselona" tarbiyalanuvchisi. "Ko'k-anorranglilar" safida u 83 ta o'yinda 18 ta gol urgan va 22 ta golli uzatma etkazib bergan. 17 yoshli vingerning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
Qaerlardadir, bu intervyuni o'qigan Luish Figu yosh hamkasbiga "Hech qachon, hech qachon dema", degan bo'lsa ajab emas...
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar