LaLiganing to'purarlaridan biri klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
02 fev 2019 01:10
Yangiliklar
LaLiganing to'purarlaridan biri klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
Urugvaylik hujumchi Kristian Stuani "Jirona" klubi bilan shartnomani uzaytirdi.
Bu haqda jamoaning tvitterdagi sahifasi malumot berdi. Unga ko'ra, 32 yoshli futbolchi 2022 yil yoz oyiga qadar "Jirona" sharafini himoya qiladi.
Stuani Kataloniya klubining to'purari hisoblanadi. Joriy mavsum urugvaylik 18 o'yinda 12ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu mavsum LaLigada faqat "Barselona"ning ikki hujumchisi Lionel Messi (19) va Luis Suares (15) ko'p gol urishgan.
Avvalroq, "Barselona" Stuaniga qiziqqan va "Sevilya" bilan shartnoma imzolagan Munir El-Xaddadi o'rniga nomzod sifatida ko'rilayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar