LaLigada navbatdagi istefo
10 dek 2018 15:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466500_original.jpg)
![](/upload/storage/466500_220.jpg)
LaLigada navbatdagi istefo
Bugun, 10 dekabr kuni "Vilyarreal" rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyi Xaver Kalexa istefoga chiqarilganini malum qildi.
Jamoa LaLiganing 15-turida "Selta"ga mag'lub bo'lganidan (2:3) so'ng, murabbiy ishdan bo'shatildi.
40 yoshli mutaxassis 2017 yilning sentyabr oyidan beri "Vilyarreal"da ishlayotgan edi. Jamoa uning qo'l ostida 65ta uchrashuv o'tkazib, ularning 25tasida g'alabaga erishdi, 18 marta durang o'ynadi va 22 marta mag'lub bo'ldi.
Ayni damda "sariq suvosti submarinasi" LaLiga turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar