So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

LaLiga O'rta Osiyo va O'zbekistonda qanday ishlarni amalga oshirmoqda? LaLiganing O'rta Osiyodagi rasmiy vakili Xais Raxmoniy bilan suhbat Yangiliklar

LaLiga O'rta Osiyo va O'zbekistonda qanday ishlarni amalga oshirmoqda? LaLiganing O'rta Osiyodagi rasmiy vakili Xais Raxmoniy bilan suhbat

Dunyodagi eng kuchli futbol ligalaridan biri bo'lgan LaLiga o'z rivojlanish strategiyasida Markaziy Osiyo, shu jumladan yurtimiz O'zbekiston ham muhim o'rin tutadi.

Hozirgi kunga qadar ham liga tomonidan bir qancha loyihalar amalga oshirilib kelmoqda. LaLiganing O'rta Osiyodagi rasmiy vakili Xais Raxmoniy championat.asia saytiga aynan shu ishlar ko'lami va kelajakdagi rejalar haqida so'zlab berdi.



LaLiga shunchaki futbol idorasidan ko'ra ahamiyatliroq tashkilot. LaLiga turli sferalardagi tasiriga ko'ra Ispaniya yalpi ichki mahsulotining 1,4 % tashkil qilib, 200 mingdan ko'proq insonni ish bilan band qilgan. Qisqa qilib aytganda, LaLiga jamiyatning rivojlanishida juda katta o'ringa ega.LaLiganing shiori "Bu futbol emas, bu LaLiga". Bu aynan yuqoridagi fikrlarning qisqacha tarifi. LaLigada hissiyotlar, qadriyatlar, jamoaviy ahillik yo'lga qo'yilganligi bilan bir qatorda dunyoning eng qudratli moliyaviy tashkilotlari bilan ham hamkorlik olib boradi.
LaLiga tashkiloti LaLiga Santander'da (Primero) ishtirok etadigan 20 jamoa va LaLiga Smartbank (Segunda) bahs olib boradigan 22 jamoa ustidan nazorat qilish bilan shug'ullanadi.

2019-2020 yilgi mavsumda LaLiga 2,8 milliard tomoshabinga etib bordi va bu aynan bizning xalqaro strategiyamiz natijasidir. Futbolni ekin maydoni deb olsak, biz yaxshi urug' qadagandik. 2016 yildan boshlab biz Xaver Tebas boshchiligida yangi strategiyamizni qo'llashni boshladik. Ispaniya futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun dunyoning turli mamlakatlarida 44 ta malakali hodimdan iborat xalqaro tarmoqni yaratdik. Biz televizion translyaciyalar huquqini markazlashtirdik va bu orqali deyarli barcha mamlakatlarda o'yinlarni translyaciya qilinishiga erishdik. Avval bu ish ustida 40 kishi ishlagan bo'lsa, hozirda 700 nafar professional hodim biz uchun ishlamoqda.




Aynan qaysi mintaqa LaLiga uchun ahamiyatliroq va nega ular aynan O'rta Osiyoga etibor qaratishmoqda?

Evropadagi obro'li ligalar ko'proq Xitoy, Meksika va AQSH bozoriga ko'proq etibor qaratishadi. Sababi, bu bozorlar top ligalar daromadining asosiy qismini tashkil qiladi. LaLiga esa bu mintaqalar bilan bir qatorda Markaziy Osiyoga o'z etiborini qaratmoqda, investiciya kiritmoqda. LaLiga Markaziy Osiyoni xalqaro rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi sifatida ko'rmoqda. Biz bu erda juda ko'p loyihalarni, tadbirlarni amalga oshirishga ham ulgurdik. Avvalroq aytganimdek, 2016 yilda LaLiga o'zining yangi xalqaro strategiyasini ishlab chiqdi. O'sha paytda ular yoshi 24 dan 38 gacha bo'lgan, yosh va iqtidorli, mahalliy mintaqalardagi sport sohasini yaxshi tushunadigan kadrlarni izlay boshlashdi. Men ham aynan o'sha paytda LaLiga chaqiruvini qabul qildim va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun LaLiganing rasmiy vakili sifatida yuborildim. 2017 yildan beri Markaziy Osiyoda muxlislar va LaLiga va uning klublarini o'zaro yaqinlashtirish ishlari bilan shug'ullanayapmiz. SHu bilan birga, kelajakda ushbu mintaqadan hamkorlar topish va foyda olishning yangi yo'llarini izlamoqdamiz. Boshida asosiy qarorgohimizdagi hamkasblarim bu mintaqaga ishonqiramay qarab, menga "O'zbekistonda nima qilayapsan?" "Tojikistonda nimalar qilayapsan?" kabi savollar berishardi. Hozir esa biz bu mintaqada bir qancha omadli loyihalarni amalga oshirib ko'p narsani isbotlashga erishdik va juda ko'pchilikning fikrini o'zgartirdik.


O'rta Osiyoda amalga oshirilgan ishlar haqida


Birinchi navbatda, O'rta Osiyoning ajoyib va maftunkor shaharlari LaLiganing xalqaro loyihalarida ishtirok etayotganidan men shaxsan xursandman. Sababi, bir necha yillar avval bu kabi ishlarni hech kim tasavvur qila olmasdi. O'tgan yili biz Tojikison poytaxti Dushanbe shahrida El-Klasikodan avval ajoyib tadbir o'tkazdik. Dushanbedagi Navro'z saroyi kiraverishiga ulkan qizil gilam to'shadik. SHu orqali LaLiga ijtimoiy tarmoqlari orqali 100 millionga yaqin futbol muxlislari nazari Tojikistonning Dushanbe shahriga qaratildi. Bu mamlakat turizmiga ham foyda keltiradi albatta.

Yana bir misol, bir necha oy oldin Seul, Budapesht va Mexiko shaharlari kabi, Toshkentda ham LaLiga muxlislari uchun "Yangi yil" bayrami tashkil qilindi va muxlislar uchun o'zlarini huddi o'yindagidek his qilishlari uchun ulkan led ekranlarga LaLiga haqidagi ajoyib kadrlarni namoyish qildik.



Yaqindagina esa, El-Klasiko arafasida dunyoning barcha nuqtalarida uchrashuvni tomosha qilish uchun maxsus markazlar tashkil qilindi va bu haqida videorolik suratga olindi. Ushbu tadbirda Yava orollari, Keniyadagi Maasai qabilalari, Germaniyadagi Aybze ko'li bilan bir qatorda afsonaviy va go'zal Samarqand shahri ham ishtirok etgan. Rolikda dunyoning barcha go'zal nuqtalarida "El-Klassiko"ni tomosha qilayotganlari aks etgan. 

 


 Bu ishlarning barchasi o'zimizning hisobdan moliyalashtiriladi. Misol uchun, 2018 yilda Toshkentga tashrif buyurgan LaLiga elchisi Luis Garsiyaning tashrishining barcha harajatlari ham aynan o'zimiz tomondan moliyalashtirilgan. Evropadagi biror bir boshqa ligalar O'zbekistonga hali biror marta investiciya kiritmagan, etibor qaratmagan.


LaLiga xattoki Afg'oniston poytaxti Qobul shahrigacha etib bordi. Biz u erda “United Streets of LaLiga” loyihasini omadli amalga oshirdik. Mamlakatning turli burchaklaridan ko'chadagi devorlarga surat chivuzchi "urban artist"larni bir erga jamladik. Ular ajoyib sanat asarlarini yaratishdi va buni muxlislarga taqdim qilishdi. SHu orqali biz Afg'onistonlik muxlislarni boshqa narsalardan biroz chalg'ib futboldan baxra olishlariga yordam berdik.




Biz biror kontent yaratayotgan paytimizda, mahalliy muxlislar etiborini tortish uchun o'zbekistonlik mashhur insonlarni jalb qilamiz. Masalan, biz LaLiganing yangi to'pini o'zbekistonlik mashhur qo'shiqchi SHahzoda bilan birga namoyish qilgandik. SHu bilan birga, SHahzodani Ispaniyaning janubidagi futbol klublariga taklif qildik. Yaqindagina esa yosh bloger "Shadsway" bilan birga yuqorida takidlangan Samarqanddagi loyihada birga ishladik. Kelajakda esa O'rta Osiyoda kibersportdan musobaqalar tashkil qilishni reja qilmoqdamiz.  



SHu o'rinda yana bir jihat. Biz bu mintaqada duch kelayotgan eng qiyin muammodan biri bu - mualliflik huquqi. Translyaciya huquqi, audio-video materiallarni himoya qilish bu LaLiganing eng muhim vazifalaridan biri. Sababi, aynan shular klublarning mintaqadagi eng asosiy aktivlaridan biridir. Mualliflik huquqi nafaqat futbol sohasida, balki tom manoda mintaqaning eng asosiy muammolaridan biri ekanligi sizga malum. Biz ham bu borada qo'limizni qovushtirib o'tirganimiz yo'q. So'nggi yillarda, "Marauder", "Lumiere", "Black Hole", "Neko" Telegram tarmog'ida esa "Vento" kabi avtomatik texnoligiyalar noqonuniy kontentlarga qarshi kurashish uchun ishga tushirildi. Bu tizimlar mukammal ishlashi uchun malum vaqt talab etiladi. Ammo, telegram kanallari egalariga o'z kanallarini xavfsiz saqlashlari uchun LaLiga o'yinlaridan olingan xavfli vaziyatlar, gollarning videolarini kanallarida elon qilmasliklarini maslahat berardim.

LaLiga noqonuniy kontentlar, mualliflik huquqi buzilishiga qarshi kurashayotgan mintaqadagi yagona futbol ligasi hisoblanadi. O'zbekiston, Qozog'istonda Telegram tarmog'i orqali noqonuniy kontent tarqatayotgan kanallar allaqachon jazolanmoqda. Bazilari esa yopilishga ham ulgurdi.




Markaziy Osiyoda sport biznesining kelajagi haqida


Avvalroq aytganimdek, Markaziy Osiyo etibordan chetda qolgan mintaqa. Ammo, asta sekin barchasi yaxshilanib borayapti. Markaziy Osiyoga bo'lgan etibor nafaqat sport yoki LaLiga darajasida emas, balki barcha sohalarda, ayniqsa siyosiy masshtabda ham yaxshilanib bormoqda.

Hozirgi yosh avlod va muntazab o'sib kelayotgan aholi juda katta futbol tomoshabinlar auditoriyasini tashkil qiladi. Bundan esa katta klublar va kuchli ligalar foydalanishlari va bu mintaqaga ko'proq etibor berishlari lozim. Markaziy Osiyo, ayniqsa O'zbekistonda juda ko'p istedodli yoshlar bor. Ular kelajakda kuchli klublarda o'ynashlari mumkin buning uchun esa hamma birdek harakat qilishi lozim.

SHu o'rinda bir narsani takidlab o'tishim joiz. SHaxsan men Markaziy Osiyo poytaxtlarida kelajakda birlashgan holatda katta turnirlar, shu jumladan jahon chempionatiga mezbonlik qilishga etadigan resurslar bor deb hisoblayman. Albatta, buning uchun hali juda ko'p ish qilish kerak, ammo buning iloji bor.



Jalolxon Inog'omxo'jaev suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика