So’nggi yangiliklar

00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  0 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  0 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  1 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  22 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   26 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2

LaLiga. "Barselona" "Atletiko"ni mag'lub etib, LaLiga chempionligi masalasini deyarli hal qildi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" "Atletiko"ni mag'lub etib, LaLiga chempionligi masalasini deyarli hal qildi

"Barselona" hamda "Atletiko" o'rtasidagi LaLiganing 31-tur bahsi yakunlandi.

Barcelona

Luis Suarez - 85', Lionel Messi - 86'

LaLiga . 31-tur

06/04/2019, 23:45

0
:
2
Tugadi

Atletico Madrid

Stadion: Camp Nou, 92453 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
63'  Arthur (Malcom)
74'  Gerard Pique
78'  Clement Lenglet
80'  Philippe Coutinho (Carles Alena)
84'  Sergi Roberto (Nelson Semedo)
85'  Luis Suarez
85'  Jordi Alba
86'  Luis Suarez
86'  Lionel Messi
27'  Thomas Partey
28'  Diego Costa
28'  Jose Gimenez
29'  Diego Godin
35'  Santiago Arias (Angel Correa)
58'  Filipe Luis (Alvaro Morata)
71'  Saul Niguez
88'  Rodri (Juanfran)

"Barselona" – "Atletiko" 2:0 (0:0, 2:0)

«Kamp Nou»

Gollar: 1:0 – 85 Suares, 2:0 – 86 Messi.

"Barselona": ter Stegen, Pike, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 84), Langle, Alba, Artur (Malkom, 63), Buskets, Rakitich, Koutino (Alenya, 80), Messi, Suares.

"Atletiko": Oblak, Ximenes, Godin, Filipe Luis (Morata, 58), Aryas (Korrea, 35), Saul, Koke, Parti, Rodri Ernandes (Xuanfran, 88), Diego Kosta, Grizmann.

Ogohlantirishlar: Parti (27), Ximenes (28), Godin (29), Saul (71), Pike (74), Langle (78), Suares (86).

CHetlatish: Diego Kosta 28.


LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

LaLiga nihoyasiga 7 tur qolganida "Barselona" eng yaqin taqibchisi "Atletiko"dan 11 ochko ilgarilab ketdi.

BAHS YAKUNLANDI!

90. Asosiy vaqtga 2 daqiqa qo'shib berildi.

87. GOOOL! Messi to'pni Oblak qo'riqlayotgan darvoza burchagiga joylab qo'ydi. 2:0

85. GOOOL! Luis Suares hisobni ochdi!

80. O'zgarish. Koutino o'rniga Alenya maydonga tushdi.

72. Bugungi bahsga o'yinni tomosha qilish uchun 92 453 nafar muxlis tashrif buyurdi.

69. Zarbaaa! Messi va Malkom Oblak darvozasiga zarba berishdi, ammo har safar posbon o'z jamoasini goldan qutqarib qolmoqda.

68. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Korrea "Atletiko" uchun jarima zarbasi ishlab berdi. Standartni Grizmann amalga oshirdi, ammo uning zarbasini ter SHtegen o'qiy oldi va xavf bartaraf etildi.

64. Messidan yana bir zarba. Argentinalik forvard yana bir bor "Atletiko" futbolchilarini aldab o'tdi va bu safar o'zi zarba berishga qaror qildi, yana Oblak qahramon.

62. Leo raqibning bir necha futbolchisini aldab, Oblak bilan birga bir qolgan Suaresga to'ni uzatdi. Luis hamda Yan o'rtasidagi duelda sloveniyalik posbon g'olib chiqji 

56. MESSI! Leo jarima maydonchasi chizig'iga yaqinlashdi va chap oyog'i bilan raqib darvozasiga zarba berdi. Oblak argentinalikning zarbasini qiyinchiliksiz bartaraf etdi.

55. "Atletiko" bir kishi kam bo'lib o'ynayotganiga qaramay Kataloniya klubi bilan teng kurashmoqda.

50. Ikkinchi bo'limning ilk besh daqiqasi Kataloniya klubi ustunligi ostida o'tdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

Yangi suratlarni etiboringizga havola qilamiz.

TANAFFUS

45+3. Messi, Suare va Filippe o'rtasidagi qarshi hujum Koutinoning zarbasi bilan yakunlandi, Oblak bu safar ham xavfni yo'qqa chiqarib, to'pni egallab oldi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Messi raqib jarima maydoni chizig'i ustidan Oblak qo'riqlayotgan darvoza tomon zarba berdi. Posbon o'z joyida.

39. Godin himoyada xatoga yo'l qo'ydi. Xato tufayli to'p egasiga aylangan Suares darvozabonni aldadiYU, ammo zarba  berishda xatoga yo'l qo'ydi.

34. "Atletiko" safida o'zgarish: Arias o'rniga Anxel Korrea maydonga tushdi.  

28. QIZIL KARTOCHKA! Bosh hakamga bir nima degan Diego Kosta jiddiy jazolandi va jamoasini og'ir holatga tushirib qo'ydi.

26. "Manchester Yunayted" ustozi Ule-Gunnar Sulsher raqibi ("Barselona")ni o'rganish uchun bahsni "Kamp Nou"da tomosha qilmoqda.

23. Messining jarimadan bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi. 

22. Messiga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Qoida "Atletiko" jarima maydonchasi yonginasida sodir bo'ldi. Leo yana standart vaziyatdan gol ura oladimi?

20. ZARBA! Antuan Grizmann jamoadoshining uzatmasidan so'ng to'p bilan raqiba jarima maydonchasiga kirib bordi va o'ng oyog'i bilan darvoza tomon zarba berdi. Ter SHtegen xavfni bartaraf etdi.

19. Qiziq malumot: Paslar soni 154-154, aniq uzatmalar esa "Atletiko"da ko'proq. 114ga 120.

16. "Barselona" qarshi hujumga o'tishga urinib ko'rdi. Messi to'pni raqib darvozasi tomon yugurayotgan Robertoga oshirdi, Serxi esa Suaresni to'p bilan taminlashga urindi, ammo uning pasi kuchsiz chiqqani uchun madridliklar to'pni ilib ketishdi.

13. ALBAAA! Messi to'pni havolatib chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshiqayotgan Xordiga uzatdi, himoyachi esa to'pni o'ziga to'g'irlab, darvoza tomon ohista zarba berdi, ammo to'p ustunga tegib, maydonga qaytdi. Qaytgan to'pni Oblak ushlab oldi

12. Suares Koutinoning havolatib jarima maydonchasiga tashlagan to'pini to'xtata olmadi, aks xolda golga tortuvchi vaziyat paydo bo'lishi mumkin edi.

10. Koutino o'zining sevimli uslubida "Atletiko" darvozasiga zarba berdi. To'p raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasi esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

9. Hozirgina raqibiga qo'pollik ishlatgan Kosta ter SHtegen darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo u qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'irlashda xatoga yo'l qo'ydi..

7. Diego Kosta to'pdan qutilayotgan Langlening yuziga zarba berdi. Hakam kartochka ko'rsatgani yo'q.

3. Uchrashuvdagi ilk zarba "matraschilar" vakili Ximenes tomonidan ijro etildi, biroq juda noaniq.

1. O'yin boshlandi!

- Bahs boshlanishidan oldin Kataloniya klubi forvardi Lionel Messiga mart oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi. Messi o'tgan oyda 5ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

- Xayrli kech saytimizning qadrli o'quvchilari. Bir necha soniyadan so'ng "Barselona" hamda "Atletiko" o'rtasidagi ajoyib uchrashuv start oladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика