"Lacio" Felipega 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi
17 avg 2021 18:24
Yangiliklar
"Lacio" Felipega 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi
"Lacio" himoyachisi Luis Felipe klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Uning malumotiga ko'ra, rimliklar 24 yoshli braziliyalik futbolchiga 2025 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishdi.
Amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Felipe 2016 yildan beri "Lacio"da o'ynaydi. Himoyachi o'tgan mavsum 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar