La Ligadagi ilk golini “Real”ga urgan Smolov, navbatdagi to'pini “Barselona” darvozasiga kiritdi
27 iyu 2020 21:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/577178_original.jpg)
![](/upload/storage/577178_220.jpg)
La Ligadagi ilk golini “Real”ga urgan Smolov, navbatdagi to'pini “Barselona” darvozasiga kiritdi
Ayni daqiqalarda, Ispaniya chempionati 32-turidan o'rin olgan “Selta” – “Barselona” bahsi o'tkazilmoqda.
Uchrashuvning 50-daqiqasida mezbonlar forvardi Fyodor Smolov kataloniyaliklar darvozasini ishg'ol etdi. Qizig'i, 30 yoshli rossiyalik chempionatdagi ilk va yagona bo'lib turgan golini 2 fevral kuni “Real”ga (2:2) qarshi safardagi o'yinda urgandi.
Mavsum yarmida vigoliklar azosiga aylangan Smolov La Ligada 11ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar