So’nggi yangiliklar

15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  7 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20

La Liga. Pedri "Barselona"ning safarda g'alaba qozonishini taminladi Yangiliklar

La Liga. Pedri "Barselona"ning safarda g'alaba qozonishini taminladi

Teglar :  VilyarrealBarselona
Ispaniya La Ligasining 21-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" - "Barselona" uchrashuvining boshlandi.

"Vilyarreal" — "Barselona" 0:1

Gol: 0:1 – 18 Pedri

Vilyarreal – Reyna, Foyt, Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno (Trigeros, 83), Koklen (CHukvueze, 36), Aleks Baena (Moxika, 83), Kapu, Parexo, Pino, Morales (Fer Nino, 83).

Barselona – ter Stegen, Kunde, Kristensen, Arauxo, Balde, Kessie (Alba, 89), de Yong, Pedri, Gavi, Levandovski, Rafinya (Ferran Torres, 81).

Ogohlantirishlar: Pau Torres (37), Arauxo (43), Aleks Baena (49), de Yong (56), Kunde (58), Parexo (62), Alberto Moreno (71), Rafinya (81).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. "Vilyarreal" gol urdi, ammo hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

84. CHukvuezening aylanma zarbasi noaniq chiqdi.

81. "Barsa"da o'zgarish: Rafinya o'rniga Torres maydonga tushirildi.

79. "Barselona" burchak to'pi ishlab oldi, ammo uzatmaning o'zi noaniq bo'ldi.

75. Hakam Levandovskining qo'l bilan o'ynaganini takidladi, polyak esa unday fikrda emas.

70. Baenaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ter SHtegenga qiyinchilik tug'dirmadi.

66. Pedri Reynani aldab o'tib ham darvozata to'g'ri tepa olmadi. Boz ustiga, biroz avval qoida buzilgan ekan.

63. Rafinya raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi.

60. Arauxo raqibning yana bir xavfli hujumini qaytarib yubordi.

58. Kunde ham sariq kartochkalilar safiga qo'shildi.

56. De Yong o'zidan qochib ketayotgan raqibini to'xtatib qolgani uchun jazolandi.

54. Pino raqib jarima maydonida fint ishlataman deb to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

52. Morenoning chap qanotdan uzatma sidan so'ng Pino zarba berishga tayyorgarlik ko'rayotgandi, biroq Arauxo unga imkon bermadi. 

49. Baena Levandovskiga nisbatan qo'pol o'ynagani sababli ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

46. Morales raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

43. Arauxo to'pni qo'l bilan o'ynadi, natijada ogohlantirildi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

40. Mezbonlar qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Jamoa futbolchisi to'pni to'xtata olganida, yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi.

35. CHukvize Koklen o'rniga maydonga tushirildi.

33. Koklen va Kessi yana to'qnashdi. Mezbonlar futbolchisi jiddiy jarohat olgan ko'rinadi. Uni zambilda olib chiqib ketishdi.  

28. Moreno mezbonlar hujumiga nuqta qo'moqchi edi, ammo hujumning verguli bor ekan.

26. Levandovskining chap oyoqda yo'llagan navbatdagi zarbasini Reyna qaytardi.

24. Rafinyaning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

22. Baldening chap qanotdan uzatmasi juda noaniq ko'rinish oldi, natijada hujum buzildi.

18. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Pedri ajoyib kombinacion o'yinni chiroyli tarzda yakunladi. 


14. Koklenga nisbatan Kessi qo'pollik ishlatdi.

9. Arauxo raqibning tezkor qarshi hujumini bartaraf etdi.

7. "Barselona" burchak zarbasi ishlab oldi, standart esa raqib tomonidan bartaraf etildi.

3. Xavfli vaziyat! Levandovski Reynadan to'pni o'tkazmoqchi bo'ldi, ammo Pep bunga ruxsat bermadi.

1. Uchrashuv boshlandi. Mezbonlar sariq, mehmonlar och kulrang liboslarda harakatlanmoqda.

Quyida takidlangan mavzu yuzasidan bir daqiqa sukut saqlanadi.


Jamoalar Turkiya va Suriyada sodir bo'lgan zilzilada jabr ko'rganlarga nisbatan hamdardlik bildirilgan liboslarda maydonga chiqib kelishadi.


Uchrashuv 1:00 da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика