So’nggi yangiliklar

23:27Хави Алонсо машғулотни ўтказиб юборгани учун Азмунни жамоадан четлатди  0 23:01Эдерсонни қўлга кирита олмаган "Ал Насср" бошқа бразилиялик дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 22:44Испания клублари ва терма жамоаси 2002 йилдан бери йирик турнирлар финалида мағлуб бўлишмади  1 22:26"Манчестер Юнайтед" ва "Лилль" Йоро трансфери бўйича келишувга эришди  2 22:09Англия эркаклар терма жамоасини аёл мураббий бошқариши мумкин  11 21:52Франциянинг барча даврлардаги энг яхши тўпурари терма жамоадаги фаолиятини якунлади  0 21:35"Манчестер Сити" юлдузи Англия таъсиридаги мамлакатни Испанияники деб атади  2 21:18Мбаппе "Реал"да қайси позицияда ўйнамоқчи эканлигини айтди  2 20:51Англия терма жамоасига АПЛда ишлаган мураббийлар номзоди кўриб чиқилмоқда  6 20:24Марказий Осиё. Биринчи даврадан кейин чемпионатларда вазият қандай?  5 20:00"Ал Иттиҳод" Франция терма жамоаси аъзосини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 19:45Родриго Мбаппенинг "Реал"га ўтиши ҳақида: "Дунёнинг энг буюк клубига хуш келибсан!"  3 19:22Меньян, Уокер, Салиба, Мусиала ва 6 испан — Евро-2024 рамзий терма жамоаси   3 19:00Магуайр Саутгейтнинг Англия термасидан кетиши ҳақида: "Раҳмат, босс. Сиз яна ўз кучимизга ишонишимизга мажбур қила олдингиз. Хотиралар мангу қолади"  3 18:41Килиан Мбаппе: "Реал"дек буюк тарихга эга клубга муносиб бўлишга ҳаракат қиламан. Бу клуб ва эмблема учун жонимни беришга тайёрман"  73

La Liga. Kazemiro og'ir bellashuvda "Real"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi Yangiliklar

La Liga. Kazemiro og'ir bellashuvda "Real"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi

Ispaniya chempionati 24-turidan o'rin olgan "Valyadolid" – "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Valyadolid" – "Real Madrid"
"Xose Sorrilya" stadioni
Gol: 0:1 – 65 Kazemiro.

"Valyadolid" – Masip, Yanko (Jota, 61), Bruno Gonsales, Peres, Xoakin Fernandes, Orelyana, Alkaras (San-Emeterio, 84), Mesa (Kodro, 73), Kike Peres (Plano, 84), Nacho Martines, Gvardiola (Veysman, 73).

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Modrich, Asensio (Arribas, 66), Kroos, Vinisius Junior (Isko, 66), Mariano Dias (Duro, 66).

Ogohlantirishlar: Alkaras (60), Vaskes (69), Nacho Martines (71), Orelyana (76), Arribas (78), Plano (85).


Real Valladolid

LaLiga . 24-tur

21/02/2021, 00:00

1
:
0
Tugadi

Real Madrid

Casemiro - 65'

Stadion: Estadio Jose Zorrilla, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
60'  Ruben Alcaraz
61'  Saidy Janko (Jota)
71'  Nacho Martinez
73'  Sergi Guardiola (Shon Weissman)
73'  Roque Mesa (Kenan Kodro)
76'  Fabian Orellana
84'  Ruben Alcaraz (Federico San Emeterio)
84'  Kike Perez (Oscar Plano)
85'  Oscar Plano
65'  Casemiro
65'  Toni Kroos
66'  Vinicius Junior (Sergio Arribas)
66'  Mariano Diaz (Hugo Duro)
66'  Marco Asensio (Isco)
69'  Lucas Vazquez
78'  Sergio Arribas


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real Madrid" og'ir bellashuvda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi. 

90+3-daqiqa. "Valyadolid" chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin Lukas Vaskes to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.    

90+2-daqiqa. Iskoning ajoyib uzatmasidan keyin Ugo Duro qulay vaziyatga chiqib bordi, raqibini ortda qoldirib, zarba yo'lladi, lekin noaniq. Qo'shimchasiga hakam hujumchi qoidani buzganini malum qildi. 

90+1-daqiqa. Modrichni hujumdagi sheriklari tushunishmadi va u uzatgan to'pga hech kim yugurmadi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. "Valyadolid" astoydil hujumga o'tgandi, lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi.

87-daqiqa. Iskoga nisbatan qoida buzildi.  

85-daqiqa. Ogohlantirish! Hozirgina maydonga tushgan Oskar Plano to'pga ulgurmagach, Kazemironing oyog'iga zarba berib yuborgani uchun sariq kartochka bilan siylandi.  

84-daqiqa. O'zgarish! Kike Peres o'rniga Oskar Plano, Ruben Alkaraz o'rniga esa Federiko Emeterio o'yinga qo'shildi.   

83-daqiqa. Iskoning uzatmasidan keyin to'pni qabul qilgan Lukas Vaskes o'yindan tashqari holatda ekan. 

80-daqiqa. Serxio Arribasning faolligi sabab "Real" chap qanotdan hujum uyushtirdi, lekin Ferlan Mendining uzatmasidan keyin raqib himoyachilari to'pni uzoqlashtirishni uddalashdi.   

78-daqiqa. Ogohlantirish! Yosh iqtidor sohibi Serxio Arribas ogohlantirildi.  

78-daqiqa. "Real" futbolchilari qarshi hujumdan unumli foydalana olishmadi.  

76-daqiqa. Ogohlantirish! Orelyananing etirozlari ko'payib ketgani sabab hakam sariq kartochka ko'rsatdi.  

Yo'q, hammasi joyida dedi bosh hakam va o'yinni davom ettirish mumkinligini takidladi. 

75-daqiqa. Nacho to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi va keyin jarima maydoni ichida raqib hujumchisi yiqilib tushdi. Hakam shoshmaslikni so'ramoqda.  

73-daqiqa. O'zgarish! Serxio Gvardiola va Roke Mesa o'rniga SHon Vaysman hamda Kenan Kodro jangga tashlandi.  

72-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Modrichga sariq kartochka ko'rsatildi.    

71-daqiqa. Ogohlantirish! Tezkor hujumni to'xtatish maqsadida Ugo Duroga nisbatan qo'pol o'ynagan Nacho (Valyadolid) ogohlantirildi.  

67-daqiqa. Ogohlantirish! Nachoga nisbatan qo'pollik uchun Lukas Vaskesga hakam sariq kartochka ko'rsatdi.  

Vinisius Junior, Mariano Dias va Marko Asensio uchun bugungi bellashuv yakunlandi.

66-daqiqa. O'zgarish! Zizu gol urilganiga qaramay, tayyorlab qo'ygan o'zgarishlarini qaytarmadi. Serxio Arribas, Isko va Ugo Duro o'yinga qo'shildi. 


65-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! Kazemiro hisobni ochdi.

64-daqiqa. Lukas Vaskes aqlli o'ynadi va to'pni oldirib qo'yishi mumkin bo'lgan vaziyatda jamoasiga jarima zarbasi ishlab berdi. 

62-daqiqa. Mezbonlar jonlanishdi, burchak zarbasi ketidan yana bir hujum, lekin hozircha "Real" himoyachilari xotirjam harakat qilmoqda. 

61-daqiqa. Ogohlantirish! Asensioga nisbatan qo'pollik uchun Ruben Alkaraz sariq kartochka bilan ogohlantirildi. 

60-daqiqa. Varan to'pni tepib yuborgach, Gvardiolaning oyog'ini ham mo'ljalga oldi. Hujumchi maydonda yotibdi.

57-daqiqa. Maydonda keskin kurashlar, to'qnashuvlar soni ortdi. 

55-daqiqa. Xavfli vaziyat! Mendining kutilmagan uzatmasidan keyin Orelyana kuchli va aniq zarba yo'lladi, ammo bu safar ham Kurtua jamoasini qutqarmoqda.  

53-daqiqa. Mariano Dias hujumda fol ishlatdi.

52-daqiqa. Yana asli vinger bo'lgan, ammo bugun ham himoyada o'ynayotgan Vaskes markazga kirib borib, zarba berdi, lekin bu safar ancha noaniq.  

51-daqiqa. Lukas Vaskes raqib posbonini tekshirib ko'rdi, ammo Masip sakrab, to'pni egallab oldi. 

Kroosning uzatmasidan keyin raqiblar etiboridan chetda qolgan Kazemiro zarba yo'lladi, ammo yana noaniq. 

49-daqiqa. Vinni burchak zarbasi ishlab oldi. 

48-daqiqa. Javob hujumida Vinisius shunga o'xshash, o'ta kuchsiz zarba yo'lladi.

47-daqiqa. Roke Mesa jamoasining tezkor hujumini zarba bilan yakunladi, ammo Kurtua to'pni bemalol ushlab oldi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni mezbonlar boshlab berishdi, chap qanotdan oldinga o'tmoqchi bo'lgan Orelyana to'pni o'zidan qochirib yubordi.

45+1-daqiqa. "Real"ning hujumida ish zarbagacha bormadi. Jordi Masip to'pni o'yinga kiritdi, qo'shib berilgan vaqt yakuniga etgandi, shu sababli hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!    

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Qanotdan uzatmani "Valyadolid" himoyachisi qaytarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.

43-daqiqa. "Real" juda erkin tarzda harakat qilmoqda va raqib jarima maydoni yaqinida to'p bilan muntazam ravishda muomalada bo'lyapti, xuddi mashg'ulotdagidek, ammo hozircha bu ustunlikni tabloda aks ettirishning imkoni bo'lmayapti.

41-daqiqa. Mendi to'pni oldirib qo'ydi va o'yin qoidasini buzishga majbur bo'ldi.

39-daqiqa. Uzatmadan keyin Kazemiro boshi bilan zarba yo'lladi, lekin biroz noaniq. 

38-daqiqa. Qiziq holat, to'pni ushlagan darvozabon inerciya natijasida jarima maydonidan chiqib ketdi.  

37-daqiqa. Markazda Kazemiro nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

35-daqiqa. Vinisius ikki raqibini dog'da qoldirib, jarima maydoniga kirib ketayotganida yiqitildi. 

34-daqiqa. Mariano Dias ketma-ket raqiblarini aldashga kirishib ketdi, ammo oxiri baribir to'pni yo'qotdi.  

32-daqiqa. Modrichning uzatmasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasini xorvatiyalikning o'zi amalga oshirdi, lekin sheriklaridan hech kim to'pga eta olmadi. 

30-daqiqa. GOOOOOOL! Biroq Mariano yana o'yindan tashqari holatda. Bu safar ham oxirgi pasni Luka Modrich bergandi.  

29-daqiqa. Mezbonlar hujumini Kike boshi bilan zarba yo'llab yakunladi, Kurtua o'z o'rnida.  

28-daqiqa. "Real Madrid" navbatdagi hujumini uyushtirdi, lekin bu safar futbolchilar oxirgi zarbani berishni unutib qo'yishdi chog'i, oxiri darvozabon to'pni egallab oldi.  

26-daqiqa. Uzatmadan keyin Vinisius himoyada faollik ko'rsatdi va hujumni boshlab berdi, yo'l-yo'lakay Asensioni raqib futbolchisi "chopdi", lekin to'p mehmonlarda qolgani sabab hakamning hushtagi yangramadi. Roke Mesa oson qutilib qoldi. 

25-daqiqa. Yana burchak zarbasi. Hozircha standartlar, ayniqsa burchak zarbalari ko'p amalga oshirilmoqda. 

24-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin to'p himoyachiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va darvozabonning qo'liga borib tushdi. 

23-daqiqa. GOOOOL!  Mariano Dias hisobni ochdi, ammo gol inobatga olinmadi. Hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.  

22-daqiqa. Marko Asensioning faolligi sabab "Real" navbatdagi burchak zarbasini ishlab oldi, lekin bu safar ham ish yakuniy, mukammal zarbagacha bormadi.   

19-daqiqa. Asensio to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, aks holda Vinisius katta tezlik olgan va xavfli qarshi hujum sodir etilishi mumkin edi. 

18-daqiqa. Mezbonlarning chap qanotdan boshlanayotgan hujumi rivojlanib ulgurmay, yakunlandi.  

16-daqiqa. "Real" futbolchilari burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. 

14-daqiqa. "Valyadolid" hujumga o'tmoqchi edi, ammo to'p uzatishdagi xato bunga yo'l qo'ymadi. "Real" yana to'p nazoratini o'z qo'liga olishga urinmoqda. 

12-daqiqa. Asensio qanotdan markaz tomon kirib bordi va zarba yo'lladi, lekin noaniq. 

10-daqiqa. Avvaliga "Real" jarima maydoni ichida Kazemiro bilan kurashda raqib futbolchisi yiqilib tushdi. Qarshi yo'nalishda tashkillashtirilgan hujumda esa Mariano ikki raqib orasidan to'p bilan o'tib keta olmadi. 

7-daqiqa. Kutilmaganda "Valyadolid" hujumga o'tdi va anchayin keskin tarzda harakat qildi hamda faqatgina Kurtuaning ishonchli o'yini jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

5-daqiqa. Oldinda ECHL bellashuvi ham borligini tushunib turgan "Real" bu o'yin taqdirini tezroq hal qilish payida.

4-daqiqa. Luis Makeda qiyinchilik bilan to'pni uzoqlashtirdi, jarima maydoni tashqarisidan Kroos yo'llagan zarba esa qovushmadi.  

3-daqiqa. Navbatdagi urinish o'ng qanotdan bo'ldi va Lukas Vaskes qo'pollik bilan to'xtatildi. Jarima zarbasini Asensio amalga oshirmoqchi.

2-daqiqa. CHap qanotdan uyushtirilgan hujum burchak zarbasi bilan yakunlandi, lekin Zizu shogirdlari undan naf chiqara olishmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi.


YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Valyadolid" – "Real Madrid"

01.00, "Xose Sorrilya" stadioni

"Valyadolid" – Masip, Yanko, Bruno Gonsales, Peres, Xoakin Fernandes, Orelyana, Alkaras, Mesa, Kike Peres, Nacho Martines, Gvardiola.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Modrich, Asensio, Kroos, Vinisius Junior, Mariano Dias.

Real Valladolid

LaLiga . 24-tur

21/02/2021, 00:00

1
:
0
Tugadi

Real Madrid

Casemiro - 65'

Stadion: Estadio Jose Zorrilla, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45'
90'
60'  Ruben Alcaraz
61'  Saidy Janko (Jota)
71'  Nacho Martinez
73'  Sergi Guardiola (Shon Weissman)
73'  Roque Mesa (Kenan Kodro)
76'  Fabian Orellana
84'  Ruben Alcaraz (Federico San Emeterio)
84'  Kike Perez (Oscar Plano)
85'  Oscar Plano
65'  Casemiro
65'  Toni Kroos
66'  Vinicius Junior (Sergio Arribas)
66'  Mariano Diaz (Hugo Duro)
66'  Marco Asensio (Isco)
69'  Lucas Vazquez
78'  Sergio Arribas

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика