La Liga. “Valensiya” o'z uyida g'alaba qozondi
01 dek 2019 08:55
Yangiliklar


La Liga. “Valensiya” o'z uyida g'alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 15-turida “Valensiya” o'z maydonida “Vilyarreal” futbolchilarini qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Dastlab Rodrigo mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, oradan besh daqiqa o'tib Angissa muvozanatni tikladi. Taym o'rtalarida Ferran Torres g'alaba to'pini kiritib, “ko'rshapalaklar”ga muhim uch ochkoni keltirgan golga mualliflik qildi.
Ayni payda “Valensiya” 23 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Vilyarreal” 18 ochko bilan 13-pog'onani egalab turibdi.
Valencia Rodrigo - 49', Ferran Torres - 70' |
LaLiga . 15-tur 01/12/2019, 01:00 1
:
2
Tugadi
|
Villarreal Andre-Frank Zambo Anguissa - 54' |
Stadion: Estadio Mestalla, 38988 tomoshabin
Bosh hakam: Cesar Soto
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar