So’nggi yangiliklar

16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  2 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  3 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  7 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  4

La Liga va PFL! Sizga qaysi davrdagi PFL qiziqroq edi? Yangiliklar

La Liga va PFL! Sizga qaysi davrdagi PFL qiziqroq edi?

28 noyabr kuni Farg'ona va Toshkent shaharlarida ikkita tadbir bo'lib o'tdi. Farg'onada O'zbekiston Kubogi finali, Toshkentda Luis Garsiya ishtirokda "El klasiko" tadibiri.

Barchasini boshidan boshlaymiz.
Senegal, Urugvay, Eron va Osiyo o'yinlariga juda ko'plab OAV vakillarini olib ketgan rahbariyat, O'zbekiston Kubogi finali uchun hech nima qilmadilar. OAV o'z yo'lini topib bora oladi, Farg'ona uzoqmas. Lekin imkoniyati cheklangan OAV vakillari bor. Ularga hech bo'lmasa Toshkent - Farg'ona poezd yo'nalishida chipta taqdim etish mumkin edi. Har holda O'FAning birinchi raqamli rahbari uchun temiryo'l chiptalari hech nima emas. Faqat u kishini ogohlantirish kerak edi. PFL vodiyga borishni istaganlar uchun cho'ntakbop mehmonxona gaplashishi va istaganlarga taqdim etishi kerak edi. Zamonaviy tashkilotlar shunday ishlaydi, chunki OAVni yoritishiga qarab ular 6 xonali raqamga ega bo'lgan shartnomalar tuzadilar. Xodimlarimiz Farg'onada yarim tungacha mehmonxona istab yurdilar. Gap so'z chiqmasligi uchun "Paxtakor" tomonidan taqdim etilgan xonalarga joylashinilmadi.

Millat kubogi deyarli hech qaerda ajiotaj olib kelmadi. PFL va O'FAning rasmiy saytlari bor etiborni Luis Garsiyaga qaratdi. Tasavvur qiling, Ispaniya qiroli Kubogi turib, La Liga "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuviga asosiy etiborni qaratgan holda "Nou Kamp"da bizning o'yinni qo'yib bersa. Biz elchi sifatida Anvar Solievni yuboramiz. Ikki jamoada ham to'p tepgan. U erda SHakira La Liga elchisi va Soliev, Puyol jamoasiga qarshi bahs olib borsa. Bu narsani ispanlar tasavvuriga ham sig'dira olmaydi va millat kubogini hech qanday boshqa tadbirga aralashtirmaydi. "La Liga" o'zining ijtimoiy tarmog'ida bazan bizni tabriklab turibdi. Tabrik bilan futbol rivojlanib qolmaydi. Finaldan keyin bizning PFL rasmiy saytida esa kubok galereyasi ham yo'q edi. Ancha kech chiqdi. CHunki O'FAning matbuot xizmati bor etiborini Luis Garsiyaga qaratdi va asosiy ishchi guruh Toshkentda qoldi.

Omon G'ofurov PFL direktori bo'lib kamida 1 kun avval Farg'onaga etib borishi va ish jarayoni bilan yaqindan tanishishi kerak edi. Lekin unday bo'lmadi, u kishi ikkinchi bo'limgagina ulgurib keldi. Bu o'zi rahbarlik qilayotgan tashkilot uchun katta hurmatsizlik. Djani Infantino JCH boshlanishiga bir necha kun qolganda Moskvaga tashrif buyurdi. Undan avval necha marotaba ishchi guruhlar obektlar bilan tanishdi va o'zi oxirigacha musobaqada bo'ldi. Boshqa musobaqalarda ham shunday holatlarni ko'rganmiz va ko'ramiz.

PFL Kubogi ham o'yin kuni Farg'onaga olib kelindi. Malum bo'lishicha u sifatini yo'qotgan bo'lgan va qayta bo'yalganligi uchun ham bir necha kun avval vodiyga olib kelinmagan. Stadionga muxlis chaqirish haqida 1 kun qolganda esga tushdi. Aslida o'sha kubok bilan Farg'ona bo'ylab turne tashkil qilish mumkin edi. Institut va kollejlarga, bolalar va o'smirlar sport maktablariga, Farg'onada faoliyat olib borayotgan futbol akademiyasiga. Huddi jahon Kubogi va La Liganing Kubok nusxalari Toshkentga kelganidek. Bizniki esa nusxasi emas, haqiqiysi edi. Aynan shu kubokni 3-4 kun vodiyda aylantirib tabiiy tarzda muxlis yig'sa bo'lardi. Anchadan beri katta musobaqa o'tkazmay qo'ygan Farg'ona finalda qiynalgani rost. Buni ijodiy guruhimiz ham o'z ko'zi bilan guvoh bo'ldi. Yaxshi ham-ki, OCHLda katta tajriba to'plagan Bahodir Mirzaev bor edi. Aks holda Kubok qanday holda o'tardi, bilmadik... Agar shu ish bironta klub bo'ynidagi musobaqa bo'lganida, bugun u kamida 500 000 000 so'mga PFLdan jarima tortilgan bo'lar edi.



Bir kun avvalgi matbuot anjumanida OAVdan 4 nafar xodim bor edi. SHulardan ikki nafari biznikilar. Yana ikki kishi mahalliy matbuotdan bo'ldi. Garsiya ishtirokidagi matbuot anjumaniga "Uz Report" operatorini inobatga olmaganda hech kim tashrif buyurmadi, hech kim. Vaziyatdan Abdurahmon Fozilov olib chiqib ketdi 2ta savol bilan. La Liga vakili bilan PFL Kubogi final oldi tadbirining o'rtasida juda katta tafovut bor edi. Asosiy mablag' La Ligaga tikildi. SHahzoda O'zbekiston Kubogi uchun qo'shiq kuylaganida adolatdan bo'lar edi.


Yosh bolachalar va O'FA vakillari ishtirokida, OAV vakillari tashrif buyurmagan matbuot anjumani


Deryali OAVsiz o'tgan kubok finali oldidan matbuot anjumani.


O'FA va PFLda barcha yangi hozir. Bir narsani bilib qo'ysangiz kam bo'lmaysiz. Final o'yinlari yoki MTJ o'yinlari kuni matbuot markazi soat 10:00dan ochilishi kerak! Ro'yhatdan o'tgan OAV vakillari barvarqt kelib ishlashlari mumkin. Jamoalargina 2 soat oldin qo'yiladi. Muxlislargina 2 soat avval stadionga kiritiladi, lekin OAV emas! Ular ancha erta kelib ishlashlari kerak va siz ularga pullik bo'lsa ham xizmat turini taxt qilib qo'yishingiz kerak. Bulochka yoki perojki bo'ladimi 16:00da boshlanadigan o'yinga qadar tanovvul qivolishi kerak, OAVda odamlar ishlaydi! Buni bupel bermang, keragi yo'q ularga bepul taom. Siz sharoit yaratishingiz kerak, tamom! SHuning uchun ham 2019 yil "Pepsi" shartnomasini uzaytirmaslik haqida o'ylayapti, chunki ular bergan pullariga monand reklama ololmadilar. Deyarli hech kim "Pepsi Superliga" deb etirof etmayapti. CHunki bu shartnomadan faqatgina PFL manafaatdor bo'ldi xolos. 


Hozircha, yomon deyilgan Farhod Magometovning "PFL"i yaxshiroq bahoga ega. Siz kimga ovoz berasiz, Farhod Magometov davridagi PFL yoki Omon G'ofurov davridagisi? Uchinchi "variant" ham bor. So'rovnomada ishtirok etish uchun kanalimizga O'TISH.


Jasur Haydarov

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика