So’nggi yangiliklar

10:33Тўрт йилга футболдан четлатилган Поль Погба қайтиши борасидаги саволга жавоб берди  0 10:05Расман: МЮ янги бош диреcтор билан шартнома тузди  1 09:38Бугун Ўзбекистон кубогининг нимчорак финал учрашувларига старт берилади  1 09:10Ўйиндан пенальти уролмаган Роналду кечаги қийин ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  20 08:43Расман. Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси очилди  17 08:18Копа Америка. Уругвай 100 фоизлик натижа кўрсатди, мезбонлар учун мусобақа якунланди  7 07:53Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  11 03:15 Евро-2024 1/8 финал. Португалия - Словения 0:0 (Пенальтилар 3:0), Роналдуни йиғлатган ўйин  12 02:40Евро-2024. Кошта Роналду ва Пепени антиқаҳрамон тамғасидан қутқариб қолди — Португалия Словенияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  251 02:06Роналду Евро ва ЖЧларда жаримадан 60та зарба берди  8 01:29"Вильярреал" спорт директори: "Гап нима ҳақда?"   14 01:07Аббосбек Файзуллаевнинг "Вильярреал"га ўтаётгани тасдиқланмади  8 00:50Евро-2024 1/8 финал. Франция - Бельгия 1:0, Мусобақадаги тўққизинчи автогол Францияга ғалаба тақдим этди  0 00:24Азиз Ғаниев "Шабаб Ал Аҳли" билан хайрлашди  7 23:38Максим Шацких: "Владимир Назаров атайин шу ўйин учун танланмади"  21

La Liga. "Sevilya"ni mag'lub etgan "Barselona" ikkinchi o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

La Liga. "Sevilya"ni mag'lub etgan "Barselona" ikkinchi o'ringa chiqib oldi

La Liganing 4-turi doirasidagi "Sevilya" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Sevilya" – "Barselona" 0:3
"Ramon Sanches Pisxuan" stadioni
Gollar
: 0:1 – 21 Rafinya, 0:2 – 36 Levandovski, 0:3 – 50 Erik Garsiya.

"Sevilya" – Bunu, Montel (Suso, 64), Fernando, Nyanzu, Akunya, Rakitich, Gudel (Karmona, 46), Jordan (Dileyni, 46), Isko (Gomes, 70), Lamela, En-Nesiri (Dolberg, 57).

"Barselona" – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Erik Garsiya (Serdji Roberto, 55), Balde (Alba, 64), Buskets, Pedri (de Yong, 63), Gavi, Levandovski (Fati, 74), Dembele (Ferran Torres, 63), Rafinya.

Ogohlantirishlar: Dembele (9), Balde (28), Jordan (33), Karmona (66), Arauxo (75), Serdji Roberto (89).


La Liga turnir jadvali va to'purarlar poygasi


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


SHu pallada hakam final hushtagini chaldi va "Barselona" ikkinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.  

Zarbani Rafinya amalga oshirdi, noaniq.  

90+2-daqiqa. SHundoqqina jarima maydonchasi oldida de Yongga nisbatan fol.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

88-daqiqa. "Barsa" juda erkin o'yin namoyish qilmoqda. Zarurat bo'lganida Xavi shogirdlari hujumkorlikni oshira olishi yaqqol sezilmoqda.  

86-daqiqa. "Sevilya" oxirgi kuchlarini ishga solib hujumga o'tyapti.  

83-daqiqa. Lamela qandaydir bir alam bilan to'pga tashlanib, Rafinyani maydonga qulatdi.  

82-daqiqa. Yosh Gavining mushaklari ham charchaganini bildirib qo'ydi. Balki tavakkal qilmay, uni ham zaxiraga olish vaqti kelgandir.  

80-daqiqa. Frenki de Yong hamma uzatma kutgan bir pallada zarba berdi va mo'ljalda biroz adashmaganida hisob yanada yirik ko'rinish olardi.   

Xavi jamoasi o'yinidan mamnun. 

78-daqiqa. Erik Lamelaning mushaklarida muammo. Tomirlari tortishib qoldi chog'i. Arauxo unga yordam ko'rsatyapti.  

75-daqiqa. Ogohlantirish! Ronald Arauxo to'pga qo'shib raqibini ham maydon tashqarisiga chiqarib tashlagani uchun kartochkaga munosib deb topildi.  

74-daqiqa. O'zgarish! Levandovski zaxiraga olindi. Uning o'rniga Ansu Fati o'yinga qo'shildi. 

73-daqiqa. Yana "Barsa"da, yana Levandovskida imkoniyat. Robert chiroyli gol urgisi keldi va to'pni Yassin Bununing ustidan tashlab qo'yishga urindi, lekin posbon qo'li bilan to'pni qaytardi, takroriy urinishda esa Frenki de Yong to'pni himoyachi va darvozabondan o'tkaza olmadi.    

Alexandro Gomes darhol faollik ko'rsatib, zarbaga imkon topdi. Uning urinishi aniq va ancha kuchli chiqqaniga qaramay, Ter SHtegen ishonchli o'ynadi. 

70-daqiqa. O'zgarish! Isko o'rnini Papu Gomesga bo'shatib berdi.

70-daqiqa. Gavi Rakitichga sakrab urildi va bu holat xorvatiyalik yarim himoyachiga yoqmadi. 

66-daqiqa. Ogohlantirish! Torresga nisbatan keskin harakat uchun Xose Anxel Karmona ogohlantirildi. 

63-daqiqa. O'zgarish! Dembele, Gavi va Alexandro Balde uchun o'yin yakunlandi. Ularning o'rniga de Yong, Ferran Torres va Alba maydonga tushdi.

62-daqiqa. Robert Levandovskidan ajoyib zarba va Yassin Bunudan zo'r seyv. 

60-daqiqa. Gavi Iskoga nisbatan qoidani buzdi.

56-daqiqa. O'zgarish! En-Nesseri o'rniga Kasper Dolberg tushirildi.  

54-daqiqa. O'zgarish! Bir oz avval gol urgan Erik Garsiya jarohat olib maydonni tark etdi, uning o'rnini Serxi Roberto egalladi. 

50-daqiqa. GOOOOOOOL! Erik Garsiya ham ismini tabloga yozdirib qo'ydi, Kundedan yana bir assist. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Sevilya" bo'limni gol bilan boshlashga juda yaqin edi, biroq oxirgi zarba ko'ngildagidek chiqmadi.  

45+1-daqiqa. Burchak zarbasini mezbonlar tepdi, lekin xavfli vaziyatni mehmonlar yaratishdi. Dembele bir o'zi qarshi hujumga qochib ketib, to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'yishni niyat qilgandi, ammo mo'ljalda biroz adashdi.   

45-daqiqa. Jyul Kunde bu safar hujum markazida paydo bo'lib, boshi bilan zarba berdi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.   

44-daqiqa. To'p nazorati borasida ko'rsatkich 49% - 51% "Barsa" foydasiga. Aniq zarbalar esa 1:4. 

Arauxo oqsab maydonni tark etdi, lekin qaytsa kerak. Ha, shunday bo'ldi ham. 

42-daqiqa. Isko va Arauxo to'p uchun kurashda jiddiy ravishda to'qnashib ketdi.  

41-daqiqa. "Barsa"ning tiki-takasiga "Sevilya" futbolchilari ham cho'chimasdan tiki-taka bilan javob berishdi.  

38-daqiqa. Darhol oldinga tashlangan "Sevilya" burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq undan naf chiqarishning imkoni bo'lmadi.

36-daqiqa. GOOOOOOOOL! Roooooobert Levangolski to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Uzatmani esa himoyachi Jyul Kunde amalga oshirgandi.   

Fernando bu safar Dembelega imkon qoldirmadi. 

35-daqiqa. Gudel yosh hamkasbi Gavini oldinga o'tkazmadi.  

31-daqiqa. Dembele tezligi evaziga raqib himoyachilarini chalg'itib qo'ymoqda. Hozir ham u himoyachining qarshiligiga qaramay, zarba uchun imkon topdi. 

29-daqiqa. Ogohlantirish! Buskets va Robert Levandovski aka o'rnida o'rtaga tushsada, Laos qoidani buzgani uchun Alexandro Baldega kartochka ko'rsatdi.   

26-daqiqa. "Barsa" futbolchilari yuqori pressing namoyish qilishmoqda.  

23-daqiqa. "Sevilya" raqib darvozasi tomon yo'l izlamoqda.  

21-daqiqa. GOOOOOOOOL! Rafinya "Barselona"ni oldinga olib chiqdi. Dembelening ajoyib pasidan keyin Leva yaxshi vaziyatga chiqib bordi va to'pni kiperning ustidan tashlab qo'ydi, Fernando to'pni qaytardi va amalda Robertning golini Rafinyaga "sovg'a" qildi.  

20-daqiqa. Yassin Bunu to'pni o'yinga kiritib berdi.  

19-daqiqa. Gaviga nisbatan o'yin qoidasi buzildi, standart vaziyat. To'p oldida Rafinya.  

18-daqiqa. Iskoning ajoyib pasidan keyin Yussuf En-Nesiri kiper bilan birga-bir chiqib bordi, ammo gol ura olmadi.  

15-daqiqa. Lamelaning uzatmasidan keyin Akunya zarba yo'lladi, biroq uning urinishi qovushmadi.  

14-daqiqa. "Barsa" o'yindagi birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin naf chiqara olmadi.  

13-daqiqa. GOOOOL! Biroq offsayd. "Sevilya" hisobni ochgandi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi.  

11-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.  

9-daqiqa. Ogohlantirish! Usman Dembele qarshi hujum boshlayotgan Iskoni chalib yiqitgani uchun kartochka ishlab oldi.  

7-daqiqa. Levandovskiy jarima maydonida himoyachilar bilan kurash jarayonida yiqildi, ammo hakam o'yinni davom ettirishni so'radi.  

4-daqiqa. "Sevilya" o'yinni ancha dadil boshladi. Yana bir yaqqol golli vaziyat yuzaga kelgandi, biroq "Barsa" himoyachilari qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni darvozaga borib tushmasligini taminlashdi. 

3-daqiqa. Qiziq bir holat, Buskets bosh hakamni aldab o'ta olmadi va "Sevilya" juda qulay vaziyatga chiqib ketayotgandi... Biroq Mateu Laos ish jiddiylashishini oldini oldi.    

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Asosiy tarkib vakillari stadionga tushib kelishdi. Sardorlar bosh hakam bilan ilk rasmiy ishlarni hal qilib olishmoqda. 

Har ikki jamoa bosh murabbiylari asosiy tarkiblarni aniqlab olgan. Etiborli tomoni, mezbonlar asosiy tarkibida Isko Alarkon o'yinni ilk daqiqalardan boshlaydi.  

"Sevilya" – "Barselona"

4 sentyabr, 00.00, "Ramon Sanches Pisxuan"

"Sevilya" – Bunu, Montel, Gudel, Nyanzu, Akunya, Rakitich, Fernando, Jordan, Isko, Lamela, En-Nesiri.

"Barselona" – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Erik Garsiya, Balde, Buskets, Pedri, Gavi, Levandovski, Dembele, Rafinya.

Sevilla

LaLiga . 4-tur

04/09/2022, 00:00

3
:
0
Tugadi

Barcelona

Raphinha - 21', Robert Lewandowski - 36', Eric Garcia - 50'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 40233 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
33'  Joan Jordan
46'  Joan Jordan (Thomas Delaney)
46'  Nemanja Gudelj (Jose Angel Carmona)
57'  Youssef En-Nesyri (Kasper Dolberg)
64'  Gonzalo Montiel (Suso)
66'  Jose Angel Carmona
70'  Isco (Alejandro Gomez)
9'  Ousmane Dembele
21'  Raphinha
28'  Alex Balde
36'  Robert Lewandowski
36'  Jules Kounde
50'  Eric Garcia
50'  Jules Kounde
55'  Eric Garcia (Sergi Roberto)
63'  Ousmane Dembele (Ferran Torres)
63'  Pedri (Frenkie de Jong)
64'  Alex Balde (Jordi Alba)
74'  Robert Lewandowski (Ansu Fati)
75'  Ronald Araujo
89'  Sergi Roberto

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика