So’nggi yangiliklar

00:50Нико Уильямс "Барселона"га ўтиш учун маошининг камайишига ҳам рози  0 00:28Улуғбек Бакаев: "Дурангга мос ўйин бўлди"  0 00:14"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Фенербахче"га ўтиши мумкин  0 23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  2 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  9 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  21 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  2 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  5 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0

La Liga. Uchta penaltining ikkitasini aniq amalga oshirgan "Real Madrid" "Selta"ni mag'lub etdi Yangiliklar

La Liga. Uchta penaltining ikkitasini aniq amalga oshirgan "Real Madrid" "Selta"ni mag'lub etdi

Ispaniya chempionati 30-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"Selta" – "Real Madrid" 1:2

Gollar: Karim Benzema 19', Nolito 53', Karim Benzema 70'

"Selta": 1. Matias Dituro, 20. Kevin Vaskes, 15. Djozef Aydu, 24. Djeyson Murilo, 17. Xavi Galan, 8. Fran Beltran (22. Santi Mina 75'), 23. Brais Mendes (18. Orbelin Pineda 81'), 6. Denis Suares, 9. Holito (14. Renato Tapia 73'), 10. Yago Aspas, 7. Tiago Galyardo (11. Franko CHervi 60').

Zaxira: 13. Ruben Blanko, 26. Gaizka Campos, 41. Cesar Fernandez, 19. Xose Fontan, 28. Karlos Dominges, 21. Augusto Solari, 4. Nestor Arauxo.

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 17. Lukas Vaskes (2. Daniel Karvaxal 61'), 3. Eder Militao (6. Nacho Fernandes 85'), 4. David Alaba, 23. Ferlan Mendi, 10. Luka Modrich (15. Federiko Valverde 74'), 14. Kazemiro, 8. Toni Kroos (19. Dani Sebalos 85'), 11. Marko Asensio (21. Rodrigo 61'), 9. Karim Benzema, 20. Vinisius Junior.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 25. Eduardo Kamavinga, 12. Marselo, 18. Garet Beyl, 5. Xesus Valexo, 24. Mariano Dias, 45. Diego Pineiro.

Ogohlantirishlar: Xavi Galan 36', Tiago Galyardo 40', Djeyson Murilo 57'

Celta Vigo

Nolito - 52'

LaLiga . 30-tur

02/04/2022, 22:30

2
:
1
Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 19', Karim Benzema - 70'

Stadion: Abanca Balaidos, 15714 tomoshabin

Bosh hakam: Pablo Gonzalez

45'
90'
36'  Javi Galan
40'  Thiago Galhardo
40'  Thiago Galhardo
52'  Nolito
52'  Javi Galan
57'  Jeison Murillo
60'  Thiago Galhardo (Franco Cervi)
72'  Nolito (Renato Tapia)
72'  Fran Beltran (Santi Mina)
81'  Brais Mendez (Orbelin Pineda)
19'  Karim Benzema
61'  Lucas Vazquez (Daniel Carvajal)
61'  Marco Asensio (Rodrygo)
64'  Karim Benzema
70'  Karim Benzema
74'  Luka Modric (Federico Valverde)
85'  Toni Kroos (Daniel Ceballos)
85'  Eder Militao (Nacho Fernandez)


90+4 Uchrashuv yakunlandi!

90+3. XAVFLI VAZIYAT! "Selta"dan ajoyib hujum! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni vigoliklar darvozaga aniq yo'llay olishmadi...

90. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Uchrashuv tempi biroz tushdi.

80. Ana endi "Selta" ustunlikni qo'liga olgan. Jamoa oldinga borishda davom etmoqda.

74. Kross raqibidan ajoyib tarzda o'tib, darvozaga zarba berdi, biroq to'pni "Selta" futbolchilari qaytarib yuborishdi.

70. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema penaltini golga aylantirdi!

69. To'p oldida yana Benzema... 

68. Yana penalti — yana "Selta" darvozasi tomon!

65. Temp juda-juda yuqori. Har ikki jamoa ham golga intilmoqda!

64. Benzemandan zarba va Dituro to'pni qaytardi!!!

63. Penalti! Yana "Selta" darvozasi tomon!

59. Vigoliklar tinmayapti. Jamoa ketma-ket hujumlar uyushtirishda davom etmoqda.

Lirik chekinish - Vigo shahridagi qurilishlar:

54. Galan to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi, Galyardo esa to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi. 

Aspas to'pni chapga - Galanga uzatdi, u esa jarima maydonchasi tomon erlatib uzatib berdi va Nolito to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi!

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Selta" hisobni tenglashtirdi!

52. Asensioning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

50. Ikkinchi bo'limni maydon egalari faolroq boshlashdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Uchrashuv davom etmoqda. "Selta" esa hujumlarni tindirmayapti.

40. Gol VAR orqali ko'rib chiqildi, to'p Aspasga tegildi deb topildi hamda gol o'yindan tashqari holatda urilgan deb topildi!

To'p jarima maydonchasi tomon havolatib uzatildi, Galyardoning bosh bilan bergan zarbasi avval darvoza ustuniga tegdi, so'ng aylanib darvoza to'ridan joy oldi.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Selta" hisobni tenglashtirdi! 

34. Benzemaning darvoza tomon bergan zarbasini Dituro ushlab oldi.

30. To'p nazorati endi madridliklarda. Jamoalar asosan maydon markazida o'yin o'tkazmoqda.

23. ZARBA! Yago Aspas jarima zarbasidan kuchli zarba berdi, Kurtua darvozaning to'qqizligiga ketayotgan to'pni ajoyib tarzda qaytarib yubordi!

22. "Selta" goldan so'ng anchagina jonlandi. Suares "Real" jarima maydonchasiga yaqin nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi.

19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi!

18. Penalti! "Selta" darvozasi tomon! Nolito o'z jarima maydonchasi ichida Militaoga nisbatan qo'pol o'ynadi, deb topildi.

17. Vinisius Asensioni yaxshi vaziyatga chiqardi, Markoning darvoza tomon bergan zarbasini esa Dituro qaytarib yubordi.

14. ZARBA! Denis Suaresning 20 metrlardan darvoza tomon kuchli zarbasini Kurtua qaytarib yubordi. 

9. XAVFLI VAZIYAT! O'ng qanotdan Vaskes havolatib to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Benzemaning bosh bilan bergan zarbasi esa birozgina noaniq ketdi.

8. Yana Aspas "Real" jarima maydonchasi ichida, biroq mazkur vaziyatda Yago Militaoga nisbatan fol ishlatdi.

4. Yago Aspas jarima maydonchasi ichiga kirib borib, darvozaga zarba berdi, to'pni "Real" himoyachilari maydon tashqarisiga chiqarib yuboshdi.

3. Bahsning dastlabki daqiqalari anchagina xotirjamlikda boshlandi. 

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика