La Liga. “Selta” o'z maydonida “Alaves”ni tor-mor etdi, Nolito esa yangi jamoasida ilk golini urdi
21 iyu 2020 19:20
Yangiliklar


La Liga. “Selta” o'z maydonida “Alaves”ni tor-mor etdi, Nolito esa yangi jamoasida ilk golini urdi
Mezbonlar safida Rafinya dublga erishgan bo'lsa, Jeyson Murilo, Nolito, Yago Aspas, Santi Mina ham o'z nomini tabloga yozdirdi. Aytish joizki, “Alaves” 27-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib harakat qildi. Jarima maydonidagi qo'polligi uchun himoyachi Martin Agirregaribiya qizil olib, maydonni tark etdi.
Ushbu g'alabadan keyin vigoliklar jadvalda 16-o'ringa ko'tarilishdi.
Selta – Alaves 6:0 (4:0, 2:0)
«Balaidos»
Gollar: 1:0 – 14 Murilo, 2:0 – 20, penalti Aspas, 3:0 – 40 Rafinya, 4:0 – 41 Rafinya, 5:0 – 78, penalti Nolito, 6:0 – 86 Santi Mina.
Selta – Ruben Blanko, Vaskes, Murilo (Aydu, 72), Arauxo, Olasa, Yokushlu (Bradarich, 46), Beltran (Santi Mina, 64), Rafinya (Nolito, 46), Denis Suares, Smolov, Aspas (Mendes, 65).
Alaves – Roberto, Agirregabiria, Laguardia (Eli, 46), Magalyan, Xavi Lopes, Mendes (Rioxa, 83), Sayns (Ximo Navarro, 31), Pere Pons, Feysa, Lukas Peres (de la Fuente, 46), Xoselu (Berk, 59).
Ogohlantirishlar: Lukas Peres (15), Yokushlu (16).
CHetlatish: Agirregabiria (27).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar