So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

La Liga. "Barselona" safarda "Real Sosedad"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, Levandovskidan dubl! Yangiliklar

La Liga. "Barselona" safarda "Real Sosedad"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, Levandovskidan dubl!

Ispaniya La Ligasi 2-turidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Real Sosedad – Barselona 1:4  

01.00, «Reale Arena»

Gol: Isak 6' – Levandovski 1', 69', Dembele 66', Fati 79'

Real Sosedad – Remiro, Elustondo (Gorosabel, 79), Le Norman, Subeldiya, Munos, Mendes, Merino (Karrikaburu, 79), Silva (Turrentes, 71), Subimendi, Kubo (Muhammad-Ali CHo, 71), Isak (Navarro, 71).

Barselona – ter SHtegen, Arauxo, Kristensen, Erik Garsiya, Balde (Rafinya, 64), de Yong (Roberto, 85), Pedri, Gavi (Kesse, 85), Levandovski, Dembele (Alba, 71), Ferran Torres (Fati, 64).

Ogohlantirishlar: Elustondo (21), Le Norman (41), Arauxo (51). 

MATNLI TRANSLYACIYA 

YANGILASH

Bahs yakunlandi. "Barselona" mehmonda yirik hisobda g'alaba qozondi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+1. Mendesning jarimadan bergan zarbasi kuchli chiqdi, ammo ancha noaniq.

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Fati Subimendiga nisbatan qoidani buzdi.

87. Muhammad-Ali CHo ichkariga pas uzatdi, ammo buni sifatli amalga oshirolmadi.

85. "Barselona"da 2 ta almashtirish: de Yong o'rniga Roberto, Gavi o'rniga Kesse tushirildi.

79. GOOOOOOOOOOOOL! Bu gal Leva Fati gol urishiga ko'maklashdi. Ansu bu golga haqli edi, albatta.

79. "Real Sosedad"da 2 ta o'zgarish: Merino o'rniga Karrikaburu,  Elustondo o'rniga Gorosabel bahsni davom ettiradi.

76. "Barselona" to'p nazoratini to'liq qo'lga oldi. Futbolchilar ananaga ko'ra o'zaro paslashishmoqda.

73. Zarba! Muhammad-Ali CHoning zarbasi ter SHtegen tomonidan bartaraf qilindi.

71. "Barselona"da o'zgarish: Dembele o'rniga Alba maydonga tushdi.

71. "Real Sosedad"da 3 ta almashtirish: Kubo o'rniga Muhammad-Ali CHo, Silva o'rniga Turrentes, Isak o'rniga Navarro o'yinga qo'shildi.

69. GOOOOOOOOOOOOOOL! Levandovski yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilib, dublni rasmiylashtirdi, Fatidan ikkinchi assist – 1:3! 

66. GOOOOOOOOOOOOL! Fati chiroyli finti orqali pas berdi, uni qabul qilib olgan Dembele pastki burchakni nishonga oldi – 1:2!

64. Uuuux! Levandovskining kuchli zarbasidan so'ng darvozabon Remiro to'pni egallab oldi.

64. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Torres o'rniga Fati, Balde o'rniga Rafinya o'yinni davom ettiradi.

62. "Barselona" qisqa paslar orqali oldinga bormoqda. O'yinchilar raqib himoyachilari xatosini kutishmoqda.

58. Yana ter SHtegen katta sahnada! Darvozabon mahorati evaziga Merinoning zarbasini qaytardi! 

56. Qanday vaziyat!  Elustondo to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritganda to'pni Gavi qo'lga kiritdi va qulay vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, to'p yo'liga o'z vaqtida Subeldiya to'g'anoq bo'ldi. 

53. GOOOOOOL! Mendes jarima zarbasidan gol urdi, biroq u hisobga olinmadi. Sababi golli vaziyatda ishtirok etgan Le Norman ofdsaydda qolgan edi. 

52. Yana bir bor qoida buzildi. Bu gal Balde aybdor.

51. Arauxo Kuboni qoida buzish evaziga to'ztatib qoldi va ogohlantirildi.

50. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 43% – 57%

48. Fati, Depay, Roberto va Rafinya chigilyozdi mashg'ulotlarni bolshab yuborishdi.

47. Uchrashuvni tomosha qilish uchun 36 201 tomoshabin kelgani aytilmoqda.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

45+2. Zarba!  Levandovski havodan kelgan to'pni boshi bilan darvoza tomon yo'lnaltirdi, Remiroo'z o'rnida!

45+1. Remiro darvozadan chiqib kelib Gavini to'pdan mahrum qildi, burchak zarbasi. 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.

44. Ter SHteeeegeeeen!  U "Barselona"ni yaqqol goldan qutqardi. Germaniyalik posbon David Silvaning erlatib bergan zarbasini qaytara oldi.   

42. Erik Garsiya!  Uning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

41. Robin Le Norman kechiktirilgan fol uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. U sal avval Levandovskini yiqitgandi.

37. Zarba! Usmon Dembelening darvoza tomon yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

34. Martin Subimendining yaxshi o'ylangan uzun pasidan so'ng Isak xohlasa ham to'pga ulgura olmasdi.

31. Usmon Dembele burchak zarbasidan to'pni ichkariga oshirdi, biroq himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

27. Meriiiino!  ter SHteeegen! Merinoning zarbasidan keyin ter SHtegen seyv ko'rsatdi. Qaytgan to'p Kuboga kelib tushdi va yosh futbolchining zarbasi noaniq chiqdi.

24. Zarbaaaa! Torresning jarima maydonchasi chizig'idan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

21. Elustondo qulay poziciyaga chiqib borayotgan Baldeni yiqitgani uchun jazolandi. 

20. Dembele o'ng qanotdan qoyilmaqom krossni amalga oshirdi, ammo himoyachilar xavfni bartaraf qilishdi. Aks holda, Leva tayyor edi...

19. Kuboning pasidan keyin Merino to'pni o'ziga qulay ravishda bo'ysundira olmadi va hujum yakuniga etmay qoldi. 

18. Alexandro Balde shifokorlar yordamiga muhtojlik sezmoqda. SHu bois o'yinda to'xtalish yuzaga keldi. 

15. Aleksandr Isak ideal pasni qabul qilib oldi, biroq Kristensen unga xalaqit qilishga maksimal kuchini ishga soldi va maqsadiga etdi. 

12. Dembele jamoadoshi to'pni "aut"dan uloqtirayotganda Munosni tirsagi bilan urdi va maydonga qulatdi. Mezbonlar vakili yotib oldi deyish mumkin. Hakam ham hujumchini jazolamadi. 

9. Ferran Torresning zarbasi rikoshet orqali maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 

6. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Javob to'pi uzoq kuttirmadi. SHveciyalik forvard Isak birga-bir holatga chiqib borib, to'pni ter SHtegenning ustidan oshirib qo'ydi – 1:1! 

4. "Real Sosedad" to'pni o'zida saqlab turibdi. "Barsa" esa bosim qilish bilan band. 

3. Leva "Barsa"dagi debyut goli uchun 45 soniya sarfladi. 

2. Alohida aytish joiz, bugun Levandovski 34 yoshlni qarshilagandi. Golni o'ziga o'zi sovg'a qildi :)  

1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Barselona" tezkor qarshi hujumni gol bilan yakunladi. Baldening qulay pasidan keyin Levandovski hisobni ochdi – 0:1!  Xullas, bahs 0:1 hisobida boshlandi. 

1. "Real Sosedad" juda tezkor kombinaciya tashkil qildi. Kubo jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. Stadiondagi muhit shunchaki "bomba"! 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Barselona" "Reale Arena" o'yingohida "Real Sosedad" mehmoni bo'ladi. Mazkur to'qnashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика