So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  19 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

La Liga. "Real Madrid" o'z maydonida "Sevilya"ni mag'lub etdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" o'z maydonida "Sevilya"ni mag'lub etdi

Teglar :  Real MadridSevilya
La Liganing 11-turi doirasidagi "Real Madrid" – "Sevilya" bahsi yakunlandi.

Real Madrid – Sevilya 3:1

23 oktyabr, 00.00, "Santyago Bernabeu"

Gol: 1:0 – 5 Modrich, 1:1 – 54 Lamela, 2:1 – 79 Vaskes, 3:1 – 81 Valverde.

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 77), Alaba (Nacho, 86), Militao, Mendi (Ryudiger, 77), Modrich (Asensio, 77), Kroos, Tchuameni (Kamavinga, 65), Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo.

Sevilya – Bunu, Montel, Gudel, Markao Teysheyra, Telles, Rakitich (Rafa Mir, 76), Oliver Torres (Gomes, 69), Jordan, Navas (Karmona, 67), Isko (Dileyni, 76), Lamela.

Ogohlantirishlar: Jordan (28), Montel (32), Tchuameni (37), Gudel (66), Gomes (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

85. Kurtua Rafani xafa qildi.

81. Valverdedan supergol!!! Bunu qimirlashga ham ulgurmadi!

79. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Asensio boshlab bergan hujumni Vini davom ettirdi va to'pni Vaskesga uzatdi. Lukas esa bo'sh darvozani ishg'ol qilishda qiynalmadi. Zaxiradan tushgan futbolchilar effekti ish berdi.

77. Bunga hamohang tarzda mezbonlarda ham uch o'zgarish qayd etildi.

76. "Sevilya"da uch o'zgarish amalga oshirildi.

74. Bunu shikastlandi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

72. Vinisius bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi!

71. Rodrigoning zarbasiga aniqlik etishmadi.

69. Rodrigo uch raqibini aldab o'tdi, biroq uni qoida buzmagan holda yiqitishdi.

66. Vinisiusni to'xtatib qolgan Gudelj ogohlantirildi.

65. Kamavinga CHuameni o'rniga maydonga tushdi.

63. Vini-Karvaxal kombinaciyasi natijasida ispan himoyachisining pasini Bunu egallab oldi.

60. Lamela qarshi hujumda dublni rasmiylashtirishi mumkin edi.

57. ZARBA! Isko sobiq jamoasini jazolashiga bir bahya qoldi.

54. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Lamela Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni tenglashtirdi!


50. Modrich-Mendi kombinaciyasidan so'ng markazga oshirilgan to'pni raqib himoyachilari bartaraf etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Kurtua raqibning kuchli tarzda tepgan to'pini o'z qarmog'iga oldi. 

44. Vinisius dastlab raqib posbonini, so'ngra o'zini aldadi.

41. Modrichning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga raqib futbolchisining oyog'i qalqon bo'ldi.

38. Rakitichning jarimadan yo'llagan zarbasi Kurtuaga etib bormadi.

Uchrashuvni boshidan tomosha qilmaganlar uchun "rasm"iy tanaffus

33. Modrich olisdan Bununi biroz yurak changallashga majbur qildi, mehmonlar posbonining baxtiga yaxshilik bilan yakunlandi, ammo hozirgi natija unday emas.

32. Kroos Meksikaga jarimadan urgan golini takrorlay olmadi.

31. Montiel Vinisiusga nisbatan o'rim-terim ishlarini amalga oshirgani sababli sariq kartochka bilan jazolandi.

28. Jordan Rodrigo bilan oyoq berib salomlashmoqchi bo'lgani tufayli ogohlantirildi.

27. Alaba Montielda bor alamim manim, degancha hakamga etiroz bildirdi.

25. Vinisiusning zarbasi raqib oyog'iga tegib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritsa bo'ladigan darajada yuqoriga ketdi.

22. Rodrigo to'pni basketbolona ko'rinishda raqib darvozasiga kiritmoqchi bo'ldi, ammo u balandlikda basketbol savatchasining bo'yini chamalagan ko'rinadi.

19. Alaba matematik hisob-kitoblarda biroz aniqlikka erishganida jarimadan raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lardi.

18. Vinisiusni bugun faqat yiqitib to'xtatish mumkin bo'lmoqda.

16. Lamela burchak zarbasi ishlashga arzigulik zarba yo'lladi.

11. "Sevilya" futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi. Karvaxal elka bilan qanday o'ynash kerakligini ko'rsatib qo'ydi bu vaziyatda.

9. Maydon markazida CHuamaning ko'kragiga erga tekkazishdi.

5. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Vinisiusning ajoyib harakatlaridan so'ng to'pni qabul qilib olgan Modrich darvozani ishg'ol qildi!


3. Karvaxal va Markao bayroqcha yonida "Kim oladiyo, shuginaniyo" o'ynashdi.

1. "Sevilya" bahsni boshlab berdi.

O'yinda avval Kurtuaga "Eng yaxshi darvozabon", Benzemaga "Oltin to'p" sovrini topshirilganining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Mezbonlar oq, mehmonlar qizil rangli libsoda to'p tepadi.

Mana bu futbolchiga esa alohida etibor qaratiladi.

Bugun Kurtua safga qaytdi, amaldagi "Oltin to'p" sohibiga esa dam berilgan.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bulutli Madridda sovuq havo bo'lsa-da, o'yin harorati qaynoq bo'lishini ich-ichidan his qilayotgan tomoshabinlar bilan birgalikda mazkur bahsni birgalikda kuzatamiz.

Uchrashuv 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика