So’nggi yangiliklar

19:00Магуайр Саутгейтнинг Англия термасидан кетиши ҳақида: "Раҳмат, босс. Сиз яна ўз кучимизга ишонишимизга мажбур қила олдингиз. Хотиралар мангу қолади"  0 18:41Килиан Мбаппе: "Реал"дек буюк тарихга эга клубга муносиб бўлишга ҳаракат қиламан. Бу клуб ва эмблема учун жонимни беришга тайёрман"  5 18:13Эмерсоннинг "Тоттенхэм"дан "Милан"га трансфери барбод бўлиши мумкин  0 17:55"Олдимда Эрон, БАА ва Кувайт клубларидан таклифлар мавжуд" — Ризо Яздандўст  1 17:40"Тоттенхэм" Галлахерни ўз сафида кўрмоқчи  1 17:14Эшитдик-да! "Бунёдкор" икки нафар футболчи билан хайрлашади. Улардан бири "Локомотив"га ўтмоқда  5 16:30Лукаку "Наполи"га ўтишга яқин  2 16:04"Атлетико" Альварес трансфери устида ишламоқда  3 15:39Месси терма жамоадаги шерикларига қулоқчинлар совға қилди  9 15:08Хайр, Саутгейт! Англия терма жамоаси устози ишдан бўшатилди  15 14:52Испания қироли миллий терма жамоани Евро-2024даги ғалаба билан табриклади  0 14:21Мбаппе Мадридда тиббий кўрикдан ўтди ва мухлислар билан кўришди  10 13:55Эшитдик-да! "Бунёдкор" ярим ҳимоячиси "Динамо"га ўтмоқда   2 13:32"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Санжарбек Алимуҳамедов  2 13:28Чеферин 2027 йилдан кейин ҳам УЕФА раҳбари бўлиб қолиши мумкин  1

La Liga. "Real" "El Klasiko"da g'alaba qozonib, jadvalda birinchi o'ringa ko'tarildi Yangiliklar

La Liga. "Real" "El Klasiko"da g'alaba qozonib, jadvalda birinchi o'ringa ko'tarildi

Ispaniya chempionati 30-turidan o'rin olgan markaziy bahs bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

Real Madrid – Barselona 2:1

«Estadio Alfredo Di Stefano»

Gollar: 1:0 – 13 Benzema, 2:0 – 28 Kroos, 2:1 – 60 Mingesa.

Real Madrid – Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Vaskes (Odriosola, 43), Modrich, Kroos (Isko, 72), Valverde (Asensio, 61), Kazemiro, Vinisius Junior (Marselo, 72), Benzema (Mariano Dias, 72).

Barselona – ter SHtegen, Dest (Grizmann, 46), Mingesa, Arauxo (Moriba, 72), Alba, Dembele (Breytueyt, 81), Buskets (Serdji Roberto, 64), Pedri (Trinkau, 81), de Yong, Langle, Messi.

Ogohlantirishlar: Pedri (23), Arauxo (26), Nacho (69), Alba (84), Kazemiro (89).

CHetlatish: Kazemiro (90).

UCHRASHUV YAKUNLANDI!  

90+2-daqiqa. Moriba Kuruma zarba yo'lladi, ammo biroz noaniq.

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

90+1-daqiqa. Messining zarbasidan keyin Kurtua to'pni osonlik bilan egallab oldi. 

90-daqiqa. Ogohlantirish! Keyingi vaziyatda Mingesaga nisbatan qo'polligi uchun Kazemiro ikkinchi kartochkani ishlab oldi va jamoasini kamchilikda qoldirdi.  

89-daqiqa. Ogohlantirish! Messiga nisbatan qo'pollik uchun Kazemiro ogohlantirildi.  

85-daqiqa. Bahsli vaziyat. Kutilmagan hujumdan keyin Bretveyt jarima maydoni ichida yiqilib tushdi va bunda Mendining yordami bo'lganini hakamga uqtirishga urindi. Etirozlar ko'payib ketgani sabab Mansano Xordi Albaga sariq kartochka ko'rsatdi.   

79-daqiqa. Messi sovuqdanmi biroz titrayotgani sezilib qoldi hozir.  

Hakamning "VAR"dagilar bilan aloqa o'rnatishi uchun xizmat qiluvchi moslama ishlagisi kelmay qoldi. 

77-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin avvaliga Isko, keyin Marselo zarba berib ko'rdi, ammo har ikki ham niyatiga eta olmadi. 

76-daqiqa. Uxx! Sal qolsa, Alvaro Odriosolaning uzatmasi zarbaga aylanib, gol bo'lib ketardi.    

75-daqiqa. Messining uzatmasidan keyin Moriba boshi bilan zarba yo'lladi, lekin Kurtua o'z o'rnida. 

72-daqiqa. O'zgarishlar! Arauxo o'rniga Moriba, "Real"da esa Vinisius, Benzema, Kroos o'rniga Marselo, Mariano, Isko,  

69-daqiqa. Argentinalikning o'zi zarbani amalga oshirdi, ammo to'p jonli devorga tegdi.

68-daqiqa. Messi yiqitildi. Jarima zarbasi.

66-daqiqa. Qarshi hujumda Vinisius Benzema bilan birga qochib ketgandi, lekin braziliyalikning uzatmasi qovushmadi. 

64-daqiqa. O'zgarish! Serxio Buskets o'rniga Serxi Roberto o'yinga qo'shildi.  

63-daqiqa. Antuan Grizmannga nisbatan qo'pollik uchun hakam jarima zarbasi belgiladi.  

61-daqiqa. O'zgarish! Valverde o'ringa Marko Asensio.

60-daqiqa. GOOOOOOOOOOOL! Oskar Mingesa oradagi farqni qisqartirdi!

57-daqiqa. Karim Benzema jarima maydoniga kirmay, zarba berib ko'rdi, lekin to'p bu safar ham darvozadan yuqorilab o'tib ketdi. 

55-daqiqa. Grizmannnnn! Franciyalik futbolchi jarima maydoni ichida raqib himoyachilari tomonidan unutib qoldirildi, lekin to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. 

53-daqiqa. Qarshi hujumni Toni Kroos zarba bilan yakunladi, lekin noaniq. 

Madrid uzra o'ta kuchli yomg'ir tinmay yog'moqda. 

49-daqiqa. Dembele jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi. Himoyachilar bir amallab to'pni yana maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Ikkinchi burchak zarbasidan keyin esa xavf bartaraf etildi.  

48-daqiqa. Serxio Buskets jaxli chiqdi shekilli, bosh hakamga urildi va u maydonga o'tirib qoldi.   

47-daqiqa. Birinchi bo'limda ko'rganimiz, "Barsa" to'p bilan ko'proq muomalada, "Real" esa tezkor qarshi hujumlarga tayanmoqda. 

46-daqiqa. Benzema ikkinchi bo'limni boshlab berdi.  

O'zgarish! Serjino Dest o'rniga Grizmann tushdi.

Futbolchilar maydonga qaytmoqda.

Bo'ldi, bosh hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha yaxshiroq harakat qilgan "Real" haqli ravishda hisobda oldinda bormoqda.  

Takroriy lavhada ko'rindiki, Leo to'pni qo'li bilan to'xtatgan va mabodo, gol bo'lganida ham u inobatga olinmas ekan. 

45+2-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin to'p Messiga kelib tushdi va uning qulay nuqtadan yo'llagan zarbasini Tibo Kurtua qaytarib yubordi.    

45+1-daqiqa. Ancha xavfli vaziyatda Kurtua jamoasini qutqarib qoldi. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. "Barselona" chap qanotdan hujumga o'tayotganida Valverde xavfni bartaraf etdi.  

43-daqiqa. O'zgarish! Vaskes o'rniga Odriosola o'yinga qo'shildi.  

41-daqiqa. Lukas Vaskes oyog'idagi og'riq sabab o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi.   

40-daqiqa. Leo Messi oxiri zarba berishga o'tdi, lekin bu safar to'p yo'liga Militao to'g'anoq bo'ldi.   

37-daqiqa. Vaskes va Buskets to'pga intilib, keyin bir-birlariga to'qnashib ketishdi. 

36-daqiqa. Dembele jarima maydoni ichida to'pni egallamoqchi bo'lib turganida Mendi bilan to'qnashib, yiqildi... Hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

34-daqiqa. XAVFLI VAZIYAT! Hozirgi vaziyatda to'p qanday qilib darvoza to'riga borib tushmaganini nafaqat biz, balki Zidan ham tushunmay xayron. Vinisius kerak pallada pas berishni ham o'rganayotganini ko'rsatib berdi va Valverde hamda Modrichning zarbasidan keyin avvaliga ustun, keyin posbon mehmonlarni qutqardi.

33-daqiqa. "Barselona" raqib himoyasining zaif nuqtasini izlash bilan ovvora. 

O'yinning uchdan biri ortda qoldi va hozircha Zidan jamoasini ushbu bellashuvga yaxshiroq tayyorlay olgani sezilib turibdi.  

27-daqiqa. GOOOOOOOOOOOL! Toni Kroosning jarimadan yo'llagan zarbasi Ter SHtegen darvozasiga borib tushdi. 

26-daqiqa. Ogohlantirish. Ronald Arauxo ogohlantirildi.

26-daqiqa. Vinisius tezligini namoyish etdi va qo'shimchasiga dribling hisobiga raqib himoyachilarini aldab o'tib ketayotganida yiqitildi. Hakam penalti emas, jarima zarbasi dedi. 

Zarbani Benzema amalga oshirdi, lekin to'p darvozadan aaancha yuqorilab o'tib ketdi. 

23-daqiqa. Ogohlantirish. Bir necha metrlar oldinga o'tgach, Kazemiro yana yiqitildi. Pedriga sariq kartochka ko'rsatildi. 

22-daqiqa. Yana Kazemiroga nisbatan qoida buzildi, Buskets aybdor. 

20-daqiqa. Militao bilan to'p uchun kurashgan Dembele qarshi hujumga qochib ketish imkoniyatidan unumli foydalana bilmadi. 

Uzatmadan keyin jarima maydonchasida bir guruh futbolchilar yiqilib tushdi va hakam qoidani hujumdagilar buzgan deb topdi.

19-daqiqa. Kroos himoyadan chiqishda to'pni o'zidan biroz qochirib yubordi va qoidani buzishga majbur bo'ldi. 

18-daqiqa. Mayda paslar bilan jarima maydoni ichiga kirib ketayotgan "Barsa" vakillarini raqib himoyachilari to'xtatishni uddalashdi.  

17-daqiqa. Pedri oddiy vaziyatda uzatmani amalga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi va to'p mezbonlarga o'tdi. 

13-daqiqa. GOOOOOOOOOOOL! Karim Benzema hisobni ochdi! Valverde rivojlantirgan hujum o'ng qanotga ko'chirildi, Vaskes kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'ldi va erlatib to'pni jarima maydoni ichiga yo'lladi, u erda esa Karim tovoni bilan to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. 

10-daqiqa. Hujumga o'tgan Lukas Vaskes o'yindagi birinchi burchak zarbasini ishlab bermoqda jamoasiga. Lekin uzatmadan keyin ish zarbagacha etib bormadi, Arauxo yaxshi harakat qildi. 

8-daqiqa. Aytib o'tganimiz, mehmonlar mayda paslar bilan raqib himoyasini yorib o'tish ilinjida, lekin "Real" futbolchilari ham bunga tayyor hamda sovuqqonlik bilan harakat qilishmoqda. 

6-daqiqa. Ilk daqiqalarda "Barselona" to'p nazoratini o'z tomoniga og'dirib olgandek, mezbonlar esa tezkor qarshi hujumlardan umid qilmoqda. Biroq hozircha hech bir jamoa chinakamiga xavfli vaziyat yarata olmadi.  

Keyingi epizodda Messi Kazemiroga nisbatan qo'pol harakat qildi. 

4-daqiqa. Vinisius to'p uchun kurashda Mingesani qo'yib yuborgisi kelmagani uchun hakam o'yinni to'xtatdi. 

2-daqiqa. Nacho oxirigacha kurashdi va Messiga nisbatan qoidani buzdi deb topildi. 

2-daqiqa. Har ikki jamoa hujum uyushtirishga urinib ko'rdi, lekin birinchi urinishlar omadsiz chiqdi. 

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi. 

Marhumlar xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlandi va endi o'yin boshlanishi uchun barchasi shay.

Har ikki jamoa esdalik uchun suratga ham tushib ulgurishdi. 

Stadion uzra "Real Madrid" madhiyasi yangramoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishmoqda. 

Texnik muammolar sababli uchrashuvning ikkinchi matnli translyaciyasining hozircha imkoni bo'lmayapti... 

Yana bir bor eslatib o'tamiz, nasib qilsa bugungi bellashuv "Championat.asia" saytida parallel ravishda hamkasbim Jasur Aslanov bilan matnli translyaciya qilamiz.   

Zinedin Zidan bugun qaysidir manoda kutilmaganda ilk daqiqalardan Fede Valverdeni "jangga tashladi". Natijada, jamoa bugun 4:4:2 taktik sxemasida harakat qiladi.
 

Bellashuv bo'lib o'tadigan "Alfredo Di Stefano" o'yingohi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurdi. 

"Real Madrid" – "Barselona"

00.00, "Estadio Alfredo Di Stefano" o'yingohi

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Militao, Nacho, Vaskes, Modrich, Kroos, Valverde, Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema.

"Barselona" – ter SHtegen, Dest, Mingesa, Arauxo, Alba, Dembele, Buskets, Pedri, de Yong, Langle, Messi.


Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика