So’nggi yangiliklar

21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  0 21:00Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  37 20:58Суперлига. "Динамо" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  2 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  19 20:10"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:25"Турон" — "Тобол". Таркиблар маълум  0 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:58АПЛ. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум  30 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  7 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  1 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  12

LaLiga. "Kadis" "Barselona"ni taslim etdi Yangiliklar

LaLiga. "Kadis" "Barselona"ni taslim etdi

Ispaniya chempionatining 12-turidan o'rin olgan "Kadis" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi.

Cadiz

Alvaro Gimenez - 8', Alvaro Negredo - 63'

LaLiga . 12-tur

06/12/2020, 01:00

1
:
2
Tugadi

Barcelona

Pedro Alcala - 57'

Stadion: Estadio Ramon de Carranza, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Cesar Soto

45'
90'
8'  Alvaro Gimenez
31'  Marcos Mauro (Pedro Alcala)
62'  Alvaro Gimenez (Alvaro Negredo)
63'  Alvaro Negredo
80'  Jens Joensson (Augusto Fernandez)
80'  Alberto Perea (Bobby Adekanye)
81'  Jairo Izquierdo (Ivan Alejo)
46'  Philippe Coutinho (Ousmane Dembele)
46'  Oscar Mingueza (Pedri)
57'  Pedro Alcala
61'  Clement Lenglet
77'  Sergino Dest (Trincao)
78'  Sergio Busquets (Miralem Pjanic)
86'  Jordi Alba


"Kadis" – "Barselona" 2:1

"Ramon de Karransa"

Gollar: 1:0 – 8 Ximenes, 1:1 – 57, avtogol Alkala, 2:1 – 63 Negredo.

"Kadis" – Ledesma, Karselen, Espino, Fali Ximenes, Markos Mauro (Alkala, 31), Bodijer, Yonsson (Augusto Fernandes, 80), Aleks Fernandes, Iskerdo (Alexo, 81), Perea (Adekane, 80), Ximenes (Negredo, 62).

"Barselona" – ter Stegen, Langle, Alba, Dest (Trinkau, 77), Mingesa (Pedri, 46), Buskets (Pyanich, 78), Koutino (Dembele, 46), de Yong, Grizmann, Messi, Breytueyt.

Ogohlantirishlar: Langle (61), Alba (86).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. "Kadis" jarima maydonchasi chizig'i ustida Messiga nisabatan qo'pollik ishlatildi. To'p qarshisida Leoning o'zi. Zarbadan so'ng to'p jonli devor ortida turgan "Kadis" futbolchisiga tegib qaytdi.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Barselona" bir necha marotaba o'tkir burchakdan "Kadis" darvozasiga zarba berdi, ammo har safar Ledesma to'pni qaytarib yuboryapti.

86. Pyanichning zarbasidan so'ng "Kadis" posboni to'pni qaytardi va mezbonlar tezkor qarshi hujum uyushtirishdi, biroq so'nggi zarba noaniq bo'ldi.

82. Kataloniya klubi ikkinchi golni o'tkazganidan so'ng ruhiy tushkunlikka tushib qoldi va endi raqib jarima maydonchasi oldida tuzukroq hujum tashkil eta olmayapti. Hamma Messiga oshiryapti, Leo esa to'pni oldirib, o'z himoyachilarini shoshiryapti.

77. O'zgarish: Dest o'rniga Trinkau, Buskets o'rniga Pyanich o'yinga qo'shilishdi.

73. DEST! Himoyachi o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatmani qabul qilib, asosiy bo'lmagan chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga urindi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

67. Messi jarima zarbasi ijro etdi va to'p jonli devordagi futbolchiga tegib, maydonni tark etdi. VAR ushbu vaziyatda to'p himoyachining qo'liga tekkan yoki tegmaganini tekshiridi. Hammasi joyida, penalti yo'q.

63. GOOOL! Bugun xatolar kechasimi? Uchrashuvdagi ikkita gol avtogol sifatida qayd etildi, uchinchisi esa "Barselona" darvozaboni va himoyachisining tushunmovchiligi tufayli yuzaga keldi. Ter SHtegen Langle kelishi bo'lgan to'pga yugurdi va posbonning zarbasidan so'ng to'p raqib futbolchisida qoldi. Negredo esa bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

62. "Kadis" ajoyib standartga ega bo'ldi. Langle raqib futbolchisini o'z jarima maydonchasi chizig'i ustida yiqitdi. Pereaning zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib qaytdi.

57. GOOOL! "Barselona" hisobni tenglashtirdi. Messi jarima maydonchasi ichida bir necha raqiblar orasidan to'pni burchakroqda tulgan Albaga uzatdi, Xordi esa erlatib uzoq burchakdagi jamoadoshiga pas berdi. To'p yo'l-yo'lakay "Kadis" himoyachisining oyog'iga tegib, darvozaga burildi va to'rdan joy oldi.

57. "Kadis" tezkor qarshi hujum uyushtirdi, ammo hujum oxirida mezbon jamoa futbolchisi to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va golli vaziyat yo'qqa chiqdi.

54. "Barselona" "Kadis"ni o'z jarima maydonchasiga qamab qo'ygan va bir necha daqiqadan beri bu qamal davom etmoqda.

50. Ikki o'zgarishdan so'ng Kataloniya klubi hujumida o'zgarish sezildi. Ayni daqiqada Messi hujumni zarba bilan yakunladi, ammo posbon to'pni egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zgarishlar: Mingesa va Koutino o'rniga Pedri hamda Dembele maydonga tushdi.

TANAFFUS

45+2. Xordi Alba Koutinoning o'zgacha uzatmasidan so'ng to'pni darvozaga yo'llashga urindi, ammo zarba himoyachi istagandek chiqmadi va to'p maydonni tark etdi.

43. Messi burchak zarbasini golga aylantirib yuboray dedi. Ledesmaning harakatlari tufayli to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

41. "Kadis" darvozasidan 30 metr uzoqlikda Grizmann yiqitildi. Kataloniya klubida standart vaziyat. Leoning uzatmasi aniq bo'lmadi va "Kadis" posboni to'pni darvozasidan uzoqlashtirdi.

35. Messi boshlab bergan hujumni Dest davom ettirdi, Breytueyt esa yakunlashga urindi, ammo himoyachilar yaxshi harakat qilib, to'pni maydondan chiqarib yuborishdi.

31. Mauro o'rniga Alkalya maydonga tushdi.

30. "Kadis" safida Mauro uchrashuvni davom ettira olmasligini malum qildi.

26. Messining zarbasini Ledesma qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

25. "Kadis"ning uch futbolchisi o'z jarima maydonchasi oldida Messiga nisbatan qo'pol o'ynashdi. Leo gol urish uchun ajoyib standartga ega bo'ldi.

19. Leo maydondaligi tufayli "Barselona"ning barcha futbolchisi Messi orqali o'ynashga harakat qilmoqda. Argentinalik forvard ishtirok etmagan o'yinlarda Kataloniya klubi qiyinchiliksiz gol urayotgandi.

17. Breytueyt Messining uzatmasidan so'ng o'tkir burchakda raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqdi, ammo Ledesma Martinning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

14. Dest o'ng qanotdan to'pni erlatib raqib jarima maydonchasiga uzatdi, zarba berishga uringan Grizmann to'pga eta olmadi, o'tkir burchakda to'pni kutib olgan Koutino esa noaniq zarba muallifiga aylandi.

8. GOOOL! "Kadis" hisobni ochdi! "Barselona"ning kelajagi deyilayotgan himoyachi Mingesa burchakdan uzatilgan to'pni o'z darvozasiga burib qo'ydi. Hakam VARdagilarga ham quloq soldi va hech qanday qoidabuzarlik bo'lmaganini tasdiqladi.

5. Uchrashuvning dastlabki 5 daqiqasi Kataloniya klubining kichik ustunligi ostida o'tdi. Biroq mehmonlar xavfli va golga tortadigan hujum uyushtira olishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Kadis – Barselona

6 dekabr, 01.00, «Ramon de Karransa»

Kadis – Ledesma, Karselen, Espino, Fali Ximenes, Markos Mauro, Bodijer, Yonsson, Aleks Fernandes, Iskerdo, Perea, Ximenes.

Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Dest, Mingesa, Buskets, Koutino, de Yong, Grizmann, Messi, Breytueyt.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика