So’nggi yangiliklar

10:13"Манчестер Юнайтед" мавсумни катта зарар билан якунлаган. Жамоанинг қарзи ярим миллардга етиб қолди  0 09:35Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод маълум  2 09:01"Goal" ЖЧ-2026нинг топ-16 фаворитлари рейтингини тузди  10 08:32Маурисио Почеттинонинг АҚШ термасидаги маоши маълум қилинди  0 07:57ЦСКАнинг етакчиларидан бири жамоани тарк этишга яқин  0 07:30Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 00:55Энцо Фернандес иккита қоидабузарлик сабаб автомобил бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинди  5 00:46“Ал Файҳа” расман Отабек Шукуровни таништирди  7 00:24"Реал" ўз дарвозабони билан шартномани узайтиради  0 23:55Ўзбекистон U-15 терма жамоаси янги бош мураббий қўл остида йиғинга киришди  0 23:29Роналду: "МЮ Лига кубогини ютиши мумкин, аммо ЕЧЛ, Европа Лигаси ёки АПЛ – қийин масала"  18 23:03Илҳом Ҳамроев: "Нидерландия жамоасини ўрганиб чиқдик. Мақсадимиз энг яхши натижамизни такрорлаш ва имкон қадар ўша натижани яхшилаш"  0 22:40“Хоразм” мураббийи Александр Ежов: “Таркибдаги йўқотишлар ва ишонч етишмаётгани мағлубиятга сабаб бўлди”  0 22:30Алексей Естафеев: “Қийин ғалабага эришдик”  0 22:05Неъматилло Қуттибоев: “Четлатиш ўйин натижасига таъсир кўрсатди”  2

La Liga. Finaldagi alam olinadimi?! “Barselona” “Atletik Bilbao”ni qabul qiladi va 21-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. Finaldagi alam olinadimi?! “Barselona” “Atletik Bilbao”ni qabul qiladi va 21-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

La Liga o'z yo'nalishida davom etadi. Bugundan etiboran 21-tur o'yinlariga start beriladi.

O'tgan turni eslab o'tamiz hamda boshlanajak tur o'yinlarining anonsiga to'xtalamiz. 

20-tur uchrashuvlaridan 4 tasida durang natija qayd etildi. 6 uchrashuvda g'olib nomi aniqlangan bo'lsa, bularning 2 tasida mehmon jamoa g'alaba qozongan. “Barselona” va “Real Madrid” o'z raqiblarini ishonchli tarzda mag'lub eta bilishdi. “Sevilya” “Kadis”ni o'z maydonida 3:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, “Atletiko Madrid” “Valensiya”ni qabul qilib 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. “Osasuna” – “Granada” bahsida ham shunday hisob qayd etildi. “Xetafe” jamoasi esa “Atletik Bilbao” mehmoni bo'lib 5 gol o'tkazib yubordi va bittagina javob berishga erishdi. Ispaniya chempionatining turnir jadvali, to'purarlar ro'yxati va boshqa malumotlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tanishib chiqishingiz mumkin. https://championat.asia/ru/countries/s?id=8


21-turning qiziqarli kechishi kutilayotgan bahslari anonsi bilan quyida tanishing.


Turning dastlabki uchrashuvi – “Valyadolid” – “Ueska”

16 va 20 o'rinlardagi jamoalarning bahsi 21-turni boshlab beradi. Ikki klubning ham omadi chopmayapti. “Ueska” o'tgan 20 o'yindan bor-yo'g'i 1 uchrashuvda 3 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Valyadolid” 4 g'alaba, 8 durangga ega. “Ueska” o'z maydonida “Vilyarreal” bilan 0:0 hisobidagi durangni qayd etgandi o'tgan turda. SHuningdek, “Valyadolid” ham o'tgan turda durang o'ynagan “Levante” bilan – 2:2. Ushbu uchrashuv 29 yanvardan 29 yanvarga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.

O'zaro o'yinlar: Jami bo'lib o'tgan 15 o'yinning 6 tasida “Valyadolid”, 6 tasida esa “Ueska” g'alaba qozongan. 3 uchrashuv esa durang bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Serxi Gvardiola, Xavi Sanches, Fede San Emeterio, Valdo Rubio, Kiko Olivas, Raul Garsiya, Markos de Souza, Migel Anxel, Saydi Janko, Joau Filipe (“Valyadolid”). Pedro Moskera, Pablo Insua, Antonio Valera, Xuan Karlos, Andres Fernandes, Sandro Ramires (“Ueska”).


2-o'rindagi “Real Madrid” 12-o'rindagi “Levante”ni qabul qiladi

Ushbu uchrashuvga ikki jamoa ham normal kayfiyatda etib kelishmoqda. Madridliklar o'tgan turda g'alabaga erishgan, “Levante” esa 1 ochkolik bo'lgan. “Real” 40 ochko to'plagan holda 2-o'rinda bormoqda. Jamoa “Barselona”dan 3 ochko oldinda, peshqadam “Atletiko Madrid”dan esa 7 ochko ortda. Ularning g'alabasi oldinga tashlangan qadam bo'lib qolaveradi. “Levante”da esa 23 ochko mavjud. Ularning taqibchisi “Xetafe”da ham shuncha ochko mavjud. 30 yanvar soat 20:15 da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan o'yinda qanday natija qayd etilishini birgalikda kuzatamiz.

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasida 29 o'yin o'tkazilgan. SHulardan 22 tasi “Real”ning, 4 tasi esa “Levante”ning foydasiga yakunlangan. 3 uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Federiko Valverde, Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rodrigo (“Real Madrid”). Nikola Vukchevich, Xose Kampanya, Serxio Postigo, Oskar Duarte, SHeyk Dukure (“Levante”).


1 o'rin va 3 ochkolik farq: “Vilyarreal” – “Real Sosedad” bahsi

Afisha jihatdan bo'lmasa-da, o'yinning intrigasi etibori bilan turning markaziy uchrashuvi desa bo'ladi. “Vilyarreal” 20 o'yindan so'ng 34 ochko bilan 5-pog'onada, “Real Sosedad” ham 20 uchrashuv o'tkazgan bo'lib 31 ochkoga ega va 6-pog'onada. Har ikki jamoa uchun g'alaba suv va havo kabi zarur uchrashuvga boshqa tarif bermaymiz. SHanbadan yakshabaga o'tar kechasi soat 01:00 da bo'ladigan o'yin barchasiga oydinlik kiritib beradi. 

O'zaro o'yinlar: Umumiy 44 bahsning 18 tasida “Vilyarreal”, 11 tasida “Real Sosedad” g'alaba qozongan. 15 o'yinda esa durang qayd etilgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Jerar Moreno, Samu CHukveza, Alberto Moreno, Mario Gaspar, Visente Iborra (“Vilyarreal”). Arits Aranbarri, Luka Sangali, Migel Anxel Moyya, David Silva (“Real Sosedad”).


Peshqadam “Atletiko” “Kadis” mehmoni bo'ladi

“Kadis” o'tgan turda 4-o'rindagi “Sevilya”dan 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi, endi esa o'z maydonida Madridning “Atletiko”sini qabul qiladi. Madridliklar chempionatda 18 o'yin o'tkazgan. 47 ochko bilan taqibchilaridan ancha o'zib ketgan klub, raqiblariga deyarli imkoniyat qoldirmayapti. “Kadis”ning mavsum avvalida harakatlari ancha chaqqon edi. Evrokuboklarga yo'llanma beruvchi o'rinlarga intilgan jamoa hozirgi kunda 11-o'rinda joylashgan. O'z uyida bo'ladigan mazkur o'yinda qanday natija qayd etilishini yanvar oyining so'nggi kunida – soat 20:15 da boshlanadigan ucrashuvdan so'ng bilib olamiz. 

O'zaro o'yinlar: La Liga doirasidagi 25 o'yinning 5 tasida “Kadis”, 15 tasida “Atletiko Madrid” g'alaba qozongan. Yana 5 uchrashuv esa durang bilan yakunlangan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Luis Espino, Xose Mari, Augusto Fernandes, Karlos Akalo (“Kadis”).


Finaldagi alam olinadimi?! “Barselona” “Atletik Bilbao”ni qabul qiladi

Yaqindagina bo'lib o'tgan Ispaniya Superkubogi bahslarini eslasangiz kerak. “Real Madrid”ni yarim finalda enggan “Atletik Bilbao” finalda “Barselona”ni mag'lub etdi. Ana endi navbat Ispaniya chempionatiga. Xo'sh, finaldagi alam olinadimi? 3 va 9-o'rindagi jamoalarning o'zaro uchrashuvini 31 yanvardan 1 fevralga o'tar kechasi soat 01:00 da kuzatamiz.

O'zaro o'yinlar: Umumiy bo'lib o'tgan 206 o'yinning 103 tasida “Barselona”, 69 tasida “Atletik Bilbao” g'alaba qozongan. 34 uchrashuv esa durang bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ansu Fati, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Filippe Koutino (“Barselona”). Yuri Berchiche, Peru Nolaskoayn, Inigo Martines (“Atletik Bilbao”).


Mazkur turda, shuningdek, quyidagi uchrashuvlar ham o'tkaziladi:

30.01  18:00  (Toshkent vaqti)  “Eybar” – “Sevilya”

30.01  22:30  (Toshkent vaqti)  “Valensiya” – “Elche”

31.01  18:00  (Toshkent vaqti)  “Xetafe” – “Alaves”

31.01  22:30  (Toshkent vaqti)  “Granada” – “Selta”

01.02  01:00  (Toshkent vaqti)  “Betis” – “Osasuna”


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика