So’nggi yangiliklar

00:32"Реал" ва "Манчестер Сити" Италия терма жамоаси ўйинчиси учун курашмоқда  0 00:00Ла Лига. "Барселона" ва "Севилья" Каталонияда ўзаро тўқнаш келишмоқда (онлайн ҳисоб)  7 23:45А Серия. "Рома" ўз уйида "Интер"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  6 23:20Френки де Йонг мушакдаги дискомфорт сабаб "Севилья" билан ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  0 22:59РПЛ. "Рубин" Нижний Новгородда "Динамо" томонидан тор-мор этилди  1 22:45Камолиддин Тожиев "Ал-Шорта"га қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди?  7 22:36АПЛ. Салаҳ ва Жонснинг голлари "Ливерпуль"га "Челси" устидан ғалабани тақдим этди  20 22:08Виталий Левченко: "Замонавий футболда натижа биринчи ўринга қўйилади. Чиройли футболдан маъно йўқ"  13 21:49Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда мағлубиятга учради, Юсупов сариқ карточка олди  1 21:33Сергей Лушчан: "Стандарт вазиятлар биз учун пенальтидек бўлиб қолди. Ҳисобда олдинга чиқиб олиш, биз учун "трагедия"га айланмоқда"  2 21:18Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леганес"га қарши баҳсда иродали ғалабага эришди  2 21:10Денис Коростиченко: "Бу ғалабага қадар кўп меҳнат қилгандик. Ўйин услубимизни ўзгартиришга мажбур бўлдик"  1 20:52"Реал" "Олтип тўп"нинг Винисиусга берилишига ишончи комил. Клуб бошқа вариантларни кўрмаяпти  9 20:31Жамшид Саидов: "Ўйин ҳақида гапиришни истамайман"  0 19:57АПЛ. "Манчестер Сити" 90+5 дақиқадаги гол эвазига меҳмонда "Вулверхэмптон"ни мағлуб этди  2

La Liga. "Dahshatli Madrid derbisi" va 13-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi Yangiliklar

La Liga. "Dahshatli Madrid derbisi" va 13-turning boshqa uchrashuvlari prevyusi

O'tgan turlar anonsida ko'p yozdik, etakchilar ochko yo'qotmoqda, ular o'zlarini qachon o'nglab olisharkin deb.

Ochig'i, 13-tur oldida turibmizki, bu kabi gap-so'zlarga, ajobtovur natijalarga o'rganib ham qoldik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Real Madrid”, “Barselona” kabi jamoalarning hozirgi holatini ko'rgan muxlis “Atletiko”ni chempionlik bilan ham tabriklashga ulgurdi. Boshlanajak o'yinlar oldidan o'tgan turni ham eslab o'tishni joiz deb topdik. Xo'sh, avvalgi turda nimalar bo'lgandi?

12-turning 3 o'yinida 0:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa, “Granada” – “Ueska” uchrashuvida jangovar durang qayd etildi – 3:3. “Kadis” ECHLga qarab iltilyaptimi? Ushbu mavsum Madridning Realini mag'lub etgan jamoa bu safar o'z maydonida “Barselona”ni mag'lub etdi. “Atletiko Madrid” turnir jadvalida peshqadam. “Valyadolid” ustidan qozonilgan g'alaba hamda “Real Sosedad”ning mehmonda bir kishi kam bo'lib qolgan “Alaves”ni yuta olmagani ushbu holatga zamin yaratdi. “Real Madrid” esa “Sevilya”ni minimal hisobda mag'lubiyatga uchrata oldi. 

Bu turda qanday qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tadi? Keling, bugun sizga ayni mana shunday uchrashuvlar anonsini taqdim etamiz. 


Turning ilk o'yini – “Valyadolid” – “Osasuna”

Toshkent vaqti bilan 11 dekabrdan 12 dekabrga o'tar kechasi 01:00 da bo'lib o'tadigan mazkur qarama-qarshilik 13-turga start beradi. Ikki xavfli zonada joylashgan jamoalar, o'tgan turda bir xil: 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan. O'rtadagi farq bir ochko bo'lib turibdi va bundan keyingi o'yinlardagi har bir ochko yo'qotish ikkisi uchun ham faqat va faqat zararga ishlashi tabiiy. Agar jamoalar kelasi mavsumni Ispaniya Segundasida boshlashni xohlashmayotgan bo'lsa (albatta hech kim xohlamaydi) otni hozirdanoq qamchilaganlari maqul.

O'zaro o'yinlar: Ikki jamoa o'zaro 81 marta uchrashuvlarda ishtirok etishgan bo'lsa, shulardan 34 tasida “Osasuna”ning, 20 tasida “Valyadolid”ning qo'li baland kelgan. 27 o'yin esa durang natija bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Serxi Gvardiola, Kiko Olivas (“Valyadolid”). Xuan Manuel Peres, CHimi Avila, Lukas Torro, Adrian Lopes, Xonatan Rodriges (“Osasuna”).


Ochkolari teng jamoalar qarama-qarshiligi – “Valensiya” – “Atletik Bilbao”

Avvalgi yillarda mazkur jamoalar turnir jadvalini yuqorisida, “Real”, “Barselona”, “Atletiko” kabi jamoalarga qarshilik qilib yurishardi, biroq bugungi kunda vaziyat boshqacha. Jadvalning pastki qismidan joy olgan jamoalarda bir xil: 13 ochkodan mavjud. Qizig'i, to'plar nisbatida ham hech biri ustunmas, “Valensiya”da 17-17, “Atletik Bilbao”da 12-12. Mag'lubiyat ularni hatto xavfli zonaga tushurib qo'ya oladi. Maydonda haqiqiy jang kechadigan o'yinda kim g'olib bo'lishini kuzatamiz. Mazkur bahs shanba kuni soat 18:00 da o'tkaziladi.

O'zaro o'yinlar: 180 o'yin o'tkazilgan “Valensiya” – “Atletik B” o'rtasida. 71 g'alaba “Valensiya”da, 66 tasi esa “Atletik Bilbao” hisobida. 43 o'yinda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Xose Luis Gayya, Denis CHerishev, Li Kan In, Yasper Sillessen (“Valensiya”). Peru Nolaskoayn (“Atletik Bilbao”).


Super to'qnashuv, haqiqiy derbi, titanlar jangi, qisqasi turning markaziy uchrashuvi – “Real Madrid” – “Atletiko Madrid”

SHanbadan yakshanbaga o'tar oqshomingizni bezash uchun ushbu variantni tanlang, hech ham achinmaysiz. Turning markaziy o'yini deya baholanayotgan bahs Madrid derbisi. CHempionatda ha deganda ishi yurishmayotgan, ECHLda pleyy-offga arang chiqib olgan “Real”, turnir jadvalida peshqadam “Atletiko Madrid” bilan bahs olib boradi. Ikkisi ham “Barselona”ni mag'lub eta olishgan. Ushbu o'yindagi “Atletiko”ning mag'lubiyati ularni peshqadamlikdan pastga tushirib qo'yishi mumkik, lekin “Real Madrid” mag'lub bo'lsa egallab turgan o'rnini bo'shatishi va bu ularning ahvolini og'irlashtirib yuborishi mumkin. Mavsumda eng kam o'tkazgan jamoa oxirgi o'yinlarda goleadorlik qilayotgan Benzemasi bor “Real”ga qarshi qanday o'yin o'tkazishini 13 dekabrga o'tar kechasi, 01:00 da tomosha qilamiz.

O'zaro o'yinlar: 205 ta o'yinning 104 tasida “Real Madrid”, 53 tasida esa “Atletiko Madrid” g'alabaga erishgan. 48 o'yin esa durang bilan yakuniga etgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Federiko Valverde, Eden Azar, Mariano Dias (“Real Madrid”). Xose Ximenes, Diego Kosta, Manuel Sanches (“Atletiko Madrid”).


Omadsizliklar girdobidagi “Barselona” 17-o'rindagi “Levante”ni enga oladimi?

“Barselona” muxlislari dam olish kunining oqshomini bedor o'tkazishlariga sabab bor, o'z suyuklilar “Levante”ni qabul qilishadi. Ha, balki raqibni pastki pog'onada ekanligi, 11 o'yinda 11 ochko to'plaganliklari bilan pisand qilmaslar, lekin “Levante” o'tgan tur o'z maydonida “Xetafe”ni 3:0 hisobida tor-mor etishga erishdi. “Barselona” esa “Kadis”ga mag'lub bo'lgani esa 3 ochko cho'ntagimizda deyishga hali ertaligini anglatadi. 13 dekabr 01:00 da bo'lib o'tadigan o'yin barchasiga oydinlik kiritib beradi. 

O'zaro o'yinlar: Ikki jamoa bor yo'g' 34 o'yinda ishtirok etgan bo'lsa, katta ustunlik kataloniyaliklarda. 25 ta o'yinda g'alaba qozonishgan bo'lishsa, 5 o'yinda “Levante” ustun kelgan. 4 bahs durang bilan yakuniga etgan.

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ansu Fati, Serxi Roberto, Jerar Pike (“Barselona”). Xose Kampanya, Oskar Duarte, SHeyk Dukure, Enis Bardi (“Levante”).


Turning so'nggi o'yini – “Selta” – “Kadis”

“Kadis” ECHLga chiqishga harakat qilyaptimi degan savol ritorik emas, to'g'ri savol. Oxirgi vaqtda ko'rsatayotgan natijasi shunga olib bormoqda. “Real”ni ham “Barselona”ni ham mag'lub eta olgan jamoa endi “Selta” mehmoni bo'ladi. Bu jamoa ham tobora o'zini o'nglab bormoqda. Ayni vaqtda 16-pog'onada borayotgan bo'lsa ham o'tgan turda “Atletik B”ni mehmonda mag'lub etib, o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarib oldi. Ikki jamoaga ham ushbu uchrashuvda qiyin bo'ladi. Maydonda esa bizni jang kutmoqda. 14 dekabrdan 15 dekabrga o'tar kechasi, soat 01:00 da kuzatamiz.

O'zaro o'yinlar: O'tkazilgan atigi 12 o'yinning 6 tasida “Selta”, 3 tasida “Kadis” ustun kelgan. 3 o'yin esa durang bilan yakuniga etgan. 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: David Xunka, Serxio Alvares, Kevin Vaskes, Emre Mor (“Selta”). Xose Mari, Kala, Luismi Kesada, Salva Sanches (“Kadis”).


Mazkur turda shuningdek quyidagi uchrashuvlar ham o'tkaziladi:


12.12  20:15  (Toshkent vaqti)  “Xetafe” – “Sevilya”

12.12  22:30  (Toshkent vaqti)  “Ueska” – “Alaves”

13.12  18:00  (Toshkent vaqti)  “Real Sosedad” – “Eybar”

13.12  20:15  (Toshkent vaqti)  “Betis” – “Vilyarreal”

13.12  22:30  (Toshkent vaqti)  “Elche” – “Granada”


Bir-biridan qiziqarli kechishi kutilayotgan 13-tur uchrashuvlarida marhabo, aziz muxlis!


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика