La Liga chempioni "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi
17 iyu 2021 13:00
Yangiliklar
La Liga chempioni "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi
Angliyalik futbolchi MYUga ko'chib o'tmoqchi va ushbu transfer oynasi yopilgunga qadar ushbu kelishuv amalga oshadi, deb ishonmoqda. Bu haqida o'z manbaalariga tayanib, "Manchester Evening News" nashri xabar bergan.
Evropa chempionatidan avval Tripper "Yunayted" bilan transfer borasida kelishib olgan. Kiranning "Atletiko" bilan shartnoma muddati 2023 yilgacha mo'ljallangan va Madrid klubi esa pul ishlab olish maqsadida uni qo'yib yuborishi mumkin.
"Manchester Yunayted" o'z navbatida Tripper xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. Takidlanishicha, Kiran zaxira o'rindig'ida o'tirishga rozi emas va Aaron Uan-Bissaka bilan asosiy tarkib uchun bo'ladigan kurashda ustun kelish niyatida.
"Man Yunayted" murabbiylar shtabi Uan-Bissakaning o'tgan mavsum hujumlarga qo'shilishdagi harakatlaridan ko'ngli to'lmagan. Tripper – bu borada faolroq harakat qiladi.
O'tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi La Liga doirasida 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 6 bor golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar