So’nggi yangiliklar

09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  0 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  14 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  2 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  167 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  16

La liga bo'lim boshlig'i Raul Oxeda: “O'zbekistonda futbol rivojiga o'z hissamizni qo'shishga tayyormiz” Yangiliklar

La liga bo'lim boshlig'i Raul Oxeda: “O'zbekistonda futbol rivojiga o'z hissamizni qo'shishga tayyormiz”

O'zbekiston futbol associaciyasi va Ispaniya milliy chempionati La liga o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolangani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ana shu kelishuvga asosan La liganing “Osiyo davlatlari bilan aloqalar” bo'limi boshlig'i Xais Raxmani va “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo'limi boshlig'i Raul Oxedalar yurtimizga tashrif buyurishdi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashishdi.

Tashrif davomida ispaniyalik mutaxassislar O'FA, PFL hamda Superliga klublari xodimlari uchun seminarlar tashkil etishdi. SHuningdek, “Bunyodkor” stadionida bo'lib, bu erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Klub infratuzilmasini ko'zdan kechirib, faxriy mehmonlar uchun mo'ljallangan kitobga o'z fikrlarini yozib qoldirishdi.

Bugun La liganing “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo'limi boshlig'i Raul Oxeda UZREPORT TV telekanali uchun intervyu berib, O'zbekistonga tashrifdan mo'ljallangan maqsadi va rejalari haqida gapirib o'tdi.

“SHu yilning yanvar oyida Umid Ahmadjonovning Madridga tashrifi davomida Ispaniya futbol federaciyasi va O'zbekiston futbol associaciyasi o'rtasidagi hamkorlikning dastlabki qadamlari qo'yilgan edi. O'shanda erishilgan kelishuvga ko'ra bugungi kunda biz yurtingizda bo'lib turibmiz.

Bu erda O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdik. Yurtingizda futbol sohasida juda katta o'zgarishlar bo'layotganiga guvoh bo'ldik. Bizning maqsadimiz O'zbekistonda futbol rivojiga o'z hissamizni qo'shish. La liga boy tajribaga ega tashkilot. Musobaqalar o'tkazish, muxlislarni stadionlarga jalb qilish, teletranslyaciyalar uyushtirish, homiylar bilan kelishuvga erishish, marketing kabi masalalarda o'zimizning tajribamizni O'zbekistondagi mutaxassislar o'rtoqlashish maqsadidamiz.

Kecha O'zbekiston futbol associaciyasida Professional futbol ligasi va Superliga klublari xodimlari uchun seminar tashkil etdik. Seminar ancha qiziqarli va fikr-mulohazalarga boy tarzda o'tdi. O'ylaymanki, qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga etarlicha javob olishdi.

Biz hamkorlikni uzoq muddatga mo'ljallagan holda amalga oshirmoqchimiz. O'zbekiston mamlakatda futbolni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishda Ispaniyadan andoza olmoqchi ekan, bu yo'lda biz qo'limizdan kelgan barcha yordamni berishga tayyormiz.

Biz O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan suhbat davomida ularni yana Ispaniyaga taklif etdik. SHu yilning sentyabr oyida Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, o'zaro hamkorlikning keyingi bosqichini boshlamoqchimiz. Hamkorligimiz uzoq vaqt davom etadigan degan umiddaman”, - deydi Raul Oxeda.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика