La Liga. Mehmonda durang o'ynagan “Atletiko” peshqadamlikka qaytdi (+jadval)
12 apr 2021 02:00
Yangiliklar
La Liga. Mehmonda durang o'ynagan “Atletiko” peshqadamlikka qaytdi (+jadval)
Ispaniya chempionati 30-turidan o'rin olgan “Betis” – “Atletiko” bahsida durang (1:1) qayd etildi.
O'yinda hisobni 5-daqiqadayoq Yannik Karrasko ochgan bo'lsa, 1-taym o'rtalarida Kristian Telo raqib darvozasini ishg'ol etib, hisobni tenglashtirdi.
“Matraschilar” bugun ochko yo'qotganiga qaramay, turnir jadvalida etakchilikigini qaytarib oldi. Peshqadam hisobida 67 ochko bor. “Betis” esa 47 ochko bilan 6-pog'onani band etgan.
"Betis" – "Atletiko" 1:1 (1:1, 0:0)
"Benito Vilyamarin"
Gollar: 0:1 – 5 Karrasko, 1:1 – 20 Telo.
"Betis" – Bravo, Mandi, Emerson, Moreno, Bartra, Fekir, Kanales, Ruibal (Laynes, 75), Xoakin (Xuanmi, 63), Telo, Rodriges (Vilyam Karvalyu, 90).
"Atletiko" – Oblak, Savich, Ximenes, Ermoso (Lodi, 63), Tripper (Vrsalko, 78), Koke, Errera (Vitolo, 64), Korrea, Saul, Joau Feliks (Torreyra, 48), Karrasko.
Fikrlar