So’nggi yangiliklar

18:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси "Пахтакор"га ўтмоқда  1 18:16"Пахтакор"нинг Фарғонадаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  1 17:58Анхель Ди Мария иккита жамоадан бирини танлайди  3 17:39Месси қайтди  0 17:12"Футбол олами". "Нефтчи" ва "Навбаҳор" даврани мағлуб билан якунлашди — Суперлиганинг қолдирилган ўйинлари ҳақида барчаси  0 16:41Хомяков, Бўриев, Ҳамиджонов... Ўзбекистон кубоги 1/8 финални ўтказиб юборадиганлар рўйхати  0 16:05Қўмита қарорларига ҳурматсизлик қилаётган Суперлига клубларига нисбатан санкция қўлланилади  9 15:48Расман: Амирбек Саидов Сербия клуби аъзоси  8 15:29Суперлига: ОКМК футболчиси қизил олиши, "Навбаҳор"нинг голи ҳисобланмаслиги ва "Насаф" пенальти тепмаслиги керак эди. Баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  18 14:50"Бавария" ўз футболчиси учун 50 млн ва бонуслар хоҳламоқда, МЮ эса ҳали расмий таклиф билан чиқмади  4 14:08Испания терма жамоасининг яна бир футболчиси Саудияга йўл олишга яқин  2 13:39Ўзбекистон терма жамоасининг Гватемалага қарши ўйинлар учун таркиби маълум  0 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг яна бир футболчиси легионерга айланиши мумкин  21 12:49«Нефтчи» собиқ футболчиси «Хоразм» билан шартнома имзолади  1 12:21"Бизга қайноқ юрак ва совуқ бош керак"  8

La Liga. "Barselona" mavsumni golsiz durang bilan boshladi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" mavsumni golsiz durang bilan boshladi

Ispaniya chempionati 1-turidan o'rin olgan bahs tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Barselona – Rayo Valekano 0:0

«Kamp Nou»

Barselona – ter SHtegen, Arauxo, Kristensen (Roberto, 61), Erik Garsiya, Alba, Buskets, Pedri (Kesse, 73), Gavi (de Yong, 61), Levandovski, Dembele, Rafinya (Fati, 61).

Rayo Valekano – Dmitrievski, Baliu, Lejen, Katena, Fran Garsiya, Trexo (Xose Poso, 84), Garsiya, Unai Lopes, Palason (Salvi, 79), Siss, Kamelo (Falkao, 62).

Ogohlantirishlar: Dembele (14), Trexo (45), Katena (45+5), Lejen (55), Falkao (69), Buskets (74), Siss (86), Dmitrievski (89)

CHetlatish: Buskets (90+3)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi bahslarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+8. Finish! 

90+5. Salvining zarbasidan keyin ter SHtegen qoyilmaqom seyv namoyish qildi! 

90+3. Buskets Falkaoga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.  

90+3. Jamoalar darvoza tomon bergan zarbalar soni bo'yicha "Barsa" katta ustunlik bilan oldinda – 21:2! 

90+2. Kesse hujum chog'ida Sissgi nisbatan qoidani buzdi. 

90. Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Dmitrievski vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

88. Avval Fatining zarbasini davrozabon qaytardi, so'ngra Kesse darvozani ishg'ol etdi, ammo unda ofsayd bor edi. 

87. Ansu Fatining jarima zarbasidan berigan zarbasi aniq chiqmadi. 

86. Levandovski Siss tomonidan qoida buzilgan holda to'xtatib qolindi, sariq. 

84. Zarbaaaa!  Dastlab Obameyangning zarbasini himoyachilar qaytargan bo'lsa, Levandovskining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

84. "Rayo Valekano"da o'zgarish: Trexo o'rniga Xose Poso o'yinga qo'shildi.

82. "Barselona"da o'zgarish: Alba o'rniga Obameyang maydonga tushdi.

82. Uuuux! Robeeeert Levandoooovskiiiining chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi... 

81. Zarbaaa! de Yongning pasidan keyin Dembele zarba yo'lladi, to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

79. "Rayo Valekano"da o'zgarish: Palason o'rniga Salvi o'yinni tugatib qo'yadi. 

75. Uuux! Kesse qahramonga aylanishi mumkin edi, Dembele qanotdan oshirgan to'pni Kesse darvoza ortidagi tribuna tomon yo'naltirdi... 

74. Buskets Trexoni yiritdi va sariq kartochka oldi. 

73. "Barselona"da almashtirish: Pedri maydonni tark etdi, o'rniga Frank Kesse tushirildi.

71. Futbolchilar suv ichib olishlari uchun imkoniyat yaratilmoqda. Kichik tanaffus! 

69. Radamel Falkao Busketsga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

69. Zarbaaaa! Levandovskining zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi, keyin Buskets zarba berdi, uning xavfli yo'nalish olgan to'pini Dmitrievski qaytardi!  

65. Zarbaaaa! Dembelening pasidan keyin Fati darvozani nishonga oldi, darvozabondan seyv!  

62. "Rayo Valekano"da almashtirish: Kamelo o'rniga Falkao o'yinni davom ettiradi. 

61. "Barselona"da 3 ta o'zgarish: Kristensen o'rniga Roberto, Rafinya o'rniga Fati, Gavi o'rniga Frenki de Yong tushdi.

60. Rafinya o'zi bilmagan holda Baliuning oyog'iga tepdi, hakam jarima belgiladi. 

57. Rafinya burchak zarbasini ijro qildi, ammo to'p raqib boshini ko'rdi :)

55. Lejen qoidani buzgani bois ogohlantirildi. 

54. Vau-vau-vau! Rafiiiiiinyaning zarbasi rikoshet orqali Levandovskiga kelib tushdi, ammo Dmitrievski o'z vaqtida reakciya ko'rsatib, to'pni egallab oldi.

52. Uuuuux! Qanday vaziyat! Serxio Kamelo himoyachilarni aldashni uddaladi. Penalti nuqtasidan zarba berdi, biroq mo'ljalda ozgina adashdi.

51. "Barselona" vaziyat hosil qilishga kirishgandi, ammo Jordi Alba o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

46. Robert Levandovski uzatmadan keyin to'pni qabul qilib olib, uni Rafinyaga uzatdi. Biroq himoyachi to'pni maydon tashqarisiga kuzatib qo'ydi, burchak zarbasi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45+5. Katena kechiktirilgan fol uchun jazolandi. 

45+2. Uuuux! Alvaro Garsiya Arauxoni ustamonlik bilan aldab, zarba yo'lladi, ammo ter SHtegeni o'z joyida ekanligini ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.

Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.

45. Oskar Trexo Pedriga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi.

44. Uuux! Sal qolsa Levandovski bitta pas bilan Dembeleni birga-bir holatga chiqarib yuborishi mumkin edi...

41. Stole Dmitrievski Robert Levandovski tomon uzatilgan to'pni darvozadan chiqib kelib, egallashga erishdi.

38. Robert Levandovski bosh bilan zarba berishga harakat qildi, biroq sal aniqlik etishmadi. 

37. Uyqudan kechib, tomosha qilishga arziydigan o'yin bo'lyapti. Nima dedingiz? 

36. Zarbaaaa!  Dembelening pasidan so'ng Pedri darvozaning pastki o'ng burchagini poyladi, sal noaniq. 

34. Dembele bir himoyachini chalg'itib, chap oyoqda zarba berdi, ancha kuchsiz... 

32. Isi Palazonning uzatmasi yaxshi chiqmadi. To'p maydon tashqarisiga chiqib ketib qoldi.

31. Serxio Buskets to'pni uzoqlashtiraman deb, raqibga nisbatan qo'pollik ishlatib qo'ydi. "Rayo"da jarima zarbasi.

30. Oskar Trexodan uzatma, biroq o'xshamadi, bu gal yanada nozikroq harakat qilishi kerak.

27. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 73% – 27%

25. Oskar Trexo Pedriga nisbatan qoidani buzdi. "Barsa" standartga ega bo'ldi.

24. Yana Rafinya katta sahnada! Uning olisdan yo'llagan zarbasidan keyin to'p Dmitrievskining qo'liga borib tushdi. 

22. Erik Garsiya o'zi bilmagan holda qanotda Kamelloning yuziga qo'li bilan zarba berib yubordi.

20. Zarba! Usmon Dembelening qulay pasidan so'ng Rafinya noaniq zarbaga mualliflik qildi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

19. Ivan Ballining uzatmasi sal omadsiz chiqdi, to'pga uning hech bir jamoadoshi ega chiqmadi. 

17. Uuux! Rafinyaning erlatib yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish kasb etdi. Hozircha undan omad yuz o'giryapti.

14. Usmon Dembele Pate Kisga nisbatan qoidaga nomuvofiq o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

12. GOOOL!   Levandovskining zarbasidan keyin himoyachi avtogol muallifiga aylandi, biroq Robert ofsaydda qolgani qayd etildi.  

12. Yana Rafinya o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Uning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvozaga etib bormadi va raqibga tegib qoldi. 

10. Vau! Rafinya jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, yiqildi. Ammo takroriy vaziyatga qarasak, bu holatda penalti yo'qligi malum bo'ldi. 

7. Ter SHtegen bir necha marta yuqori pressing ostida qolib ketgan bo'lsa-da, har gal ushbu qiyin holatdan chiqib ketdi. 

5. "Barselona" har doimgidek to'p nazoratini qo'lga oldi. O'yinchilar qisqa paslar bilan o'ynashmoqda.

3. "Barselona" dastlabki hujumni uyushtirdi. Buskets chap qanotdan oldinga borayotgan Albaning yo'liga pas oshirdi, chap qanot himoyachisining uzatmasini esa himoyachilar qaytarishdi. 

1. Birinchi taymga start berildi. Uni "Rayo Valekano" boshlab berdi. 

- Bugungi to'qnashuvni Alexandro Ernandes boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

"Kamp Nou" uchrashuvni qabul qilishga shay!

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun "Barselona" Ispaniya chempionatidagi yurishini boshlaydi. Ilk raqib – "Rayo Valekano". Mazkur bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика