So’nggi yangiliklar

23:16АПЛ. "Тоттенхэм" - "Манчестер Сити". Бошланғич таркиблар аниқ!  16 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  3 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  10 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  4 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 19:35Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичига қуръа ташланди  29 19:17Ўзбекистон кубоги финалига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум бўлди  11 18:57Жарред Брэнтуэйт - "Реал"нинг мақсади  2 18:29"Милан" ва Пулишич 2028 йилгача мўлжалланган шартнома имзолайди. Вингернинг маоши 5 млн еврогача оширилади  0 18:00"Барселона" Гринвуд номзодига қайтди  4 17:35"Бавария" "Реал" ярим ҳимоячисига қизиқиб қолди  4

La Liga. "Barselona" bor alamini "Kadis"dan olishga urinadi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" bor alamini "Kadis"dan olishga urinadi

Bugun, 18 aprel kuni, La Liga 32-turi doirasida "Barselona" - "Kadis" bellashuvi bo'lib o'tadi.

"Barselona"

Evrokuboklardagi ishtirokini ECHLda boshlagan "Barselona" kutilgan natijaga erisha olmadi va uchinchi o'rin orqali Evropa Ligasiga ravona bo'lishdi.

Pley-offda ilk raqib "Napoli" bo'ldi va Xavi jamoasi neapolliklarni ancha oson (ikki o'yin natijasiga ko'ra 5:3) engdi. Keyingi raunddagi raqib Turkiyaning "Galatasaray" klubi bo'ldi. Turk grandi jiddiy qarshilik ko'rsatgan bo'lsada, saviya bobida ustun bo'lgan kataloniyaliklar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Yaxshi sport formasiga kirib olgan "Barsa" bir necha kun avval kutilmaganda "Ayntraxt"ga o'z uyida (2:3) yutqazib qo'ydi hamda musobaqani tark etdi.


CHempionatda 30 o'yindan keyin "Barselona" hisobida 17 g'alaba va 9 durang bor. Hozircha ikkita ko'p o'yin o'tkazgan "Real" bilan oradagi farq 15 ochko. So'nggi ikki turda jamoa "Sevilya" (1:0) va "Levante"ni (3:2) mag'lubiyatga uchratdi.

Umtiti, Fati, Roberto, Pedri jarohat sabab, Arauxo esa diskvalifikaciya tufayli bahsni o'tkazib yuboradi. Pikening jamoaga yordam bera olishi so'roq ostida.  


Qizig'i, oxirgi 3 ta o'zaro o'yinga qarasak, "Kadis"ning ustunligiga guvohi bo'lamiz (1 g'alaba, 2 durang). "Barsa" biror marta bu raqibni enga olmagan. 


"Kadis"

"Kadis" Ispaniya oliy ligasida 14-mavsumini o'tkazmoqda. Mazmunli o'yin va qoniqarli natijalarga boy bo'lgan o'tgan mavsumdan keyin bunisi uncha o'xshamayapti. Natijalar qanoatlantirmagach, rahbariyat yanvar oyida bosh murabbiyni alishtirdi - boshqaruvni Serxio Gonsales o'z qo'liga oldi. Ammo o'tgan vaqt davomida mutaxassis vaziyatni, hozircha, keskin o'zgartira olgani yo'q.

Ispaniya Kubogida jamoa unchalik yomon o'yin ko'rsatmadi deya olamiz. "Vilya Fortuna" (7:0) va "Albasete" (1:0)dan keyin "sariq-ko'klar" "Xixon"ni taslim etishdi. Biroq chorakfinalda "Valensiya"ga imkoniyat boy berildi (1:2).

La Ligada andalusiyaliklar 5 g'alaba va 13 durang orqali 28 ochko jamg'arishgan hamda 18-pog'onani egallab turishibdi. O'tgan tur jamoa "Betis"ga mag'lub bo'ldi (1:2).

Bugun mehmonlarga Ruben Alkaraz va Varazdat Aroyan yordam bera olmaydi. Floiran Andone hamda Isaak Karselenning o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.

Albatta bu juftlikda yaqqol favorit mezbonlar. Katta kuch bilan himoyalanishi kutilayotgan "Kadis" Evropa Ligasidan chiqib ketgan va kayfiyati unchalik yaxshi bo'lmagan "ko'k-anorranglilar" bilan durang o'ynasa ham xafa bo'lmasa kerak. Tig'iz taqvim va oxirgi omadsizliklar "Barselona"ga tasir o'tkazmay qolmasada, Xavi jamoasi Primera autsayderlaridan birini taslim etish uchun maydonga tushadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика