So’nggi yangiliklar

12:29Зидан "Манчестер Юнайтед"даги вазиятни кузатиб бормоқда  0 11:58"Севилья" "Реал" ва "Барселона" ўйинчиларини ижарага олмоқчи  0 11:28«Милан» ёзда Пиолини истеъфога чиқаради. Унинг ўрнига ким бош мураббий бўлиши маълум  7 11:04«Реал Мадрид» Начонинг ўрнига кимни олиб келиши маълум  5 10:42U-23 Осиё кубоги. Қатар - Австралия учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқаради  4 10:38Ёзда «Барселона»ни тарк этадиган Хави Европанинг номдор жамоасига бош мураббий бўлиш учун асосий даъвогар  7 10:35Кувайт U-23 бош мураббийи: "Футболда барча ғалаба қозонишни хоҳлайди, лекин биз етарли тажрибага эга эмасмиз"  8 10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  3 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  14 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0

La Liga. Madridning ikki jamoasi bellashuvida "Barselona" "yutib ketdi" Yangiliklar

La Liga. Madridning ikki jamoasi bellashuvida "Barselona" "yutib ketdi"

La Liga 26-turi doirasidagi markaziy uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Atletiko" – "Real Madrid" 1:1
"Vanda Metropolitano" stadioni
Gollar
: 1:0 – 15 Suares, 1:1 – 88 Benzema.

"Atletiko" – Oblak, Ermoso, Felipe, Savich, Tripper, Lorente, Koke, Lemar (Saul, 57), Karrasko (Joau Feliks, 64), Korrea (Kondogbia, 82), Suares.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Vinisius Junior, 60), Modrich, Asensio (Valverde, 60), Benzema.

Ogohlantirishlar: Karrasko (64), Varan (67), Korrea (72), Joau Feliks (80), Savich (90), Lorente (90).


Atletico Madrid

Luis Suarez - 15'

LaLiga . 26-tur

07/03/2021, 19:15

1
:
1
Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 88'

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
15'  Luis Suarez
15'  Marcos Llorente
57'  Thomas Lemar (Saul Niguez)
64'  Yannick Carrasco
64'  Yannick Carrasco (Joao Felix)
72'  Angel Correa
80'  Joao Felix
82'  Angel Correa (Geoffrey Kondogbia)
90'  Stefan Savic
90'  Marcos Llorente
60'  Rodrygo (Vinicius Junior)
60'  Marco Asensio (Federico Valverde)
67'  Raphael Varane
88'  Karim Benzema
88'  Casemiro


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va o'yin durang natija bilan yakunlandi. 

90+3-daqiqa. Benzema nafaqat hujumlarni yakunlashda balki ularni tashkillashtirishda ham faollik ko'rsataman deb oshirib yubordi.

"Atletiko"dan kimgadir sariq kartochka ko'rsatildi, uzr ko'rmay qoldim.

O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi!

90+1-daqiqa. Lukita kutilmaganda oyog'ining tashqi tomoni bilan zarba yo'lladi, lekin biroz noaniq. 

90-daqiqa. Lukas Vaskes yiqitildi. Jarima zarbasi. Stefan Savich ogohlantirildi.

Bizni yanada shiddatli so'nggi daqiqalar kutib turibdi chog'i. 

88-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Karim Benzema! Ajoyib hujum, Kazemirodan ajoyib uzatma va Benzema muvozanatni tikladi. Bu golni o'qish emas, ko'rish kerak. 

84-daqiqa. Kazemiro oxirgacha quvib kelib, Suaresni yiqitdi. 

O'zgarish! Anxel Korrea o'rniga Kondogbiya tushirildi. 

82-daqiqa. "Atletiko" futbolchilari buyog'iga raqiblarini ochiqchasiga "o'rib tashlashmoqda".   

Benzemaning navbatdagi zarbasini Oblak qaytara oldi. 

80-daqiqa. Ogohlantirish. Felishga sariq kartochka ko'rsatildi. Standart vaziyat. 

79-daqiqa. Bir hujumning o'zida Yan Oblakdan ikkita seyv. Benzema hisobni tenglashtirishga juda yaqin edi. Kiper hozir jamoasini chinakamiga qutqarib qoldi. 

To'pga sakrayotganida Nachoning qo'li bo'yniga tegib ketgani uchun Suaresning mazasi qochib qoldi. Urugvaylik o'rnidan turishni xohlamayapti. 

77-daqiqa. Stefan Savich Vinisiusni oldinga o'tkazib yubormadi. 

74-daqiqa. QAYOQQAAA? Kazemironing aqlli qarori oqibatida to'p Karim Benzemaga kelib tushdi, lekin Benzema o'ta qulay imkoniyatdan to'pni osmonlarga ravona qildi. 

Ikkinchi bo'limning ham yarmi ortda qoldi. Hisob hamon 1:0.

72-daqiqa. Ogohlantirish! Mendini ushlab qolgani uchun Anxel Korreaga sariq kartochka ko'rsatildi.   

70-daqiqa. ZARBAAAAAA! Federiko Valverde to'pni qabul qilib olgani hamonoq, kuchli zarba yo'lladi va sloveniyalik posbon qiyinchilik bilan to'pni qaytarishga erishdi. 

69-daqiqa. Benzema qulay vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, lekin hujumchi to'pni o'ziga bo'ysundirishda xatoga yo'l qo'ydi.  

68-daqiqa. Kurtuani boshlab bergan hujumni Modrich rivojlantirdi va Vinisius zarba bilan yakunlab berdi. Urinish yomon emas, lekin noaniq bo'ldi.   

67-daqiqa. Ogohlantirish! Suaresga nisbatan qo'pollik uchun Varanga sariq kartochka ko'rsatildi.  

66-daqiqa. Nacho hakamlardan o'yindan tashqari holat so'rab yurgunicha, Suares gol urib ketishi mumkin edi. Tibo bunga yo'l qo'ymadi. 

Ogohlantirish! Maydonni tark etayotgan Yannikka o'yin vaqtini cho'zgani uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

64-daqiqa. O'zgarish! Yannik Ferreyra Karrasko o'rnini Joau Felishga bo'shatib berdi.   

"Real" hozir malum vaqt mobaynida raqibini himoyalanishga majbur qilmoqda. 

62-daqiqa. Ortida Vinisius kelayotganini sezgan Triper to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi.  

61-daqiqa. Nachoning navbatdagi qo'pol xatosidan keyin "Atletiko" xavfli hujum uyushtirdi va oradagi farqni oshirish imkoniyatini ko'kka sovurdi.  

60-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo va Asensio o'rniga Valverde va Vinisius o'yinga qo'shildi.

57-daqiqa. O'zgarish! Mehmonlar tarkibida o'zgarish kutilgandi, lekin birinchi bo'lib mezbonlar o'yinchi almashtirishmoqda. Toma Lemar o'rnini Saul Nigesga bo'shatib berdi.  

Toni Kroosning uzatmasidan keyin Lukas Vaskes to'pni erga tushirmay zarba berdi, lekin juda noaniq. 

56-daqiqa. O'ng qanotdan uzatmadan keyin Stefan Savich to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasi. 

55-daqiqa. Mezbonlarda yana bir imkoniyat, ammo yana Kurtua jamoasi joniga oro kirdi.  

54-daqiqa. "Atletiko" himoyachisi Ermosoning akterlik mahoratiga baho berish imkoniga ega bo'ldik.  

53-daqiqa. "Atletiko"da yaxshi imkoniyat, Varannig to'p oshirishdagi xatosidan keyin Suares qulay nuqtaga chiqib borib, zarba berdi, Kurtua to'pni qaytardi. Takroriy urinish esa noaniq chiqdi.   

52-daqiqa. Kazemironing uzatmasidan keyin raqib jarima maydonida paydo bo'lgan Nacho boshi bilan zarba yo'lladi, lekin Oblak o'z o'rnida.  

51-daqiqa. Zizu shogirdlari yana himoyadan chiqib ketishda muammolarga duch kelmoqda.  

49-daqiqa. Asensio chap qanotdan ikki raqibga qarshi bordi va yiqitildi, bosh hakam jarima zarbasi belgiladi. To'p oldida Toni Kroos.   

48-daqiqa. Mana "Real"ning birinchi hujumi va burchak zarbasi amalga oshiriladigan bo'ldi. Ammo bu safar ham standartdan jamoa naf chiqara olmadi.  

47-daqiqa. Bo'limni mezbonlar faolroq boshlashdi. Jarima zarbasidan keyin "Real" qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, lekin har safar mehmonlar to'pni sherigiga etkazishda aniq harakat qilmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Jamoalar maydonga qaytishdi. 

Qarasa, holat keskinlashib ketishi mumkinligini sezgan Alexandro Ernandes bo'limni yakunlab qo'ya qoldi. 

45+2-daqiqa. Kazemiro va Lemar to'qnashuvidan keyin har ikki tomon raqibidan norozi, lekin hakam hammani tinchlanishga chaqirdi.  

45+1-daqiqa. Toni Kroos jarima maydoniga kirmay zarba yo'lladi, lekin himoyachiga tegib tezligini yo'qotgan to'pni Oblak qiyinchiliksiz egallab oldi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Hisobda oldinda borayotgan mezbonlar o'yin tempini tushirishga urinmoqda.   

"Real" futbolchilari tabiiyki norozi. "Atletiko" esa hakamning fikri o'zgarib qolmasidan jimgina, tezgina o'yinni boshlab yubordi. 

Bosh hakam takroriy lavhani o'zi ko'rish uchun ketdi. O'ziyam bosh hakam vaziyatni 66 marta qayta ko'rdi va penalti yo'q dedi. 

41-daqiqa. O'yin to'xtatildi. To'p Felipening qo'liga tegib ketgani sabab "Atletiko" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin.  

39-daqiqa. Sal qolsa Vaskesning xatosidan keyin Suares qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, lekin Varanning yordami bilan ispaniyalik futbolchi xatosini to'g'riladi. 

37-daqiqa. Benzema to'pga tegmay, Rodrigo uchun qulay vaziyat yaratgandi, lekin braziliyalik bunday harakatni kutmagan ko'rinadi, biroz shoshib qoldi. 

35-daqiqa. "Atletiko" futbolchilari maydon bo'ylab to'pni bir-birlariga oshirib, juda erkin harakat qilishmoqda.  

33-daqiqa. "Atletiko" chap qanotdan oldinga o'tdi, lekin jarima maydoniga uzatilgan to'p yo'liga Nacho to'g'anoq bo'ldi.  

31-daqiqa. Rodrigo oldinga o'tib ketayotganida Ermoso tomonidan yiqitildi va o'yinda to'xtalish. Kroosning uzatmasidan keyin ish xavfli vaziyatgacha etib bormadi.  

30-daqiqa. "Atletiko" futbolchilaridan hujumda fol, Lorente aybdor. 

28-daqiqa. Uxxx! Kazemirodan kutilmaganda ajoyib zarba va Yan Oblak bir amallab to'pni qaytarib yubordi.

27-daqiqa. Lukas Vaskes va Rafa Varan to'p bilan jarima maydoniga bemalol kirib ketmoqchi bo'lgan Lemarni to'psiz qoldirishdi.  

24-daqiqa. "Atletiko"dan yana bir xavfli urinish. Lekin Suaresning o'ng qanotdan oshirib bergan to'piga hech kim etolmadi.  

22-daqiqa. Oldinga tashlangan "Madrid" tabiiyki raqibning qarshi hujumlarini ham unutmasligi, ulardan ehtiyot bo'lishi talab qilinadi. Hozir ana shunday imkoniyatlardan biri bo'ldi, lekin CHolo shogirdlarining urinishini Kazemiro yo'qqa chiqardi. 

21-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgan "Real" kutilganidek oldinga tashlandi va raqib darvozasi tomon ancha jiddiy bosim uyushtirmoqda.   

20-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni yana Karim zarba bilan yakunladi, lekin to'p yana darvoza tomon borishni istamadi.  

17-daqiqa. Karim Benzema zarba berdi, lekin uning urinishi qovushmadi.  

15-daqiqa. GOOOOOOOL! Luis Suares hisobni ochdi. Nachoning to'pni olib qo'yish niyatidagi otilishi samarasiz bo'ldi, sobiq "Real"chi Lorente katta ishni bajarib, vaqtida Suaresga uzatmani amalga oshirdi va ... Luisning zarbasiga shunchaki tasanno deyish zarur.

12-daqiqa. "Real" o'yin startidan 10 daqiqalar o'tib, muvozanatni tiklamoqda va to'pni endi ko'proq o'zida saqlab turib, hujum uyushtirish yo'llarini izlamoqda. 

10-daqiqa. Karim Benzema birinchi reydini chap qanotdan amalga oshirdi, lekin to'p oxirida aynan franciyalikka tegib, maydonni tark etdi. 

9-daqiqa. Bosimga to'p ham dosh berolmadi shekilli, bosh hakam o'yinni to'xtatib, uni almashtirishni so'radi. 

7-daqiqa. Hakam kechiktirilgan folni qayd etdi va "Real" to'pni o'yinga kiritiladi. "Atletiko" vakillari tabiiyki norozi.  

Ilk daqiqalarda mezbonlar katta ustunlikka ega bo'lmoqda. 

5-daqiqa. Uncha baland bo'yli bo'lmasada Luka Modrich boshi bilan to'pni qaytarib yubordi. 

4-daqiqa. Luis Suares to'p oldida, uning zarbasidan keyin himoyachi sabab burchak zarbasi amalga oshiriladigan bo'ldi. O'yindagi birinchisi.

3-daqiqa. Raqiblarni tepish boshlandi azizlar. Varan qoidani buzdi.  

2-daqiqa. Bugungi bellashuv naqadar muhim ekanligini hozirgi vaziyatda Marko Asensio himoyaga qaytib, qanday harakat qilganidan ham bilib olish mumkin. Ispaniyalik futbolchi qanot himoyachisidanda orqaroqda to'pni olib qo'yishda faollik ko'rsatdi.  

Bellashuvdagi birinchi fol markazda Toni Kroosga nisbatan ishlatildi, Korrea aybdor. 

1-daqiqa. O'yinni Karim Benzema boshlab berdi! Demak, kettik. 

Bizni La Liganing joriy mavsumdagi eng muhim bellashuvlaridan biri kutib turibdi. Aynan bugungi uchrashuv chempionlik taqdirini hal qilishi mumkinligi ko'pchilik mutaxassis va muxlislar tomonidan takidlandi. Ko'ramiz, maydonda ishlar qanday kecharkin?!

Har ikki klub futbolchilari maydonga tushib kelishdi. Etibor berib ulgurganingiz, mehmonlar tarkibida hali qaytmasa kerak deyilgani, Karim Benzema ilk daqiqalardan o'yinni boshlaydigan bo'ldi. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Atletiko" – "Real Madrid"
7 mart, 20.15, "Vanda Metropolitano"
"Atletiko" – Oblak, Ermoso, Felipe, Savich, Tripper, Lorente, Koke, Lemar, Karrasko, Korrea, Suares.
"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Rodrigo, Modrich, Asensio, Benzema.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика