So’nggi yangiliklar

01:35Ташкилотни кескин танқид қилган Марсело Бьелсага КОНМЕБОЛ томонидан иш очилди  1 01:15Расман: Моуринью бошқарувидаги "Фенербахче" Сен-Максименни ижарага олди  0 00:55Вагиз Галиулин: “Ўзбекистон Суперлигаси савияси Россия биринчи дивизионидан анча юқорилаб кетди”  2 00:33Расман: Австралия терма жамоаси дарвозабони "Рома"га ўтди  1 00:10"Ордабаси" ЕЧЛ саралашидаги юришини биринчи босқичдаёқ тугатди   6 23:35Килиан Мбаппе: "Перес – дунёдаги энг зўр президент"  11 23:05Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Тожикистоннинг "Хўжанд" жамоасини мағлуб қилди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. ОКМК Тожикистон грандини ўта йирик ҳисобда таслим этди  9 21:44Обамеянг "Марсел"дан кетишини эълон қилди. Ҳужумчи Саудия Арабистонига йўл олади  0 21:21Ламин Ямаль янги мавсумни янги рақамда бошлайди  227 20:54Марко Ройснинг кейинги манзили аниқ бўлди  0 20:30Расман: Тиаго Алькантара "Барселона" мураббийлар штабига қўшилди  1 19:55"Динамо" назорат баҳсида Қирғиз Республикаси клубини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 19:39Евро-2024да порлаган ҳужумчи "Лион"да тиббий текширувдан ўтмоқда  0 19:17Хави: "Педри билан бўлган хатони Ямаль билан такрорламаслик керак"  2

La Liga. "Barselona" chempionatni 5:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi, Messidan dubl Yangiliklar

La Liga. "Barselona" chempionatni 5:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi, Messidan dubl

Ispaniya chempionati yakunlovchi 38-turidan o'rin olgan "Alaves" - "Barselona" o'yini matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Alaves – Barselona 0:5

«Mendisorrosa»

Gollar: 0:1 – 24 Fati, 0:2 – 34 Messi, 0:3 – 44 Suares, 0:4 – 57 Semedu, 0:5 – 75 Messi.

Alaves – Roberto, Magalyan, Laguardia (Tachi, 46), Marin, Agirregabiria, Mendes, Manu Garsiya (Feysa, 59), Kamarasa (Mahmud, 65), Berk (Rioxa, 46), Xoselu, Lukas Peres (Pere Pons, 46).

Barselona – Neto, Langle (Semedu, 50), Arauxo, Serxi Roberto, Alba, Vidal, Buskets (de Yong, 59), Puch, Fati (Breytueyt, 78), Suares, Messi.


Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. "Barselona" mavsumni ajoyib natija bilan tugatdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi bahslarda g'oyibona ko'rishguncha!  

90+4. "Barselona" hujumda qo'pollik ishlatdi, deb topildi va Roberto to'pni oldinga tepib beradi. 

90+1. Martin Agirregabiriya o'yinin davom ettira olmadi va maydondan chiqib ketdi. "Alaves"da o'zgarish qilish limiti tugagani bois yangi o'yinchi maydonga tusha olmaydi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

90. Uuuux! Breytueyt zarba yoki pas berdi, tushunarsizroq. Lekin bu xavfli ko'rinish oldi. 

87. Martin Agirregabiriya jarohatlandi, unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

85. Uuuux! Xoseludan xavfli, biroq noaniq zarba. 

83. "Barselona" jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgan Agirregabiria Breytueyt tomonidan yiqitildi.

82. Zarba! Xoselu qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardi, uning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

81. Messi jarima zarbasidan to'pni sheriklariga uzatdi, Mahmud to'pni qaytardi. 

78. "Barselona"da o'zgarish: Fati o'rniga Breytueyt tushirildi. 

76. O'yinda "pauza". Futbolchilar suv ichib olishlariga ruxsat berildi. 

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Messi o'yindagi 2-golini urdi va hisob - 0:5!  Alba assist qayd etdi. 

71. Jamoalar maydonda tin olishyapti. Qolgan daqiqalar shunchaki rasmiyatchilik uchun davom etmoqda.  

69. Kataloniyaliklar jarima zarbasiga ega bo'lishdi, Messi zarba berishni xohlamadi va o'ynashni lozim topdi.  

67. Edgar Mendes birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

65. "Alaves"da o'zgarish: Kamarasa o'rniga maydonga Abdullohi Mahmud tushdi.

61. "Alaves"da o'zgarish: Manu Garsiya o'rniga Feysa tushirildi. 

59. "Barselona"da almashtirish: Bukets o'rniga de Yong tushdi. 

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Zaxiradan tushgan Semedu o'zining kuchli zarbasi orqali hisobni yanada yiriklashtirdi - 0:4! 

54. "Alaves"  ikkinchi bo'limda ancha faol o'yin ko'rsatmoqda. 

52. Fati havodan uzatilgan pasi orqali Messini birga-bir holatga olib chiqdi, ammo ofsayd qayd etildi. 

50. "Barselona"da o'zgarish: jarohatlangan Langle o'rniga Semedu tushirildi. 

46. "Alaves"da 3 ta o'zgarish: Lukas o'rniga Pons, Laguardia  o'rniga Rodriges, Berk o'rniga Rioxa tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

WhoScored: Birinchi bo'lim uchun futbolchilarga qo'yilgan baholar

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. GOOOOOOOOOOOOOL! Luis Suares! 0:3!  Ajoyib kombinaciya Suaresning bosh bilan urgan goli bilan tugadi. 

43. "Alaves" qarshi hujumga o'tdi, Berk ajoyib tarzda sherigini to'p bilan taminladi, Xoselu "qovun tushirish"dan boshqasiga yaramadi. 

41. Vau! Messining havolatib uzatgan qoyilmaqom pasidan keyin Vidal boshi blan zarba yo'lladi, zarbani Roberto qaytara oldi. 

39. "Alaves" burchak to'pini o'yinga kiritdi, bu muvaffaqiyat keltirmadi. 

37. To'p Messining qo'liga tegdi va qoida buzish qayd qilindi. 

34. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Leo Messi hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi! 

33. Davom etamiz. "Barselona" hujum boshladi. 

30. O'yin to'xtatildi. Futbolchilar suv ichib olishlari mumkin. 

27. Ana xolos. Suares birga-bir vaziyatga chiqib bordi va raqib posboni Robertoning to'ppa-to'g'ri o'ziga zarba berdi. 

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Messining uzatmasidan so'ng, to'p "rikoshet" orqali Fatiga etib keldi va u tomonidan hisob ochildi - 0:1! 

21. Zarba! Eh, Leoning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

20. Messiga nisbatan qo'pollik ishlatildi va jarima zarbasi belgilandi. 

17. Zarba! Suaresning zarbasini Roberto qo'liga ushlab oldi.  Zarba darvozabon turgan joyga yo'naltirildi. Darhaqiqat, Messi ajoyib pasi bilan Luisni to'p bilan taminlagandi. 

16. Uuuux Messining dahshatli zarbasidan keyin to'p ustunga tegib maydondan chiqib ketdi.  

12. Zarba! Arturo Vidalning kuchli zarbasi to'singa tegib maydonni tark etdi. "Alaves"ning omadi keldi, deb aytish mumkin. 

10. Uuuuxx! Fatining kutilmagan zarbasi juda xavfli ko'rinish oldi, bir oz noaniq. 

8. Robertodan ajoyib uzatma, ammo Messi to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi va zarba o'xshamadi. 

7. Berk yaxshi hujum boshladi, ammo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va zarba ham bera olmadi.

3. Zarba! Riki Puchning zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.  

1. O'yin boshlandi! 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Futbolchilar "Mendisorrosa" stadionida

AS nashrining xabar berishicha, Martin Breytueyt bugun "Barselona"dagi oxirgi o'yinini o'tkazadi. 

Tarkiblar elon qilindi

O'yin Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun Ispaniya La Ligasi so'nggi turidan joy olgan "Alaves" - "Barselona" bahsi bo'lib o'tadi. Ushbu bahsni siz azizlar bilan birgalikda tomosha qilamiz.  

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика