So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  1 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

La Liga. 28-tur prevyusi Yangiliklar

La Liga. 28-tur prevyusi

Avvalgi turda “Barselona”ning muvaffaqiyatsizligidan foydalanib, turnir jadvalida peshqadamlikni egallab olgan Madridning “Real” klubi “Klassiko”dan avval o'z ustunligini mustahkamlab olish uchun ushbu turda “Malaga”ni safarda mag'lub qilib qaytishga urinadi.
Ayni vaqtda Anchelotti jamoasi “Atletiko”dan uch, “Barsa”dan esa to'rt ochko ilgarilab ketgan holda jadval yuqorisiga joylashib olgan.

Kataloniyaliklar yakshanba kuni quyi dvizionga tushib ketmaslik, La Ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan “Osasuna”ni “Kamp Nou”da qabul qiladi. CHempionlik uchun yana bir asosiy davogar bo'lgan “Atletiko” bir kun avval Espanol mehmoni bo'ladi.

Quyida ushbu tur oldidan bilishimiz lozim bo'lgan besh jihat haqida gaplashamiz.


Messi: Hali poyga tugamadi

Lionel Messi so'nggi vaqtlarda o'zi tomon yog'dirilib tashlangan tanqidlar yomg'iriga CHempionlar Ligasi doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda ajoyib o'yin ko'rsatib, raqib darvozasini ishg'ol etib, darhol javob qaytara oldi.

To'g'ri, “Barselona” “Siti”ga qarshi o'yinda (2:1) o'zining eng yaxshi darajasida emasligi malum bo'lib qoldi. Biroq Leoning mahorati evaziga kataloniyaliklar o'zlari uchun odatiy bo'lib qolgan Evropaning eng kuchli sakkiztaligiga kirish masalasini hal etdi.

“Biz tomon bildirilgan tanqidlar qanchalik haqiqatga yaqin yoki yiroqligini bilmayman. Balkim to'g'ridir, balki oshirib yuborishgandir. Biroq har bir mag'lubiyatda eng avvalo o'zimiz o'zimizni tanqid qilamiz”, dedi Messi. Keyin yana qo'shimcha qildi. “CHempionlik poygasi hali tugamadi. Oldinda o'ynalishi kerak bo'lgan o'yinlar etarli. Biz yana etakchilikni qo'lga kiritishmizga shubha qilmayman”.




Dam olgan Madrid

Bir hafta davomida hech qanday o'yin o'tkazmagan “Real” yakshanba kuni “Malaga” maydoniga safar qiladi.

Madridliklar 29 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. O'z vaqtida “qaymoqranglilar”ni boshqargan “Malaga” bosh murabbiyi Bernd SHuster jamoasining turnir jadvalidagi o'rinini xavfsizroq pog'onaga yuqorilatish uchun, “Real”ning bu seriyasiga yakun yasashni juda xohlayotgan bo'lishi aniq.

Biroq Ronaldu va jamoadoshlari poygadagi asosiy raqiblarni o'ziga yaqinlashtirishga yo'l qo'ymaslik uchun bor kuchini ishga solishi tayin. CHempionlik va jon saqlash uchun kurashayotgna jamoalarning har ikkisi uchun ham ochkolar suvdek zarurligi vajidan, uchrashuv qizg'in bo'lishiga shubha yo'q.

SHuni takidlab o'tish o'rinliki, o'yinda madridliklar yarim himoyachisi Anxel di Mariya ishtirok eta olmaydi.




“Atletiko” xarakteri

 “Atletiko Madrid”ning CHempionlar Ligasida “Milan” ustidan qozongan g'alabasida (4:1) sovrin uchun kurashishga qodir bo'lgan jamoaning barcha belgilarini ko'rish mumkin edi: jamoaviy o'yin, jismoniy tayyorgarlik, futbolchilar mahorati va go'zallik.

Ayrim jurnalistlar esa hozirdanoq “Atletiko” hujumchisi Diego Kostani yil futbolchisi deb atay boshlashdi. Yaqindagina ispaniya terma jamoasida o'ynashga qaror qilgan, asli braziliyalik forvard ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 29 golga mualliflik qilib ulgurdi va ulardan 21tasi Ispaniya chempionati doirasida kiritildi.
To'lib toshgan “Visente Kalderon” stadioni o'z suyuklilarini milanltiklarga qarshi jangda ajoyib tarzda qo'llab-quvvatladi va g'alabaga munosib hissa qo'shishdi. Huddi shu ishni “Espanol”ga qarshi o'yinda ham takrorlab berishlariga hech shubha yo'q.

Nima bo'lgan taqdirda ham, “Atletiko” ushbu mavsumda ancha yillardan buyon o'rganib qolganimiz ikki jamoa o'rtasidagi chchempionlik kurashiga barham bera oldi. Bu kurashga intriga olib kirdi va haqili ravishda g'oliblikka eng asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi.



Madriddagi psixologik o'yinlar

“Atletiko” darvozaboni Tiba Kurtua Madridning boshqa bir klubi – “Real” bilan shartnoma borasida kelishib olganligi  haqidagi gaplar mutlaqo haqiqatdan yiroq ekani takidladi. Uning fikricha ayrimlar tomonidan jamoa azolariga psixologik tasir o'tkazi uchun qilinayotgan ekan.

“CHelsi”ga tegishli bo'lgan va “Atletiko”da ijara asosida faoliyat olib borayotgan posbon hali Londonliklar bilan 2016 yilga qadar shartnomasi bor ekanini eslatib o'tdi. Undan tashqari u faqatgina “Atletiko” sharafini himoya qilish haqida o'ylayotganini takidladi.

“Hammamiz bu ishlar nima uchun qilinayotganini bilamiz. Bunday gap so'zlar jamoani ruxan izdan chiqarishi, beqarorlikka olib kelishi mumkin. Men “Atletiko” darvozasini qo'riqlashda davom etmoqchiman. O'z navbatida klub ham huddi shuni istayapti”, dedi Kurtua.



Neymarni kutib...

Leo Messi har qanday tanqidlarga “Man Siti”ga qarshi o'yinda javob bera olgan bo'lsa, “Barsa”ning boshqa bir hujumchisi Neymar aynan shu ishni uddalay olgani yo'q.

Braziliyalik futbolchi Aleksisi Sanchesga almashtirilgunga qadar maydonda hech bir jihat bilan yaqqol ajralib turgani yo'q. Juda kam hollarda o'zining kreativ harakatlarini ko'rsatdi, bazan texnikasini namoyish etdi. Bo'ldi. SHu xolos. Undan na murabbiyning, na muxlislarning, xatto o'zining ham ko'ngli to'lmayotgan bo'lsa kerak.

Darvoqe, bosh murabbiy Tata Martino Sanches hamda Pedro o'zlari munosib bo'lganchalik etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganini aytib o'tdi.

“Tarkibingda shuncha ajoyib futbolchilar bor bo'lsa, adolatli bo'lishdan ko'ra, bo'la olmasliging ehtimoli yuqoriroqdir. Baribir qaror qabul qilishimizga to'g'ri keladi. Bazan bu qarorlar o'zini oqlaydi, bazan esa jamoaning zarariga ishlab qoladi”.

Ha, hozircha Neymar undan kutilayotgan darajaga chiqa olmayapti. Muhlislar esa o'sha kunni kutyapti. Balki ushbu turda undan ajoyib o'yin ko'rarmiz?



28-tur o'yinlari

15 mart
01:00    Xetafe – Granada
20:00    Levante – Selta
22:00    Rayo Valekano – Almeriya
23:59    Malaga – Real Madrid

16 mart
02:00    Atletiko M – Espanol
16:00    Elche – Betis
21:00    Barselona – Osasuna
23:00    Sevilya – Valyadolid

17 mart
01:00    Real Sosedad – Valensiya

18 mart
02:00    Vilyarreal – Atletik B


Abror Qodirov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика