So’nggi yangiliklar

15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  7 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20

La Liga 26-tur prevyusi Yangiliklar

La Liga 26-tur prevyusi

Teglar :  La Liga
Ispaniya chempionati 26-tur uchrashuvlari borasida fikr yuritamiz.

La Liga koronavirus sabab qoldirilmadi yoki o'yinlar bekor qilinmadi va bizni xursand qilishda davom etadi. 

Bu hafta bizni qator qiziqarli o'yinlar kutib turibdi. Top-4 va umuman evrokuboklarga yo'llanmalar uchun kurash hal qiluvchi pallasiga etib kelmoqda. Kurash kimning foydasiga yakunlanishi borasida bir narsa deyish qiyin hozirgi vaziyatda. "Atletiko" o'ziga kelgan bo'lsa, Smolov elitada qolish uchun kurashayotgan "Selta"ga umid bag'ishlaganek. 

Turning markaziy uchrashuvi "El-klasiko" haqida alohida gaplashamiz.

Tur intrigalari

Smolov va "Selta" xavfli zonadan uzoqlashishda davom etadi

Primera "podvalida" anchayin keskin kurash kechmoqda. "Selta" etakchisi Aspas jamoaga Smolov kelgach, zarur erkinlik va qo'llab-quvvatlashni his qilmoqda. Buni uning o'yinidan ham sezish qiyin emas. Yago yana "Selta"ni ortidan ergashtirmoqda va jamoa endi jon saqlashda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lib oldi. Navbatdagi uchrashuvni "Selta" safarda "Granada"ga qarshi o'tkazadi. Andalusiyaliklar "Osasuna"ni tor-mor etishdi va endi shu ishni navbatdagi turda ham amalga oshirish niyatidalar.

Mag'lubiyat "Selta"ni yana o'sha chuqurga qaytarib tushirib yuboradi va kurash yanada qiyinlashadi. "Malorka" bor yo'g'i 2 ochkoga ortda qolayotgan bo'lsa, "Espanol" ham aynan La Ligada qolish uchun Evropa Ligasidan sekingina chiqib ketdi. Ispaniyada kurash nafaqat jadvalning yuqori qismidagilar o'rtasida bo'layapti, balki eng pastdagilar ham bor kuchlari bilan harakat qilishmoqda.


"Atletiko" o'ziga keldi-mi?


"Atletiko"ni hisobdan chiqarganlar naqadar shoshqaloqlik qilishganini tushunib etishayotgan bo'lsa ajabmas. Jamoani kim boshqarayotganini yodga olsak kifoya. SHunchaki avvalgi o'yinlarda "matraschilar"ga yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmaslik pand berayotgandi. Ko'plab jarohatlarga qaramay, jamoa o'shanda ham anchayin kuchli futbol namoyish qilayotgandi.

Hozir Diego Simeonening bir nechta shogirdi jarohatidan forig' bo'lib, safga qaytdi. Faqatgina Lemar umumiy guruhda shug'ullanmayapti, Diego Kosta individual dastur bo'yicha mashg'ulot olib bormoqda. Qolgan hamma jamoa CHempionlar Ligasi yo'llanmasini ertaroq qo'lga kiritishi uchun bor kuchini berishga tayyor. "Atletiko" bu kurashda shubhasiz favorit. "Indeyslar" raqobatchilari stabil o'yin ko'rsata olmayotgan bir pallada vaziyatdan unumli foydalanib qolishmoqda. Oldinda "Espanol" va "Sevilya"ga qarshi o'yinlar, hamda madridliklar bu o'yinlarda maksimal ochko to'play olishsa, bevosita raqiblaridan biriga ham zarba bergan bo'ladilar.

"Atletiko" tarkibdagilar sog' bo'lsa va jamoa xayoli bo'linmasa, qanday kuchga ega bo'lishini CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi "Liverpul" va chempionat o'tgan turida "Vilyarreal" o'zlarida his qilib ulgurishdi. Hozircha, voqealar rivoji "Atletiko"ning yanada kuchayib, o'yinini yaxshilab borishiga qarab ketmoqda. Simeone jamoasi bilan ular yaxshi sport formasida bo'lmaganda ham kurashish osonmas, ortiqcha muammolar bo'lmaganda esa bu yanada qiyinroq.


Evrokubok yo'llanmalari uchun kurash hal qiluvchi pallasi

CHempionlik poygasi alohida masala, lekin undan keyingi o'rinlar uchun murosasiz kurash davom etmoqda. Primere La Ligada chindan kuchli va evrokuboklarda munosib ishtirok eta oladigan klublar etarli. ECHL va Evropa Ligasi yo'llanmalari uchun kurashayotganlar ro'yxatida "Atletiko"ni ko'rmasdik, so'nggi yillarda ular uchinchi o'rinni ortiqcha qiyinchiliksiz eggalashayotgandi, lekin "indeyslar" yo'q joydan o'zlariga muammolar paydo qilishdi va CHempionlar Ligasidan chetda qolib ketishlari mumkin. Amalda bunday bo'lishi qiyinu, matematik jihatdan buning hali imkoni bor.

Biroq ularsiz ham etiborga loyiq jamoalar mavjud. Birinchi navbatda "Real Sosedad"ni qayd etish lozim. Jamoa juda yaxshi sport formasiga kirib oldi va raqib grand jamoalardan bo'lsa ham, cho'chimay, olg'a bormoqda. Kechasi "Sosedad" g'alaba qozondi va 43 ochko bilan "Atletiko" va "Sevilya"ga etib oldi, hali jamoaning zaxirada yana bitta o'yini bor.

"Sevilya" va "Xetafe" ham ECHL yo'llanmasidan umid qilishmoqda. "Sevilya"ning bunday ishtiroki u qadar ajabdantirmasada, Bordalas shogirdlari bu qadar yuqori o'rinlar uchun kurashishi biroz kutilmagan holat. "Xetafe" o'tgan mavsumdagidanda yaxshiroq ishtirok etishmoqda va natijani yaxshilash niyatidalar. Vaholanki, o'sha natija klub tarixidagi eng yaxshi ishtirok bo'lgandi. Har ikki klub qiyin, ammo engish mumkin bo'lgan raqiblar bilan kuch sinashadi va mag'lub bo'lgan taqdirda, ko'p narsa yo'qotishi hech gap emas. 


Ispaniya chempionati. 26-tur

Real Sosedad - Valyadolid 1:0

Eybar - : - Levante        

Valensiya - : - Betis        

Leganes - : - Alaves        

Granada - : - Selta        

Sevilya - : - Osasuna        

Atletik Bilbao - : - Vilyarreal        

Espanol - : - Atletiko Madrid        

Malorka - : - Xetafe        

Real Madrid - : - Barselona


Neytral muxlislarni murosasiz kurashlarga boy o'yinlar kutib turibdi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика