La Gazzetta dello Sport: Pepe "Kevo"ga o'tmoqchi ekanligini malum qildi
05 avg 2015 00:55
Yangiliklar


La Gazzetta dello Sport: Pepe "Kevo"ga o'tmoqchi ekanligini malum qildi
"Yuventus" jamoasining sobiq futbolchisi Simone Pepe ayni paytda erkin agent sanaladi.
"Men "Kevo" klubi vakillari bilan ko'rishdim. Bazi masalalarni kelishib oldik. Tez orada "Kevo" azosiga aylanishim mumkin. Lekin so'nggi qarorga kelish oldidan yana bir uchrashib gaplashib olshimiz kerak bo'ladi. Boshqa jamoalardan ham takliflar tushgandi. Biroq eng zo'r variant bu "Kevo" bo'lib turibdi. Faoliyatimni Italiyada davom ettirmoqchiman", - deydi Pepe.
Eslatib o'tamiz, Simone Pepe so'nggi uch mavsumni uzoq davom etgan jarohatlari sabab maydondan tashqarida o'tkazib yuborgandi.
Ushbu yozda futbolchining "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi o'z yakuniga etgani sabab, Pepe erkin agentga aylandi.
Simone Pepe Italiya terma jamoasi safida 2010 yilda JARda o'tkazilgan mundialda ishtirok etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar