Kyurasao terma jamoasi darvozaboni Gaiti bilan o'yindan oldin vafot etdi
10 sen 2019 14:20
Yangiliklar


Kyurasao terma jamoasi darvozaboni Gaiti bilan o'yindan oldin vafot etdi
Kyurasao terma jamoasi posboni Yarzino Piter kutilmaganda vafot etdi.
31 yoshli posbon Gaitiga qarshi o'yindan oldin mehmonxonada o'lik holda topilgan.
Piter Kyurasao terma jamoasi shifokoriga o'zini yomon his qilayotganligini aytgan. SHundan so'ng, o'zining xonasiga borgan va vafot etgan. Sabablar hali aniqlanmadi.
Darvozabonsiz o'tgan Gaitiga qarshi birinchi o'yin Kyurasaoning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar