So’nggi yangiliklar

14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   3 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  3 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  4 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  14 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  2 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1 10:50“Челси“ ва “Арсенал“да ўйнаган футболчи фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0 10:33Расман. Ўруновнинг ўрнига Абдихолиқов чақирилди  12 10:17“Челси“ “Барселона“ ярим ҳимоячиси учун 75 миллион евро таклиф қилд  4 09:42“Барселона“ ҳимоячиларидан бири билан шартномани бекор қилишга яқин турибди  1 09:05Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади?   31 08:33"Ливерпуль" супер трансфер бўйича келишувга эришди  11 08:02Лазаревич: "Айрим вазиятларда футболчилар бир-бирини тушунишмади"  0

"KYU"-2016 o'z yurishini davom ettiradi, navbat Qashqadaryoga Yangiliklar

"KYU"-2016 o'z yurishini davom ettiradi, navbat Qashqadaryoga

2006 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida vodiyda boshlangan "Kelajak Yulduzlari"-2016 o'z yurishini vohada davom ettiradi.

"Championat.asia" saytining tashabbusi bilan o'tkazilayotgan loyiha, 2015 yil Toshkentda boshlangan edi. Qashqadaryo viloyatidagi musobaqa 4-6 noyabr kunlari, Qarshi shahridagi "Geolog" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Unda "Nasaf" va "Mashal" akademiyalarining tarbiyalanuvchilari va "SHo'rtan" hamda viloyatdagi boshqa BO'SMlar qatnashadilar.

Musobaqa festival ko'rinishida bo'lib o'tadi. Unda 8ta jamoa uchta turda o'zaro bellashadilar.

"Ikki kun davomida Qashqadaryoda bo'lib, "Mashal" va "Nasaf" rahbarlari bilan bolalar futboli borasida bir qancha loyihalar ustida maslahatlashdik. Bu borada SHamil Yarulin ("Nasaf") va Ilhom Qurbonov ("Mashal") qo'llaridan kelgan yordamni ayamaslikka vada berdilar. Albatta bu bizni quvontiradi. Vohada dastlabki ishimizni, "Kelajak Yulduzlari"ni u erda ham o'tkazish bilan boshlaydigan bo'ldik. Aynan shu muddatni tanlashimizga sabab, festivalning so'nggi kuniga, "Nasaf", "SHo'rtan" va "Mashal" futbolchilarini kelishlarini taminlash. Bu bolajonlar uchun qiziq bo'ladi.

Bu turnir rejamizga ko'ra, 2017 yilda Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog'iston Respublikasigacha etib borishi kerak", - deydi loyiha muallifi Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика